-
rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlaming b o iib turishi hamda ijtimoiy
ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining
oshishi kabi holatlarining
mavjudligi.
Shuningdek, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan
hamda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, awal
iqtisodiyotning moliyaviy
sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga
olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan bozor
iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bogiiq.
Aksariyat rivojlangan
mamlakatlarda bozoming o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va
bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor
qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi.
O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga
asoslangan iqtisodiyotni
tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur boiganda iqtisodiyotda
davlat tomonidan boshqamv usullari qollandi va bunday
yondashuv oxir-oqibatda
o‘zini to’la oqladi
Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va
xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan
munosabatlar majmuasi.
Bozoming asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik
prinsipi asosida
ayirboshlash;
- sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
- toiovga layoqatli boigan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik.
Bozor tovarlami ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi,
ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bolib, hozirgi davrda
keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga
nisbatan kam bolsa narxlar
oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovalarni
sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromadolish imkoniga ega boiadi. Aksincha, bozorda
tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib,
sotuvchilar
zarar koradilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va
xo‘jasizlik
yuz berib, ortiqcha xarajatlarga y o i qo‘yilsa ham zarar oshib ketadi,
chunki bozor bunday behuda sarflami hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor
o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: