2-tajriba. Asosli oksidlar olish. 100 ml hajmli konussimon kolba olib, unga 25 ml suv quying. Toza metall qoshiqchaga 2—3 dona magniy qirindisidan solib, uni spirt lampa yoki gaz gorelkasi alangasida qizdiring. Magniy yonib tamom bo‘lgandan keyin, qoshiqchada qolgan oq rangli magniy oksidni kolbadagi suvga solib yaxshilab chayqating. Hosil bo‘lgan eritmaga 1—2 tomchi fenolftalein tomizing va eritma rangining o‘zgarishiga e’tibor bering. Hosil bo‘lgan oksid qanday hossaga ega. Reaksiya tenglamasini yozing.