Nazorat savollari:
Kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari.
Kislota, ishqor bilan ishlash havfsizlik qoidalari.
Birinchi yordam ko‘rsatish usullari.
Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan idishlar.
Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan asboblar.
Filtrlash va qaynatishda qanday idishlardan foydalaniladi?
LABORATORIYA MASHG‘ULOTI – 2
Anorganik moddalarning olinishi va xossalari. Oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar.
Ishdan maqsad: Oksidlar, asoslarning olinish usullari, kimyoviy xossalarini o‘rganish.
Asbob va reaktivlar: Kipp apparati, magniy, alyuminiy, temir va rux qirindisi; mis sim yoki plastinka, Na2O va CaO, S, Ca(OH)2 (filtrlangan), HCl (1 n), H2SO4 (1 n), HNO3 (1 n), NaOH (1 n), KOH (1 n); tuz eritmalari: Pb(NO3)2 (0,5 n), Al2(SO4)3 , Al(NO3)3, CrCl3, Cr2(SO4)3, KJ, Na2CO3, BaCl2, CuSO45H2O, O‘yuvchi natriy (0,1 n), metiloranj, fenolftalein, natriy metali, kaliy metali, litiy metali, mis (II)-sulfat (5 n), Probirkalar kuyilgan shtativ qisqichlari bilan, kimyoviy stakanlar.
Dostları ilə paylaş: |