PSIXOORGANIK SINDROM
Umumiy ruhiy holatni xotira pasayishi, anglashni susayishi va affektni nazorat
qilolmaslik(Valter-Byuel triadasi) bilan xarakterlanuvchi holat. Bemorlarda eslab qolish buziladi,
juda parishonxotir bo’lib qolishadi; yaqin o’tmishdagi voqealarni unutishadi, anglash xajmi va
aniqligi kamayadi, tushunchalari kambaallashadi. Bemorlar mantiqsiz bo’lib qoladi, fikr yuritishi
susayadi, vaziyatga moslashish qiyinlashadi. Assostiativ jarayonlar sustlashadi, perseverastiya
(fikrlashning tiqilib qolishi) kuzatiladi. Affekt juda o’zgaruvchan, ba’zida jizzakilik oshib,
azablanish darajasigacha boradi. Affektiv labillikda ba’zan eyforiya, boshqasida – depressiya
ustunlik qiladi, eng ko’p o’tkinchi qo’zaluvchanlik uchraydi. Psixoorganik sindromning engil va
o’rta oir darajasida yuqorida keltirilgan simptomlar bilan birga, vaxima oyalar va verbal
gallyustinastiyalar uchrashi mumkin. Bemorlarning o’z o’ziga tanqidi ko’pincha butunlayq,
ba’zida qisman yoki biroz saqlangan bo’ladi.
Keltirilgan ruhiy faoliyatning umumiy o’zgarishlari ko’pincha o’choqli sterebral
(nevrologik) buzilishlar (afaziya, agnoziya, paralich v.b.) kuzatiladi. Bundan tashqari,
psixoorganik sindromni o’zi bir qator lokal bosh miya ruhiy buzilishlarini qamraydi. Shu sababli
hamisha shartli ravishda peshona, ustun va boshqa sindromlar ajratiladi.
Peshona bo’lak zararlanganda boshqa psixoorganik sindromlar qatori istakni yo’qolishi,
maqsadsizlik, adinamiya, apatiya, ba’zida akineziya va mutizm (apatiko-abulik sindrom)
kuzatiladi. Bunday holatni kam hollarda qarama qarshi holat: maylni ortishi, noaxloqiy hatti
harakatlar, tanqidni yo’qolishi, eyforiya, qo’pol hazillarga moyillik, o’z shaxsiy imkoniyatlarini
yaqqol bo’rtirib ko’rsatish (moriya) almashtiradi yoki biroz vaqt davomida ustunligi kuzatiladi.
Miya ustuni zararlanganda mayl va affekt susayishi, ruhiy faoliyatni qiyinchilik bilan
ishlashi (bradifreniya) kuzatiladi. qarama-qarshi o’zgarishlar - mayl ortishi, impulsiv hatti
harakatlar va affektiv qo’zaluvchanlik ham yuzaga kelishi mumkin.Oraliq miya zararlanishida
ruhiy quvvatni yo’qotilishi, doimiy charchoq, apatiya, depressiya, uyquchanlik kuzatiladi. Bir
qancha holatlarda polyar buzilishlar - eyforiya, disforiya, affekt va maylning qo’pol ko’rinishlari
uchraydi. Ushbu hududning zararlovchi kasallik xususiyatiga ko’ra tegishli endokrin va modda
almashinuvi buzilishlari kuzatilishi mumkin. Tasvirlangan o’choqli buzilishlarning maxsusligi
juda nisbiydir. Ularni tor doirada emas, balki funkstional-biologik aspektda ko’rib chiqish kerak
[Walther-Buel H., 1951].
Psixoorganik sindrom nomidan ko’rinib turibdiki, bosh miya organik zararlanishida kelib
chiqadi. Zararlanishning tabiatiga ko’ra u o’tkir (jarohat, insult), ongning xiralashuvi bilan
kechuvchi (oir zaharlanishlar, gipoksiya) bo’lishi mumkin, ammo ko’pincha doimiy
rivojlanishda ( bosh miya o’sma kasalliklari v.b.) kuzatiladi. Uning keyingi ahvoli ham o’sha
kasallikkka boliq: biroz yaxshilanishi, istisno hollarida ruhiy faoliyatning to’la tiklanishi yoki
jarayon cho’zilib, surunkali shaklga o’tishi mumkin. Bosh miyaning organik zaralanishi o’sib
borsa, ruhiy ko’makka muhtojlik oshaveradi va aqliy zaiflik darajasiga boradi.
MASALA.
Bemor A., 52 yosh, ishchi. Ko’p yillar davomida psixonevrologik dispanser nazoratida
turadi. Kasalligini Armiyada olgan bosh miya qontuziyasi bilan bolaydi. Bosuvchi xarakterdagi
bosh oriqlariga, holsizlikka, tez charchashga, jizzakilikka shikoyat qiladi. Uyda bezovtalanadi.
Ayolining har bir so’zida o’ziga qaratilgan kamsitishlarni, harakatlarida hurmatsizlikni ko’radi,
bolalarning shovqini jizzakiligi oshishiga olib keladi. Bir kuni tramvayda undan bir necha marta
chipta olganligin so’raganda janjal ko’targan, qo’pol so’kingan, yo’lovchilar bilan
yoqalashgan. Milistiya bo’limiga olib kelinganda o’zini boshqarolmay yilab yuborgan va
kechirim so’ragan. Dispanserdagi qabulda bemor kayfiyati tushkun, xavotirli, ko’zlarida yosh,
yuzi qizil dolar bilan qoplangan. O’zini nazoratsizligini kasallik tufayli ekanligini a’lo darajada
tushunadi, ayoli va bolalariga achinadi, vrachdan yordam berishini, nimadir tinchlantiruvchi
dori yozib berishini iltimos qiladi. So’rovlarda aniqlanishicha bemor yurganda ba’zida oyoq
ostida «pol chayqalishi»ni sezadi; bunda o’zini odatdagidan engil, xuddi pardek his qiladi.
O’ringa yotganda bir necha marta krovati bilan xudi «to’lqin» kabi tebranayotganini, yuqoriga
ko’tarilayotgani yoki ship unga tushib kelayotganini his qilgan. Bir necha marta oyoqlari xuddi
uzayib ketganday tuyulgan. Oyoqlarini ko’rib, paypaslagach hammasi o’z holidaligiga ishongan,
ammo bu tuyu o’tib ketmagan. Bir kuni buni yolonligini unutib, o’z imqoniyatlarini yuqori
baholab keng ko’lmakdan sakramoqchi bo’lgan, ammo suvga tushgan. Tunlari qo’rqinchli
tushlar tufayli uyqusi buzilganligin aytadi. Bir necha marta oqshomda nimqoroni xonasida ko’zi
oldida suzuvchi odamchalarni, qo’irchoq teatri o’yinchoqlarini eslatuvchi jismlarni ko’rgan.
Bunda qo’rquv emas, balki qiziqishni his qilgan, «tasavvur o’yini» deb bilgan. Ba’zida qoroni
xonada uning yonidan shovqinsiz odam o’tib ketganday tuyuladi. Bu nima?
TO’RI JAVOB NAMUNASI.
Keltirilgan sindrom murakkab, o’ziga bir qancha element –simptomlarni qamragan.
Shuning uchun, holatni to’liq yoritish uchun asosiy diqqatni markaziy asab tizimi organik
zararlanishini ishonchli tarzda ko’rsatuvchi simptomlarga qaratish kerak. Bunga vestibulyar
simptomlar kiradi: fazoda mo’ljal olishning buzilishi - optiko-vestibo’lyar buzilish (oyoq ostida
«pol chayqalishi», shipning tushishi, bemor o’zini engil his qilishi, go’yoki bo’shliqda uchishi –
bularning bari vaznsizlik holatida yuz berishi kerak voqealar). Bu erga o’ng chakka bo’lagi
po’stloq qismi va dienstefal soha zararlanganda uchrovchi tana tuzilishini buzib anglanilishi
(oyoqlarning «uzayishi») kiradi (M.O. Gurevich). Va nihoyat, bosh miya retikulyar formastiyasi
jarohatlanganda uchrovchi o’ziga xos qoroni xonada va «tasavvur o’yini»ni eslatuvchi ko’ruv
gallyustinastiyalari (Lermitt pedunkulyar gallyustinozi) kiradi. Barcha simptomlar qo’shilishib,
umumiy psixoorganik sindromni tashqil qiladi.
KORSAKOV SINDROMI
Korsakov sindromi - amnestik sin-dromning bir kurinishidir. Asosi bulib bulayotgan voka
xodisalarni eslay olmaslik kuzatiladi (fiksastion amneziya) u yoki bu saklangan saklangan eski
xotiralarning foni. Bu bilan birgalikda muljal buzilishi xam kuzatiladi (amnestik
dezorientirovka). Birinchi urinda vaktga nisbatan muljal buziladi. Bundan tashkari atrofga va
zamonga xam muljal buziladi. Yana bir asosiy siptom - paramneziya, asosan konfabulyastiya
yoki psevdoreminisstenstiya kurinishida, yana kriptomneziya xam kuzatilishi mumkin.
Paramneziya – yolgon xotira. Konfabulyastiya – yolgon xotira. Kriptomneziya – xotiraning
aynishi, eshitgan, kurgan, bilganlarini uziniki kilib olishi. Sindrom birinchi bulib S.S. Korsakov
(1889) tomonidan mustakil kasallik sifatida aniklangan (enstefalopatiya), surunkali alkogolizm
natijasida yuzaga keladi deb bilingan. Keyinchalik kuzatuvlardan shu ma’lum buldiki, bir kancha
bosh miya kon tomir kasalliklarida xam kuzatilganligi ma’lum buldi. Bir kancha mualliflar
korsakov va psixoorganik sindrom orasida fark borligini ma’lum kildilar (E. Bleuler,. K.
Jaspers).
Korsakov sindromida xotiraning xozirgi va avvalgi vokealarga nisbatan tulik yukolishi
kuzatiladi. Barcha yangi kechinmalar bir vaktning uzida uchib ketadi. Bu erga kaerdan
kelaganlari, bugun xaftaning kaysi kuni, atrofida kimlar, nechanchi yil, kim bilan gaplashgandi,
kimlarni kurdi, nima istemol kildi, va x.k. Kasallik boshlanishidan avval barcha vokea va
xodisalar yodida buladi. Shu bilan birgalikda amaliy kunikmalar xam saklangan buladi.
Bemorlarda konfabulyastiya shakllanadi. Konfabulyator chalguvchanlik vakt, zamon va
makonga nisbatan, shu bilan birgalikda insonlarni xam yoddan chikaradi. Natijada fikrlarning
uzuk yulukligi kuzatiladi va ongning nomozshomsimon xiralashuvidan farklash lozim buladi.
Ongning nomozshomsimon xiralashuvida atrofdagi narsalarni notugri idrok eta boshlaydilar.
Konfabulyator chalguvchanlikda esa – narsalarni anik va tinik keltiradilar. Gallyustinastiya va
illyuziyalar
kuzatilmaydi,
yakkol
namoyon
buladigan
inkogerenstiya
kuzatilmaydi.
Inkogerenstiya – nutk va fikr bogliqsiz, assosastiya, analiz, sintez buziladi, atrofni tuliklik bilan
anglash buziladi, nutk tuturiksiz va grammatik va ma’no jixatidan notugri tuziladi. Korsakov
sindromida xolsizlik, uta charchash va ba’zan eyforiya kuzatiladi. Korsakov sindromi alkogol
komponentli korsakov psixozini tashkil kiladi.
MASALA
Bemor F., 72 yosh, pensioner. Bir necha xaftadan beri ruxiy kasalliklar kasalxonasida
davolanadi. Ung kuzining kurishi sustligiga shikoyat kiladi. Boshka shikoyatlari yuk. Bulimda
tinch, bemorlar bilan bir nimalar xakida suxbatlashadi. Shifokor bilan gaplashaganda
shirinsuxan va muloyim. Muloyim kurishadi va xozirgina shifokor bilan suxbatlashagan bulsa
xam yana kurishadi. Eshikni ochib bir necha marotaba okulist kelidmi yukmi suraydi. Oy, vakt
va xaftani bilmaydi, aytib bera olmaydi. Ok xalatda yuragnlarni kurib kasalxonada bulsam
kerak, lekin aysi kasalxonada va nimaga olib klishganligini bilmaydi. Aytishicha kechagina
kishlokdan kelgan, «otini kuchaga boglab kuygan, xozirgina borib em berib keldim» - deyapti.
Professor maslaxatidan kaytgach – professor uni shampan vinosi bilan mexmon kilgan, bunday
bo’lmagan desalar jaxli chikardi. Yoshligi xakida gapirishni yaxshi kuradi. maktab davrlarini
eslaydi, Ulug Vatan urushi davrlarni esladi. Farzandlarni ismlarini biladi, amma
nabiralarinikini ayta olmaydi, yanishtiradi. Sindrmning nomi?
TUGRI JAVOB NAMUNASI
Korsakov amnestik sindromining barcha simptomlari kuzatiladi.Xozir kechayotgan
vokealarni unitib kuyishi, yangilarini unitishi va eskilari xali saklanganligi kuzatiladi. Eslab
kolish bilan birgalikda vaktga nisbatan muljal buziladi (psevdoreminisstenstii) yoki bulmasa
xotiraning bush joyini fantastik uydirmalar bilan tuldiradi (konfabulyastii). Xotiraning kupol
buzilishi bemorni ruxiy buzilishiga olib keladi. Vakt va zamonga nisbatan muljal buzilishi
(amnestik dezorientirovka), xatti xarakatlari buziladi, moslashish kiyinlashadi. Barcha xolatlar
akli zaiflashuvidan dalolat beradi.
Savol
1.
Korsakov amnestik sindromini korsakov psixozidan farklang.
2.
Korsakov sindromining asosiy sipmtomlarie
ONGNING NAMOZSHOMSIMON QORONULASHUVI
Bu buzilish to’satdan kuzatiladi, odatda uzoq davom etmay xuddi shunday yo’qoladi –
shuning uchun tranzitor, tez o’tuvchi deb baholanadi. Bu sindromga gallyutsinoz va o’tkir
«obrazli» vasvasa rivojlanishi bilan kechuvchi atrof muhitga chuqur dezorientastiya, qayu
affekti, azab va qo’rquv, jazavali qo’zalishlar yoki tashqi odatiy xulq qo’shilib kelishi xosdir.
Vasvasa, gallyutsinatsiya va zo’riqqan affekt ta’siri ostida bemor to’satdan juda xavfli
harakatlarni amalga oshiradi: dushman sifatida qabul qilgan yaqinlarini, begona shaxslarni
vahshiylarcha o’ldiradi yoki yaralaydi; qo’liga tushgan narsani ongsiz ravishda parchalaydi, bir
hamla bilan jonli va jonsiz narsalarni yo’qotadi.
Ongning namozshomsimon qoronilashuvi xuruji ko’pincha chuqur uyqu bilan
almashinadi.
Shu vaqtdagi xotira butunlay yo’qoladi, qilingan ishlarga ba’zida oir jinoyatlariga (yaqinlarini,
bolalarini o’ldirish) boshqa birov qilganday qaraydi. Bunda nafaqat haqqoniy voqealarga, balki
qarama qarshi o’laroq deliriyga, oneyroidga va sub’ektiv kechinmalarga ham xotira saqlanmaydi.
Ong namozshomsimon qoronilashuvining bir qancha hodisalarida vasvasa va gallyutsinatsiya bir
necha minut saqlanadi, ammo keyinchalik batamom yo’qoladi (retardirlangan, kechiquvchi
amneziya).
Ong namozshomsimon qoronilashuvining quyidagi variantlari bor:
Vasvasa varianti: bemor xulqi ko’rinishidan odatiy, ba’zida diqqatni nazoratning, asosan
jamlangan diqqat va jimjitlik bo’lishi yo’qligi tortadi. Bu vaqtda bemor tomonidan amalga
oshirilgan ishlar oldindan tayyorlangan va rejalashtirilganday fikr uyotadi. Bemor ongi
tiniqlashgach, ushbu holatni birov qilganini takidlaydi. Sinchkovlik bilan so’raganda ong
xiralashuvi davridagi vasvasa oyalar to’risida ma’lumot olish mumkin.
Gallyutsinator variant gallyutsinator kechinmalar, agressiya va yaqqol buzunkor harakatli
qo’zalish holati bilan kechadi. Ong qornilashuv holati bir qancha darajada bo’lish mumkin. Ba’zi
hollarda bemorlar atrof muhitga elementar mo’ljal olib, o’z yaqinlarini taniydi, o’zlikni
anglashni qismlari ko’riladi. Vasvasa oyalar, gallyutsinatsilar bo’lmasligi yoki o’tkinchi
epizodlar ko’rinishi mumkin. Qayu affekti va qo’rquv yaqqol ifodalanadi. Ongning bunday
xiralashuvi mo’ljal saqlangan (disforik) ongning namozshomsimon qoronilashuvi deyiladi.
Ongning namozshomsimon qoronilashuvi ko’proq epilepsiyada, bosh miya jarohatlarida,
episindrom bilan kechuvchi bosh miya organik zararlanishlarida, kamdan kam hollarda – o’tkir
simptomatik, shu jumladan intoksikastion psixozlarda uchraydi.
MASALA.
Bemor K., 36 yosh, milistiya xodimi. Kasalxonaning sud-psixiatriya bo’limiga dastlabki
qamov kamerasidan olib kelindi. Doimo odatdagida intizomli shaxs bo’lgan. Bir kuni
odatdagiday ertalab ishga ketish uchun otlanayotganda qurolini olgan, ammo to’satdan
jazavada «Dushmanni ur!» deya hayqiri ko’chaga yugurib chiqqan. Qo’shnilari uning baqirgan
holda kvartal bo’ylab yugurganini ko’rishgan. Shu joyda o’q ovozi eshitilgan. Atrof
tinchlangach, hushiga kelgan qo’shnilar milistiya chaqirgan. Bemor qo’shni kvartalda hibsga
olingan, bunda qattiq qarshilik ko’rsatgan. Jazavaga tushib, rangi oqargan, «dushman»larga
qarata do’q po’pisa qilgan. Undan biroz narida jabrlanuvchilar yotgan. Taxminan 1 soatlardan
so’ng milistiyada o’ziga kelgan. Uzoq vaqt davomida sodir qilgan jinoyatiga ishonmagan. Uyida
bo’lgandan tashqari barcha voqealar xotirasida saqlanib qolmagan. Bo’lib o’tgan voqeani to’la
anglagach, chuqur iztirobga tushib, o’z joniga qasd qilmoqchi bo’lgan. Bemordagi bu holat
nima deb ataladi?
TO’RI JAVOB NAMUNASI
Tasvirlangan holat ongning namozshomsimon qoronilashuvining barcha qismlariga mos
keladi. To’satdan boshlangan, uzoq davom etmagan, ong xiralashuvining barcha davrlarini
amneziyasi bilan tanqidiy yakunlangan. Bemorning bu davrdagi kechinmalarini faqatgina uning
qilmishlari orqali fahmlashimiz mumkin. Faktlar shundan dalolat beradiki, ong buzilishi yaqqol
idrok vasvasasi, balki uzluksiz gallyutsinatsiyalar bilan kechgan. Bularning bari kuchli azab
affekti, jazava va o’ylovsiz agressiv harakatlar bilan amalga oshirilgan. Gallyutsinator-vasvasa
kechinmalari va psixomotor qo’zalish ushbu holatni ambulator transdan farqlab turadi.
Test
Ongning namozshomsimon xiralashuvida uchraadi:
1. A. gipermneziya
B. dezorientirovka*
C. o´tkir boshlanishi*
D. tranzitorlik*
E. qo´rquv, qaxr-gazab vaxima affektlari*
F. yopishqoq fikrlar
2. Ongning namozshomsimon buzilishiga xos:
A. vasvasa*
B. ruxiy avtomatizm
C. gallyustinastiyalar*
D. siqilish, qaxr-azab, qo´rquv affekti*
E. atrof-muxitga nisbatan dezorientirovka*
F. asta-sekin rivojlanishi
3. Ongning namozshomsimon buzilishi uchraydi:
A. infekstion psixozlarida*
B. alkogolizmda
C. nevrozlarda
D. reaktiv holarda
E. epilepsiyada*
F. psixopatiyalarda
4. Ongning namozshomsimon xiralashuvi variantlari
A. translar*
B. Bambulator avtomatizm*
C. fugalar*
D. absans
E. katalepsiya
F. somnambulizm*
AMBULATOR AVTOMATIZM
Ongning namozshomsimon qoronilashuvi vasvasa oyalarsiz, gallyutsinatsiyalarsiz va
hissiyot o’zgarishlarisiz kechishi ambulator avtomatizm deyiladi. Ushbu buzilish bilan
kasallanganlar avtomatlashgan harakat va faoliyatni amalga oshiradi. Masalan, uydan aniq
maqsadda chiqib, kutilmaganda o’ziga tushunarsiz holatda shaharning boshqa burchagiga borib
qoladi. Bu vaqt davomida ular ko’chalarni kesib o’tadi, shahar transportida yuradi, uncha qiyin
bo’lmagan savollarga javob beradi, atrofdagilarga biroz parishonxotir va o’z o’y xayoli bilan
bandday ko’rinadi. Qisqa muddatli ambulator avtomatizmlar fuga (minutlar), trans (minutdan bir
necha sutkagacha) deyiladi. Ambulator avtomatizm uyqu vaqtida yuzaga kelishiga
somnambulizm yoki lunatizm deyiladi.
MASALA
Bemor J., 18 yosh, kolledj talabasi. 10 yoshidan beri epileptik xurujlar kuzatiladi. Bir
kuni ertalab psixonevrologik dispanserdagi shifokor qabuliga otlandi va oyib bo’ldi. Izlashlarga
qaramasdan, hech qayerda topilmadi. 3 kun o’tgach uyga kirib keldi. Paltosiz, kiyimlari juldur,
sovqotgan holda edi. O’zini ayritabiiy tutar: bir so’z demas, savollarga javob bermas, vaqtini
shipga qarab o’tkazar edi. Tunda deyarli uxlamadi. Ertasi kun muloqotga kirishib, yaqinlarini
taniy boshladi. Davomiy ahvoli yaxshilanib borgach, quyidagilarni aytdi: «Dispanserga doriga
deb qanday borganimni eslayman. Keyin oyoim ostida temir yo’l relsini ko’rgunimcha hech
narsani eslolmayman. Esimda, qandaydir joy yonida o’z o’zimga Chelyabinskgacha 10 km, 10
km deb takrorladim. Keyin yana hech narsani eslolmayman. Chelyabinskga yaqinlashganda
xushimga keldim. Daryodagi ko’prik ostida oyoimni yuvdim, negadir ular qip qizil va qizib
ketgan edi. Nimadandir juda qo’rqib ketdim. O’zimcha o’yladim: tezda uyga boraman va
barchasini ota onamga aytib beraman. Keyin yana hech narsa esimda yo’q». Tanishlari ota
onasiga o’illarining yo’qolgandan bir kun keyin ko’l bo’yi, shahardan 10 km uzoqda
ko’rishganini aytishgan. Ularga o’sha vaqt biroz sirli, fikrlariga mukkasidan ketgan, bo’lib
ko’rinib, savollariga bosh silkitish bilan javob bergan va ulardan uzoqlashgan. Bu qanday
holat?
TO’RI JAVOB NAMUNASI
Keltirilgan holat ong namozshomsimon buzilishlari variantlaridan biri - ambulator
transdir. Bemor harakatlari, tashqaridan etarlicha tartibli, haqqoniy, ong nazoratidan chiqqan,
maqsadsiz, o’ylovsiz, avtomatikdir. Uning diqqati tashqi dunyoning tor doirali tasodifiy
narsalariga va esda saqlanganlarga qaratilgan. Qolgan barchasini yonidan o’tkazib yuborgan yoki
ularni xuddi «namozshomda ko’rganday», fragmentar xira idrok qiladi. Sindrom nomi ham
shundan olingan. Shu bilan birga, barcha ruhiy va hissiy jarayonlar yaqqol bo’yoqli (noaniq
qo’rquv tuyusi). Ongning namozshomsimon qorongilashuvi kutilmaganda, to’satdan boshlanib
odatda bir necha soatdan kungacha davom etadi. Barcha jarayon to’laligicha yoki qisman
xotiradan ko’tariladi.
ISTERIK SINDROM
Isterik xolat – emostional labillik bilan birgalikda simpatiya va antipatiyaning yakkol
namoyon bulishligi. Bemorning mimikalari, xarakatlari, uzini tutishlari teatral va
namoyishkorona bulishi. Nutki obrazli, dalillar burtirilgan, ba’zan uydurma (xakikatga yakin),
affektning burtirilishi bilan kuzatiladi. Bemorlarda tasirchanlik, kup xollarda bakirik, kichkirik,
kuz yosh, kul siltashlar, kiyimlarni yirtishlar va xushdan ketish xollari kuzatiladi.
Bunday ruxiy xolatlar bilan birgalikda funkstional uzgarishlar, shu bmlan birgalikda rang
barang buzilishlar: parezlar, paralichlar, ogriklar, kurlik, karlik, sokovlik xollari kuzatiladi.
Myunxgauzen sindromi – psevdologiya va uz uzini ishontirish xollari, tibbiy muassasalarga
kayta va kayta murojaat etish, kupincha ogir kasalliklar bilan ogrigandek murojaat etish. Bu
xollarda jarroxlik stoliga yotishgacha boradilar. Isterik tutkanoklar odatda ruxiy travmadan sung
shakllanadi, ongni xiralashuv darajalariga botsh kuzatiladi. Epileptik tutkanoklardan farki –
isterik tutkanoklarda mushaklarni tonik kiskarishlari kuzatilmaydi shu sababli bemor uzini
asragan xolda yikiladi. Isterik tutkanokda tonik va klonik kiskarishlar kuzatilmaydi. Tutkanoklar
tuturuksiz, murakkab, xar xil namoyishkorona xarakatlar. Tutkanoklar paytida bemor dumalaydi,
tovoniga va oyok uchiga tiralishlar (isterik kamalak), ritmik ravishda oyoklarni erga urish,
kullarni kimirlatish, kichkirishlar, uvillashlar, aloxida suzlar bilan bakirish, ashula aytish,
sochlarni yulish va kuylaklarni yirtish kuzatiladi. kuzatiladi. Isterik tutkanoklar epileptik
tutkanoklardan farki katta maydonni egallaydi («saxnasimon»). Korachikni yoruglikka bulgan
reakstiyasi saklangan. Isterik tutkanoklardan keyin kupincha bemorlar yiglaydi, xilma xil
shikoyatlar bildiradi, xolsizlikdan shikoyat kiladilar. Tutkanok xakida xotiralari uzuk yuluk.
Tutkanokni tuxtanish uchun ustidan sv kuyib yuborish mumkin (epileptik tutkanokda yordam
bermadi). Oxirgi paytlarda «klassik» isterik tutkanoklarni kuzatish kam uchramokda. Isterik
tutkanoklar xozirgi kunda kattik bakirikli yishi bilan kuzatilmokda, butun badan titrashlari, uzini
asrab avaylagan xolda yikilishlar va ba’zi xollarda esa emaklashlar bilan kuzatilmokda. Isterik
sindrom: reaktiv xolatlarda, psixopatiyada, isterik neroz va isterik psixoz xolatlarida kuzatilishi
mumkin.
MASALA
Bemor R., 45 yosh. Xarakteri buyicha kaysar, uziga bino kuygan. Xayotning ogir
kunlarida bpekaror, bir ishni boshlolmaydigan bulib kolish kuzatilgan. Yolgiz ugli armiyaga
ketgandan sung uyda uzi kolgan. Shu kundan boshlab betuxtov ravishda shifokorlarda
davolangan. Ruxiy kasallilar kasalxonasiga yotkizilganda, asosiy vaktini tushakda utkazadi. Yuz
kurinishi gamgin, kullari yonga xolsiz tashlangan. Shifokorni kurganda ox tortadi, yiglaydi,
boshini kattik ushlab olish kuzatiladi. Umumiy axvolining ogirlashiga: «Butun tanasining
ogrishi…., boshi yorilib ketayotgandek….. va shu bilan birga bir dakika xam uykuning
yukligiga» shikoyat kiladi. Xayajonlanganda kullarida xar xil xarakatlarning paydo bulishi
kuzatiladi. Yurganda esa kalovlash, oyoklarni keng osib tashlash, atrofdagi buyumlarni ushlab
yurish kuzatiladi. Kasalxonada yotish vaktida ikki marotaba tutkanoklar kuzxatildi. Yotgan xolda
tusatdan kichkirish, dumala shva uz uzini bugish kuzatildi. Engil ukolga javob bermas va
savollarga javob kaytarmasdi. Pay reflekslari saklangan va «yoruklikka» bulagn javob
reakstiyasi musbat. 10 -15 dakikali tutkanokdan sung tutkanokni eslay oladi. Barcha davo
choralariga nisbat manfiy munosabatda, aytishicha unga xech nima yordam bera olmaydi. Uzini
esa ummuman mexnatga noloik dib biladi. Voenkomat orkali ugillarini armiyadan kaytarib olib
kelib berishlari suraydi. Fiklashlari sayoz, mantiksiz. Savollar doirasi kasalliga va maishiy muxit
bilan bogliq. Bemorda kanday xolat?
TUGRI JAVOB NAMUNASI
Kursatilgan manzaraga karab kasallikning isterik manzarasini kuradi. Uziga t ortadigan
manzara undaki: fikrlashlarining sayozligi, atrofdagilarni uziga karatish maksadi va
«simulyastiya» kilish, shu bilan birgalikda mantikiy fikrlay olmaslik kuzatiladi. Barcha xolatlar
rang barang va xissiy yorkinlik bilan namoyon bulmokda. Shu bilan birgalikda bemorda isterik
tutkanoklarning kuzatilish (ong xiralashmagan xolda), pay reflekslaring saklanishi va
namoyishorona xatti xarakatlarning kuzatilishi. «Simulyastiya» ning kuzatilish esa (somatik
kasalliklarsiz, astaziya - abaziya) bemorda isterik ravishda ogir xolatlarda (yolgizlik) uz uzini
ximoya kilish kuzatilmokda. Bu xolat ongli ravishda emas, balki xissiy ravishda kuzatilmokda.
Bunday bemorlar pssiv ravishda yukoridagi simptomlarni namoyish kiladilar vash u bilan
birgalikda burttiradilar. Bu xolat esa nevroz xolati bulib kuzatiladi. (E. Bernar i Brisse). Bu
isterik sindrom.
Test
1.
Isterik sindrom simptomlarini ko’rsating
A.
Hartum simptomi, Kapushon simptomi, embtional poza, tishli gildirak
B.
Eholaliya.ehopraksiya, ehomimiya
C.
ko’tarinki kayfiyat, karakat tezlashuvi, fikrlash tezlashuvi
D.
vegetativ o’zgarishlar, hissiy buzilishlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1.
Xodjaeva N.I., Shoyusupova A.U. «Psixiatriya» T.2011 y
2.
Pedagogika psihologiysi Ubodullaev U. T.2008 y.
3.
Tibbiyot psihologiysi Ubodullaev U. T.2009 y.
4.
Tibbiyot psihologiysi Ubodullaev Z. T.2012 y.
5.
Korkina M.V. Uchebnik po psixiatrii 2007y.
Qo’shimcha adabiyotlar
1.
Samoxvalov B.N. Uchebnik po psixiatrii 2006g
2.
Tiganov A.S. Uchebnik po psixiatrii 2006g
Interentdan olingan ma’lumotlar: www.psychiatry.ru, www.doktor.ru,
www.medmatrix.org, medinfo.home.ml.org.
Dostları ilə paylaş: |