65
yangilarini qurishga, mavjud korxonalarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish va
texnik qayta jihozlashga (ishlab chiqarish kapital qo'yilmalariga), uy-joy,
kommunal va madaniy-maishiy qurilishga (kapital qo'yilmalar)
sarflanadigan
moliyaviy mablag'lardir.
“Investitsiya” tushunchasining asosiy xususiyati “kapital” – investisiya
hisoblanadi. Tirik va moddiylashtirilgan mehnatni sarflash jarayoni sifatida,
investitsiya mablag'lari ob'ektlar va mehnat vositalariga, shuningdek,
moddiy va
ma'naviy ne'matlarni ishlab chiqarishga yo'naltirilgan mehnatga sarflanishida
ifodalangan iqtisodiy qonuniyat, ya'ni biznesga, korxonaga, shu jumladan transport
infratuzilmasini rivojlantirishga yo’naltiriladi.
Investitsiya
shartnomasining
mazmuni
quyidagi
shartnomalarning
elementlarini o'z ichiga olishi mumkin: loyiha-qidiruv ishlarini bajarish
shartnomasi, qurilish shartnomasi, tovarlarni yetkazib berish shartnomasi,
tashish
shartnomasi, ba'zan transport ekspeditsiyasi; ularning turli ko'rinishlarida haq
evaziga xizmatlar ko'rsatish bo'yicha shartnomalar haqida gapirmasa ham bo'ladi.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida investitsiya
faoliyatining shartnoma shakllari quyidagi turdagi shartnomalar bilan ifodalanadi:
moliyaviy lizing (lizing), mahsulot taqsimoti to'g'risidagi bitim, kontsessiya
shartnomalari va davlat-xususiy sheriklik.
Dostları ilə paylaş: