O'zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə3/8
tarix05.02.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#82991
1   2   3   4   5   6   7   8
нилуфар

To’xtash. Yo’nalishni o’zgartirish. Hujumdan himoyaga o’tish, vaqtidagi o’zgaruvchan vaziyatga qaragan holda gandbolchi to’satdan to’xtash yoki sekin to’xtashlardan foydalanishadi. To’xtashlar bitta va ikkita oyoq bilan tiralish orqali amalga oshiriladi. Bir oyoq bilan to’xtashda gandbol o’yinchisi tanani keskin orqaga qaytaradi, keng qadam qo’yib, oyoqni tizzadan oldinga surib, ikkinchi oyog’ini bukadi. Ikki oyoqlab to’xtatish sakrash bilan amalga oshiriladi. Tana oldinga egilib, “tekis” sakrash amalga oshiriladi. Qo’nish old oyoqqa tushadi, yumshoq oyoqqa tushish va har qanday yo’nalishda harakat qilishni davom ettirish uchun oyoqlarni kuchli egish kerak (2-rasm)da keltirilgan.

2-rasm
To’pni ilish. Bu to’pni egallashga imkon beruvchi usul. To’pni bir va ikki qo’llab ilish mumkin. To’pni ikki qo’llab ilishda qo’larning panjalari bir-biriga yaqinlashtirilib voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar to’pga tekkanidan so’ng, uchib kelgan to’p tezligini pasaytirish uchun qo’llar bukiladi. To’pni bir qo’lda ilish juda murakkab. Ilish va keyingi qo’lni silkitish ko’pincha bunday holatda tutash harakatni tashkil etadi. To’p bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to’g’ri ushlash kerak bo’ladi. Agar o’yinchi uni ikki qo’llab ushlasa, to’p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin to’pni bir qo’llab yuqoridan yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin. Faqat bu holda to’pni qattiq siqib ushlamaslik lozim, chunki bu qo’lning panja bo’g’imlari qotishiga olib keladi. To’pni ilishning o’ziga xos usulini va uning o’zgarishini tanlash o’yinchining uchayotgan to’pga nisbatan pozitsiyasiga va o’yinchining harakat tezligiga bog’liq. Tayyorgarlik bosqichida o’yinchi to’pni ilishni 29 qayerda amalga oshirish kerakligini ko’rib chiqishi kerak, qo’llar to’pga uzatilganda, qo’llar bo’shashib, kaftlarni pastga yoyadi, barmoqlar birbiridan keng, bosh barmoqlari tegib turadi va ko’rsatkich barmoqlari birbiriga tegib turishi kerak (3-4-rasmlar).

3-rasm

4-rasm
To’pni uzatish asosiy texnik usul hisoblanadi. To’p uzatish ko’p usullar yordamida, ayniqsa, boshqalarga qaraganda ko’proq yondan va qo’l panjalari yordamida bajariladi. Uzatish texnikasining bajarilishi to’p otish usulida ham farq qiladi. Qo’llarni tirsak qismida bukkan holda yuqoridan to’pni uzatish, gandbolda to’p uzatishning asosiy usulidir (5-rasm).

5-rasm
Keyingi vaqtlarda yashirin holda orqadan, bosh ortidan, oyoqlar orasidan to’p uzatish ko’proq ahamiyatga ega bo’lmoqda. To’p uzatish panjalarning faol ishlashi natijasida bajariladi. Qo’l panjalari yordamida uzatilgan to’p aniqlik va tezlikdan yutadi. To’pni uzatishda sheriklarning o’zaro ta’siri amalga oshiriladi, hujumda taktik harakatlar amalga oshiriladi. Aniqdan o’z vaqtida uzatilishi ko’p jihatdan gandbolchilar hujumlarining samaradorligiga bog’liq (6-7-rasmlar).

6-rasm

7-rasm

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin