AFFEKTIV SINDROMLAR
DEPRESSIV SINDROM
Depressiv sindrom tipik xolatlarda (oddiy depressiya) depressiv triada: tushkun, gamgin
kayfiyat (gipotimiya), tafakkurning sekinlashuvi va xarakat tormozlanishi bilan namoyon
bo’ladi. Tushkun kayfiyat turli xil ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin: gamginlik, tushkunlik
xissidan tortib chukur gam-gussalikgacha. Ogir xollarda esa azob beruvchi gamginlik ustunlik
qiladi, bu nafakat ruxiy azoblanish, balki yurak soxasidagi, ayrim xolatlarda bosh yoki
oyoklardagi ogirlik xissi (vital siqilish) bilan xam kechadi. Ideator tormozlanish sekinlashgan
past ovozli nutq, dikkatning jamlanishining qiyinlashuvi, assostiastiyalar kamayishi, keskin
xotiraning susayishiga bo’lgan shikoyatlar bilan namoyon bo’lishi mumkin. Bunda bemorlarning
xarakatlari sekinlashgan, mimikalari qayguli, qotib qolgan yoki tormozlangan, biror bir
faoliyatga intilish yuk. Ogir xolatlarda to’liq xarakatsizlik, gamgin qotib kolish (depressiv
stupor) kuzatiladi, bu xolat ayrim vaqtlarda tusatdan melanxolik jazava (raptus melancholicus)
ga o’tishi mumkin. Depressiv xolatlarga, ayniqsa chukur bo’lmagan turlariga, sutka mobaynida
umumiy xolatning yaxshilanishlari bilan kuzatiluvchi depressiya tebranishlari, kunning ikkinchi
yarmi va kechki vaqtlarda ideator va xarakat tormozlanishining kamayishi xos. Depressiyaning
ogir shakllarida bunday tebranishlar kuzatilmaydi. Depressiv sindrom uchun uyqu va ishtaxa,
oshkozon-ichak tizimi faoliyatining (qabziyatlar) buzilishlari kabi yaqqol namoyon bo’lgan
somatovegetativ buzilishlar xos; bemorlar ozib ketadilar, ularda endokrin funkstiyalar buzila
boshlaydi va x. Depressiv sindromlar turlari
O’z o’zini ayblash depressiyasi – o’z-o’zini kamsitish, xech narsaga yaroqsizligi,
norasoligi, o’tmishni depressiv baxolash yuzaga keladi; ogir xollarda o’z - o’zini ayblash
ko’rinishida o’ta qimmatli oyalar yoki gunoxkorlik, aybdorlik vasvasalari kelib chiqadi; suistidal
fikr va xarakatlar depressiyaning ogirlik darajasini belgilab beradi.
Anestetik depressiya - melanxolik derealizastiya va azobli ruxiy anesteziyadan
(anaesthesia psychica dolorosa) tortib depersonalizastiya xolatlari, xissiyotlarning yuqolganidan
azoblanish, ichki bo’m-bo’shlik xissi, yaqinlariga mexr xissining yuqolishi, atrofdagi voqaelarga
nisbatan xissiy kechinmalarning yuqolishi ko’rinishlari bilan kechadi.
Ironiyali (kulib turuvchi) depressiya – layoqatsizligi ustidan uzi kuladi, tushkun kayfiyat va bu
vaziyatni o’zgartira olmasligi sababli xayoti ma’nosiz ekanligi ta’kidlaydi.
Kuz yoshli depressiya – yigi bilan kechadi,affektni tuta olmasligi va layoqatsizlik bilan
namoyon bo’ladi.
Astenik depressiya - tushkun kayfiyat, keskin xolsizlik, toliquvchanlik, giperesteziya
bilan kechadi.
Adinamik depressiya- xolsizlik, kam xarakatlik, apatiya bilan kechadi.
Xavotirli depressiya – depressiyaning klinik manzarasida xavotir va xavotirli
xavfsirashlar sezilarli o’rinni egallaydi, u gamginlik affektidan ustunlik qiladi; xarakat
qo’zgalishlar kam yoki ko’p darajada namoyon bo’ladi.
Ajitirlangan depressiya – birdan kuchli qo’zgalish, o’ziga jismoniy zarar etkazish,
xavotirli verbigerastiya bilan kechadi.
Depressiv qo’zgalish qo’rquv, ipoxondrik shikoyatlar yoki noturun depressiv vasvasa: qisman
o’zini ayblash, jazolash, o’lim oyalari bilan kechishi mumkin.
Vasvasali depressiya – depressiv vasvasa depressiv sindromning strukturasida markaziy
o’rinni egallaydi va turun psixopatologik xosila bo’lib xisoblanadi; bu murakkab, «katta»
depressiv sindrom.
Vasvasali buzilishlar bunda ko’pincha fantastik darajadagi buyuklik va inkor qilish
oyalari shaklida uchraydi (Kotar sindromi). Ushbu sindromning bir kator variantlari mavjud: bir
vaziyatda xavotirli-vasvasali depressiyaning klinik manzarasida parchalanish yoki ichki
a’zolarning butunlay yo’qligi oyalari bo’lgan nigilistik-ipoxondrik vasvasa ustunlik qilsa, boshqa
xolatlarda hech qachon o’lmasligi, abadiy azoblanish mazmunidagi depressiv vasvasa
kuzatiladi; ayrim vaqtlarda fantastik melanxolik vasvasa tashqi olamni inkor qilish oyalari orqali
namoyon bo’ladi.
Murakkab depressiv sindromlarning boshqa variantlari xam ajratiladi, masalan o’zini
ayblash va jazolash, ta’qib qilish vasvasasili depressiya mazmundagi vasvasalar bilan yaqqol
namoyon bo’lgan depressiv affektli murakkab sindrom (qo’rquv va xavotir xissi bilan)
depressiv-paranoid sindrom deb ataladi. Bu sindrom cho’qqisida ongning oneyroid
qorongulashuvi yuzaga kelishi mumkin.
Murakkab sindromlar tarkibida depressiya katatonik buzilishlar, gallyustinastiyalar,
psevdogallyustinastiyalar, ruxiy avtomatizm ko’rinishlari bilan qo’shilib kelishi mumkin.
Depressiv sindromlarning yuqorida yoritilgan shakllari bilan bir qatorda yashirin (niqoblangan,
yashirin) deb ataluvchi depressiyalar xam ajratiladi, ular birinchi navbatda turli xil
somatovegetativ buzilishlar bilan (masalan, kuchli bosh ogriklari yoki tananing turli qismlaridagi
azobli sezgilar va x.) namoyon bo’ladi. Tipik depressiv simptomlar bu xolatda ko’zga
tashlanmaydi yoki vegetativ buzilishlar ortida qoladi. Bu xolatlar davriy kechishi, xolatning
sutkalik tebranishi, antidepressantlarning ijobiy terapevtik samarasi, shuningdek, anamnezda
o’ziga xos affektiv fazalarning borligi va ko’pincha affektiv psixozlar bilan nasllanganlik
asosida depressiv sindromlarga kiritiladi.
Depressiv bemorlardagi xarakat tormozlanishi juda yaqqol, depressiv stupor xolati –
to’liq xarakatsizlikgacha bo’lishi mumkin. Stuporda bemorlar depressiyaga xos xolat va
mimikani saqlab qoladilar; qiyinchilik bilan bo’lsa xam, ular bilan muloqot o’rnatish mumkin.
Boshni biroz o’imirlatish, ayrim vaqtda qovoqlarning sezilar-sezilmas xarakati orqali bemorlar
javob qaytaradilar, suxbatdoshlarini tinglayotganliklari va tushunayotganliklarini shu belgilar
orqali bildiradilar. Depressiv xolat ko’pincha vasvasa oyalar, ayniqsa o’z - o’zini kamsitish,
ta’qib qilish, nigilistik vasvasalar bilan kechadi. Ogir depressiyada ogrikli (azobli) ruxiy
anesteziya simptomi kuzatilishi mumkin (anaesthesia psychica dolorosa), bunda bemor
avvalgidek xis etish, sevish, atrof-muxitdan emostional ta’sirlanish qobiliyatini yoqotadi va bu
o’zgarishlar unga chuqur azob beradi: «Men o’glimni bir necha yil ko’rmadim, uni zoriqib
kutdim, o’glim kelgan vaqtda esa xech qanday xursandchilikni xis etmadim, bu naqadar ogir».
Depressiv xolat ko’pincha xavotir bilan qo’shilib keladi, bu xolatda bemorlar juda
bezovta bo’lishlari mumkin, bexalovat, baland ovozda nola qilishlari mumkin (ajitirlangan
depressiya; lat. agitatus - qichqirmok, qo’zgalmoq). Ajitirlangan depressiyaning yuqori cho’qqisi
- «gamgin portlash» - raptus melancholicus (lat. rapio - ushlamoq). Ogir depressiyalarda
ko’pincha depersonalizastiya xam kuzatiladi. Depressiv sindrom reaktiv xolatlarda, involyustion
psixozlarda, bosh miyaning organik kasalliklarida, maniakal-depressiv psixozda, shizofreniyada
kuzatiladi.
MASALA
Bemor O., 54 yosh, II gurux nogironi. Psixiatrik shifoxonada davolanmoqda. Bo’limda
ko’zga tashlanmaydi, kam gap. Kun buyi xech nima bilan mashgul emas, o’z krovatida utiradi,
tez-tez ogir xo’rsinadi. Yuzida gamginlik va xavotir ifodasi. Shifokor bilan suxbat vaqtida
xayajonlangan, engil titroq bilan tinimsiz egnidagi kiyimlarini gijimlamoqda. Ko’zlarida yosh.
Tushkun kayfiyat, uyqusizlik, o’yi haqidagi oxiri yo’k xavotirli o’ylarga shikoyat qiladi. Bemorga
xayoti mazmunsiz va keraksizdek tuyulmoqda, yashashda ma’no yo’k deb o’ylaydi. quyida
shifokor bilan bemor suxbatidan parcha keltirilgan.
Shifokor: nima uchun o’zingizni xech kimga kerak emasman, deb xisoblaysiz? Uyda siz oilani
boshqarayapsiz, nevaralaringizni tarbiyalamoqdasiz. Siz bo’lmasangiz farzandlaringizga qiyin
bo’lar edi.
Bemor: nevaralarim, menimcha, endi ular tirik emas... Ular yo’k!
Shifokor: nima uchun bunday xulosaga keldingiz? Kecha o’glingiz bilan ko’rishdingiz. U uyda
xammasi joyida ekanligini aytdi.
Bemor: bilmadim... Menimcha, xammalari xalok bo’lishgan. Doktor, menga nima bo’lgan?
Nimadir qiling, menga yordam bering...
Depressiyaning qanday varianti haqida so’z yuritildi?
TO’RI JAVOB NAMUNASI
Bemordagi depressiya xaddan tashqari xavotirlanish bilan kechmoqda. Xavotir o’z
ko’rinishiga ko’ra qo’rquv xissiga yaqin, biroq undan aniq yonaltirilgan ob’ektning yoqligi bilan
farqlanadi. Xavotir qandaydir tuzatib bo’lmas falokat, xissini u yoki bu xolat bilan boglamoqchi
bo’ladi, baxtsizlik uning yaqinlari, o’zi bilan sodir bo’lishi mumkinligini taxmin qiladi. Xavotir
nafakat bemorlarning gaplarida, balki, avvalambor ularning mimikasi, xulqida namoyon bo’ladi.
Kam xollarda xavotirli bemorlarning xarakat sust bo’ladi. Ko’pincha ular doimo xarakatda,
palata bo’ylab oldinga va orkaga yuradilar, narsalarni qul bilan terib chiqadilar. Ushbu bemor
uchun aynan shunday xulq-atvor xos. Bu xavotirli depressiya.
TEST
1.
Depressiyaning uchligi
A. Kayfiyatning pasayishi, fikrlashning sekinlashuvi, xaraktning pasayishi*
V. Kutarinki kayfiyat, masxarabozlik, fikrlarning chalgishi
2. Depressiyaning turlari
A. reaktiv, nevrotik, endogen, involyustion.
V. astenik, anankastli, maskasimon, kuz eshli*
MANIAKAL SINDROM
Maniakal sindrom kutarinki kayfiyat (gipertimiya), fikr tezlashuvi va xarakat tezlashuvi
(maniakal uchlik). Fikrning tezlashuvi va xarakat tezlashuvi nisbatan sust kechishi mumkin
(xursandchilik maniyasi) eki aksincha, fikrlarning tezlashuvi uzuk yuluklik bilan kuzatiladi,
yukori xarakatchanlik - tartibsiz xarakatlar (aralash maniya). Maniakal xolat kupincha
kuzgaluvchanlik, injiklik, jaxldorlik (jaxldor maniya).
Yukorida kursatilgan belgilardan tashkari maniakal sindromning nisbatan oddiy
variantlari kzatiladi: maniakal affektning utkir xissiy vasvasalar bilan kuzatilishi (bazan
saxnalashtirish), utkir fantastik vasvasa (maniakal – vasvasaviy
sindrom) yoki gallyustinator
uzgarishlarning kushilishi (maniakal – gallyustinator - vasvasaviy sindrom). Maniakal sindrom
mezonida ba’zan uykusimon ongning nomozshomsimon xiralashuvi (oneyroid - maniakal xolat).
Maniakal sindrom buyuklik goyalari bilan, asosan esa xakikiy vasvasani xosil kiladi.
Maniakal sindrom kupincha buyuklik goyalari bilan kechadi, kam xollarda xakikiy vasvasalar
kuzatiladi, uz kechinmalari kuzatiladi. Xarakat kuzgaluvchanligi maksadga yunaltirilgan buladi
(uta chalguvchanligi tufayli ishlarini oxiriga etkaza olmaydi). Bazan bemorlarda kaxrli maniyalar
kuzatiladi, sabab, uning bir kator istaklari bajarilmasa. Maniakal sindrom shubosimon va
rekkurent shizofreniyada, involyustion psixozlarda, maniakal-depressiv psixozlarda, bosh
miyaning organik kasalliklarida.
MASALA
Bulim eshigi oldida shifokorni yosh ayol kutib oldi. Kuzlari chaknagan, kuzgalgan va
kayfiyati kutarinki. Xalatning ustidan yakkol kuzga tashlanib turgan bant kurinib turadi. Sochlari
tuzgigan ammo bant bilan boglangan. Kuzlari va lablari yorkin ranga buyalgan. Atrofdagilar
bemorning nazarida juda xam xunuk va bemani tuyilyapti. Shifokorni «kulidan» ushlagan xolda
bugik ovozlari bilan gapiryapti.
- Men sizni tezda tanidim.Menga kachon javob berasiz? Men soppa sogman fakatgina menda
maniakal xolat. Usul muxim emas, natija muxim. Ana u xamshira esa bugun ishga keldi, negadir
kuylagi osilib kolgan. Jumadan keyin esa shanba keladi. Ertaga esa shanba, siz menga javob
berasizmi? Sizning esa fakatgina buyinbogingiz kiyshayib kolipti keling men tugirlab kuyaman.
Sizga xushomad kilyapti dib uylamang. Dunyoga necha marotaba tushuntirildi, birovni ishiga
aralashish eng yomoni. Senga bu erda nima kerak! (tusatdan bemor boshka bemorga tashlana
boshladi, urmokchi buldi, ammo shu zaxotiyok yuzida kulgu paydo buldi, shifokorga yana
mulozamat kilishni boshladi). Men sizni sevib koldim, nima bubdi. Sevgi bu chuchkalik. Men
yana talaba Leshani xam sevaman. U meni kurgan imeni oldimga kecha keldi. Men unga she’r
ezib kuydim, xoxlaysizmi ukib beraman? – va x.k. Bulimda bemor xamma ishlarga aralashadi,
xech kimga tinchlik bermaydi. Bemorlarni yigib uyin kulgu kiladi va kuylar kuylaydi. Katta
mikdorlarda neyroleptik dori vositalari kilinsa xam kuzgalish kupirovat kilinmaydi. Bemorda
kanday xolat?
TUGRI JAVOB NAMUNASI
Maniakal sindromning uchligi kuzatiladi. Birinchidan – kutarinki kayfiyat. Bemorda bu
xolat nafakat mimikasida balki, xarakatlarida xam kuzatiladi (namoyishkorona kiyinadi, juda
xushchakchak, raksga tushadi, kuylaydi). Shu bilan birgalikda kaxr, gazab va agressiya xam
kuzatiladi. Ikkinchidan – tafakur tezlashishi. Bemor sergap, fikrlari biridan ikkinchisiga sakrab
ketadi. Fikr ketma – ketligining buzilishi kuyidagi suzlarda kuzatiladi: «Jumadan oldin shanba
keladi. Ertaga shanba…». Shu suzlari ketidan bir kancha makollarni aytib tashlaydi.
Uchinchidan, xarakat faolligining oshishi. Bu xolat bemorning barcha ishlarga uzini urib
ketishidan kuzatiladi. Shu bilan birgalikda jinsiy mayllarini xam oshishi kuzatiladi. Bu maniakal
sindrom.
Savol
1.
Maniakal sindromni gebefren sindromdan farklang.
2.
Maniakal sindromni asasiy simptomlarini sanab bering.
IPOXONDRIK SINDROM
Ipoxondrik sindromlar (ipoxondriya) xilma-xil. O’z salomatligiga xaddan tashqari e’tibor,
soglik uchun xavotir , doimiy shubxalar, tuzalmas kasallik bilan ogrib qolishdan ko’rkish –
shilqim ipoxondriya orqali namoyon bo’lishi mumkin. Boshqa xolatlarda doimiy xolsizlikka,
tananing turli qismlarida ogriqlarga, tuzalmas ogir kasallikak duchor bo’lgani, tushkun kayfiyat-
depressiv ipoxondriyani tashkil qiladi. Kasallikni tasdiqlovchi turli dalillar bilan kechganida esa
bu - paranoyyal ipoxondriya deyiladi. Nixoyat, u ko’plab senestopatiyalar yoki ta’sir qilish
vasvasasi, kimdir tomonidan o’qitilganligi, sexru-jodu qilinganligi, bilan kechuvchi senestopatik
avtomatizm - paranoid ipoxondriya ko’rinishida yuzaga keladi.
Ipoxondrik sindrom nevrozlar, psixopatiyalar, shizofreniyada uchrashi mumkin.
MASALA
Bemor N., 35 yosh, slesar. Bir necha oylar mobaynida ishlamaydi, doimo turli xil shifokorlarga
yordam so’rab, murojat qiladi. Xolsizlik, ishtaxaning yo’qligi, uyqusizlikga shikoyat qiladi.
Tanasining barcha qismlarida ko’plab noxush sezgilarni xis etadi: nafas olishga qiynaladi,
yuragiga «guyo qaynoq nimadir quyilgandek» va u yorilib ketish arafasida. Qandaydir issiqlikni
xis qiladi, boshi «achishishi», to’la mix», ekanligi tomirlarida qon qotib qolgandek, tanasi
bo’ylab «ignalar yugurmoqda». Bemorda tekshiruvlar natijasida ichki a’zolar tomonidan xech
qanday patologik o’zgarishlar aniqlanmadi. Tekshiruvlarning manfiy xulosasiga qaramay,
bemorda xavotir, o’zida qandaydir jiddiy kasallik mavjudligini taxmin qilmoqda.
Bu qanday xolat?
TO’RI JAVOB NAMUNASI
Ushbu xolatda bemorning o’ylari qandaydir ogir kasallik haqida, o’z salomatligi uchun
asoslanmagan xavotir tanadagi ko’plab noxush sezgilar bilan qo’shilib keladi. Soxta somatik
sezgilarni (senestopatiyalar) yashirin somatik kasallikning klinik belgilaridan farqlash qiyin.
Ichki a’zolar tekshiruvlaridan olingan kasallikni inkor etuvchi ma’lumotlar e’tiborga olinishi
zarur. Biroq bu etarli emas. Xar bir psixiatr- shifokorga shunday ko’plab xolatlar ma’lumki,
«senesto-ipoxondrik sindrom»li bemorlar mukammal va malakali somatik tekshirilganda,
bemorda avval aniqlanmagan ichki a’zolar kasalliklari topilgan (surunkali pankreatit,
buyraklardagi kistalar va x.) va ular noxush sezgilarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Shuning uchun, senestopatik sezgilarning o’ziga xosligiga e’tibor qaratish lozim. Ular,
birinchidan, azobli xis ekanligi bilan xarakterlanadi (bemorninng aytishicha:- «bu ogriq emas,
lekin ogrikdan yomon»). Ikkinchidan, ular aniq lokalizastiyaga ega emas. Uchinchidan,
kechinmalarning o’ziga xosligi sababli, bemorni ularni turli obrazli taqqoslashlar orqali
tasvirlaydi («Xashamatli obrazli taqqoslash»). Masalan, bemor o’z sezgilarini tanada ignalar
yugurgani, boshi achishishi va x. lar bilan taqqoslaydi. Bu ipoxondrik sindrom.
ShILQIM HOLATLAR SINDROMI
Shilqim Holatlar. Bu Holatlarning klinik manzarasida shilqim Holatlar ustunlik qiladi,
ayrim vaqtlarda ular yagona belgi bo’lib Hisoblanishadi: turli xil fobilar, xavotirli shubHalar,
rituallar, «aqliy saqich» va H. Ayrim vaqtlarda bemorni shilqim Holatlarning bir turi bezovta
qilsa, boshqa Hollarda ular turli tuman, ritual Harakatlar bilan murakkablashgan. Shilqim
Holatlar ko’pincha juda darajada intensiv bo’ladiki, bemorlar meHnatga layoqatsiz, uy ishlarini
bajarish, atrofdagilar bilan muloqotda bo’lish va odatdagi Hayot bilan yashash imkonidan Ham
maHrum bo’ladilar. Tushkun kayfiyat umidsizlik, ruxiy etishmovchilik, ipoxondrik shubHa
Hislari bilan ustunlik qiladi. Ko’p Holatlarda bemorlarning Hulqida pedantizm va nutqida
quyushqoqlik kuzatiladi.
Shilqim Holatlar (obsessiyalar)
Shilqim Holatlar mazmuni (obsessii - obsido so’zidan – kamrab olish) fikr, tasavvur,
xotira, shubHa, qo’rquv, intilish, faoliyat, Harakatlarni majburiy, nasilstvennom, engib bo’lmas
yuzaga kelishidan iborat. Insonlarda bu xolatga nisbatan tanqid saqlanadi. Shilqim Holatlarga
(aqliy saqich), shilqim sanash, xotirada unutilgan ism, familiyalar, terminlar, ta’riflarni shilqim
tiklash, so’zlarni bo’ginlarga ajratish kiritiladi. Shilqim xotiralar yopishkok, buysinmaydigan,
avvalda bulib utgan vokea xotiralarni eslash bilan kuzatiladi. Bu xotiralar azoblantiruvchi uyat
Hissi, afsuslanish bilan kechadi. Unutishga, eslamaslikga qaratilgan barcha Harakatlar puchga
chikadi. Shilkim xisiyotlar antipatiya – ixtiyorga buysinmagan xolda vaziyatga mos bo’lmagan
xolda xayrixoxlik kiladi v yakin insoniga nisbatan gazab chakiradi. Shilqim mayllar
(kompulsiyalar) – aql, iroda va Hissiyotlarga qarshi qandaydir, ma’nosiz, ko’pincha xavfli
Harakatlarni amalga oshirishga intilish. To’satdan ko’chadagi o’tkinchilarni urish, Haqoratlash,
jamoat joylarida so’kinish, yuqori qavatlardan odamlarning boshiga ogir narsalarni tashlash
istaklari paydo bo’ladi va H. Shilqim mayllar, odatda, amalga oshirilmaydi. Shu xususiyati bilan
u impulsiv Harakatlardan farqlanadi. Shilqim qo’rquvlar (fobiya) – ma’noga ega bulmasa xam
ulardan kutilishga xarakat kiladi. Bemorlarda qamrab oluvchi engib bo’lmas qo’rquvlar kzatiladi.
Fobiyalar mazmuni, insonlarning real xavotirlari kabi, judayam xilma-xil. Shilqim shubHalar -
yopishkok, bajaralayotgan vokea xodisalar ixtiyorga buysinmagan xolda yuzaga keladi.
Kandaydir bir narsalarni kayta kayta tugri yoki notugriligini tekshirish uchun takrorlaydi. Bir
necha marotaba tekshirsa xam kungli joyiga tushmaydi. Shilkim shubxalar, shilkim xavotirlar
shilkim xaraktlar ketma ketligini olib keladi. Shilqim Harakatlar bir xil namoyon bo’lmaydi.
Ularning ayrimlari fobiyalar bilan namoyon bo’lmaydi, boshqalari esa – ular bilan yoki shilqim
shubHalar bilan bir vaqtda yuzaga keladi va rituallar deb ataladi.
Birinchi turdagi shilqim Harakatlarga Hoxish-istaklarga qarshi bajariladigan Harakatlar
kiritiladi. Giperkinezlardan farkli ravishda, ixtiyorsiz va irodaga buysinmaydigan xarakatlar
kuzatiladi. Ayrim insonlar ba’zida vakti – vakti bilan tepa labini pastki labi bilan artib kuyadi,
ba’zilari kullari bilan yuzlarini ushlaydilar, boshkalari yanoklarini ushlaydilar, yana kimlardir
tinmay sochlarini tekislaydilar, buyinlarini aylantiradilar, kuzlarini kisadilar, oyoklarini
shikillatadilar. Shilkim xarakatlarga kushimcha suzlarni kuyish bilan “demak”, “tushunarli”
suzlarni kushish bilan kuzatiladi. Amalga oshirilmagan shilqim Harakatlar ongda ustunlik
qilishni boshlaydi, bajarilmaguncha chalgitaveradi.
Rituallar – shilkim xarakat va xolatlar, fobiyalar bilan birgalikda xosil buladi, shilkim
shubxalar uz navbatida xarakatlar bilan ximoyalanish kuzatiladi. Bular akilga sigmagan xolda
buladigan noxushliklarni oldini oladi dib biladi. Ulimdan kurkan xolda uydan chikishdan oldin,
uch marotaba oynasidan karab sungra kuchaga chikadi, yuu bilan ulimning oldini olmokchi.
Obsessiv sindrom nevrotik buzilishlarda, psixopatiyalarda, sust kechuvchi shizofreniya,
psixozlar debyutida kuzatiladi. Vasvasa, o’ta qimmatli goyalar, ruHiy avtomatizmlar,
paroksizmal Holatlar bilan qiyosiy tashHis o’tkazishni talab qiladi.
MASALA
Bemor O., 42 yosh, injener. Bir kuni ishidagi noxushliklardan so’ng, o’zini yomon His
qildi, yurak soHasida ogriq, xansirash paydo bo’ldi. Tez yordam shifokori tomonidan qo’yilgan
tashHis: miokard infarkti – keyinchalik inkor etildi. Biroq shu vaqtdan boshlab bemorni istalgan
vaqtda yiqilishi va o’lishi Haqidagi fikrlar ta’qib qila boshladi. Bu xavotirli fikrlar bemor dim
xonada yoki odamlar zich to’plangan joylarda bo’lganda kuchayib bordi. Shu sababli u
tramvaey, avtobusda yurmay qo’ydi, vagonlarning eshiklari yopilgan zaHoti, bemorni
nepreodolimыy strax smertbutun fikrini egallab olardi. Bemor uzoq vaqt barchadan o’zining
ogir kechinmalarini yashirib yurdi, turli baHonalar bilan majlislarda qatnashishdan bosh tortib
yurdi, kinolarga bormadi. Keyinchalik yangi qo’rquv va xavotirli fikrlar paydo bo’ldi. Ertalab
uydan chiqa turib, qo’rquv bilan, aynan shu vaqtda ish joyida uning aybi bilan katta
avtoHalokat sodir bo’lganligini o’yladi. Mexanizmlar sozligini qayta-qayta ko’rikdan o’tkazdi,
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini tekshirdi, shu sababli asosiy ishiga ulgurolmay
qoldi. Shunday kunlarning birida, ishga ketayotgan vaqtida, bemor temir yo’lni kesib
o’tayotganda, uning miyasiga fikr keldi: agar u sekin Harakatlanayotgan poezd vagonlarining
tagidan o’ta olsa, ish joyida Hammasi tartibda bo’ladi. Keyinchalik bemor bir necha marotaba,
Hayotini xavfga qo’yib, buni amalga oshirdi. Oxir oqibatda bu Holatlarning barchasi bemorni
shifokorga murojaat qilishga majbur qildi va u ruHiy stastionarga yotqizildi.Ushbu yoritilgan
kasallik manzarasini qaysi ruHiy patologiyaga kiritish mumkin?
TO’GRI JAVOB NAMUNASI
Ushbu keltirilgan Holatda shilqim Holatlar sindromining barcha asosiy xususiyatlari
mavjud: ma’lum bir fikr, qo’rquv, xavotirlarning doimiyligi va turgunligi, ular bilan bemor
tinimsiz kurashadi va ularning asossizligini bemorning o’zi yaxshi tushunadi. Bu fikr va
qo’rquvlar bemorning ongini egallagan, majburiylik xarakteriga ega. Fikrlar tegishli rituallar
bilan kechadi, bularga bemorning quyidagi xavfli Harakatlarini misol qilish mumkin.Bu shilqim
Holatlar sindromi.
Savol
1.
Shilkim xolatlar kanday xolat xisoblanadi.
2.
Shilkim xolatlar sindromining asosiy simptomlarini sanab bering.
Dostları ilə paylaş: |