O'zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


II BOB TEZKORLIKNI RIVOJLANTIRISH



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə6/8
tarix05.02.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#82991
1   2   3   4   5   6   7   8
нилуфар

II BOB TEZKORLIKNI RIVOJLANTIRISH
2.1. Gandbolda funksional tayyorgarlik
Gandbolchi organizmining funksional imkoniyatlari undagi jismoniy tayyorgarlikning asosini tashkil etadi. Funksional imkoniyatlarning darajasi aniq sport ishchanligida namoyon bo’ladi. Mashg’ulotlar ta’sirida bo’ladigan o’zgarishlar mustahkam bo’lishi uchun o’yinchi uzoq vaqt davomida o’ziga xos maxsus ishni bajarish 201 qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Mashg’ulotlar jarayonida gandbolchiga hajm va shiddatliligi jihatidan anchagina katta yuklamani bajarishga to’g’ri keladi. Ko’pincha bu yuklamalar musobaqadagi yuklamalardan ham ortiqroq bo’ladi. Ma’lumki, o’yinda faol ishtirok etgan o’yinchi 60 daqiqa ichida hamisha qarshilikka uchraydigan sharoitda har xil tezlikda 5-6 km masofani yugurib o’tadi. Bunday sharoitda bajarilayotgan ishning darajasi organizmning faqat energetik imkoniyatiga bog’liq bo’lmay, balki ma’lum darajada jismoniy tayyorgarlikka, asab-mushak muvozanatiga, texnik kamolotga va harakat faoliyatining mustahkamligini hamda tejamkorligini ta’minlab beruvchi boshqa omillarga ham bog’liq bo’ladi. Shug’ullanuvchilarning funksional imkoniyatlari mushaklardagi energetik moddalarning umumiy zaxirasidan tashqari “gipoksiya” (havo etishmaslik) holatiga – ruhiy tayyorgarlik bilan qarshilik ko’rsata bilish, ya’ni toliqishni keltirib chiqaradigan kislorod etishmasligiga bardosh bera olishga ham bog’liq. Organizmni haddan tashqari katta ish tasiridagi toliqishdan saqlab qolishga subektiv toliqish sezgisi yordam beradi. Toliqish sportchi bajargan ishga doimo o’xshash bo’lavermaydi. Murabbiy sportchini toliqish alomatlariga to’g’ri baxo berishga, o’z organizmining haqiqiy ishchanligi chegarasini bilishga o’rgatishi kerak. Shu bilan bir qatorda, shikastlanishlar dastavval qattiq toliqishdan, yuklamaning hajmi va shiddatliligi juda katta bo’lishidan, mashg’ulot va o’yinga etarli darajada tayyor bo’lmaganligidan kelib chiqishini eslatib o’tish lozim. Gandbolda harakat faoliyati o’ziga xos bo’lgani uchun mashg’ulotning turli shiddatda bajariladigan mashqlari qisqa va ancha uzoq vaqt sust va faol dam olishni almashlab olib borish lozim. O’yin harakatlarining tavsifi to’xtab-to’xtab o’tadigan bo’lgani uchun, u nafas olish jarayonining maksimal miqdorda kuchaytirilishini talab qiladi. Gandbolchilarning funksional tayyorgarligini oshirish uchun maxsus vositalardan foydalaniladi. 2 O’yinchilarning funksional qobiliyatlarini hisobga olib, ularning funksional tayyorgarligini oldindan rejalashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin