O‘zbekiston respublikasi


Ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berganda dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə6/47
tarix02.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#40048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Kimyo Laboratoriya

Ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berganda dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish

Laboratoriyada ishlash tartibi puxta o‘rganilgan bo‘lsa, ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermaydi. Bordi-yu, biron hodisa yuz bergudek bo‘lsa, uning oldini olish va dastlabki tibbiy yordami ko‘rsatishni bilish maqsadga muvofiq:

Yong‘in chiqib, teri bir oz kuysa, kuygan joyni avvalo kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi bilan yuvib, so‘ngra osh tuzining to‘yingan eritmasi shimdirilgan paxta qo‘yib bog‘lash kerak. Agar konsentrlangan kislota, brom va shunga o‘xshashlar ta’sirida qattiq kuygan bo‘lsa, kuygan joy spirt bilan artilib, maxsus malham moy surtib, toza bint bilan bog‘lanadi.

Kislota ta’sirida kuygan joy avvalo suv bilan, so‘ngra suyultirilgan soda eritmasi bilan yaxshilab yuviladi.

Ishqor ta’sirida kuygan joy avvalo qayta-qayta suv bilan, so‘ngra sirka yoki limon kislotaning suyultirilgan (3%) eritmasi bilan yuviladi.

Xlor, brom yoki kislota bug‘lari bilan zaharlanganda tezda ochiq havoga chiqish kerak.

Ko‘zga kislota sachrasa, ko‘zni avval suv, so‘ngra 3% li soda eritmasi va nihoyat, borat kislotaning to‘yingan eritmasi bilan yuvish kerak.

Bromdan kuyganda terining shu joyini natriy tiosulfatning 10-20% li eritmasi hamda suv bilan yaxshilab yuvib, so‘ngra unga 5% li mochevina eritmasi shimdirilgan paxta qo‘yib bog‘lanadi.

Fenoldan kuygan joy teri rangi normal holatga kelguncha glitserin shimdirilgan paxta bilan artiladi.

Shisha sinig‘i bilan jarohatlanganda, avvalo, jarohatni shisha siniqlaridan tozalash, so‘ng yod surtib, jarohatni sterillangan bint bilan bog‘lash kerak. Jarohatdan qon oqishi to‘xtamasa, jarohatlangan joyga qonni quyultiruvchi paxta (10% li temir (III)-xlorid shimdirilgan) qo‘yib bog‘lanadi. Ko‘p qon ketish xavfi bo‘lsa jarohatlangan joydan yuqorirog‘i elastik jgut bilan bog‘lanadi. Qon to‘xtashi bilan jgut olib tashlanadi.

Tasodifan og‘iz orqali reaktivlar bilan zaharlanib qolinsa ko‘p suv ichish kerak. Kislota bilan zaharlanganda 2% li soda eritmasidan bir stakan, ishqor bilan zaharlanganda 2% li sirka yoki limon kislotadan bir stakan ichish kerak. Yod bilan zaharlanganda soda, kofe, choy ichish kerak.

Metallarning tuzlari bilan zaharlanganda tuxum yutish, atala, qatiq yoki sut ichish lozim.

Jarohatlanish, kuyish va umuman, zaharlanishning hamma hollarida dastlabki tibbiy yordami ko‘rsatilgandan so‘ng darhol vrachga murojaat etish zarur.

Laboratoriyadagi aptechkada quyidagi medikamentlar bo‘lishi shart: bint, gigroskopik paxta, kuyganga qo‘yiladigan malham dori, yod eritmasi, spirt, kanakunjut moyi, kaliy permanganat, temir (III)-xlorid, mochevina, tannin, borat va sirka kislota eritmalari, novshadil spirt, oq streptotsid, glitserin, leykoplastirp, kollodiy, pipetka, vazelin, pintset, rezina jgut, kompress qog‘oz va boshqalar.

Sentrifuga, aralashtirgich va shunga o‘xshash asboblar bilan ishlashda shu asboblarning instruktsiya qoidalariga rioya qilish zarur. Bunday asboblarni nazoratsiz qoldirish yoki ularni nazorat qilib turishni boshqalarga topshirish mumkin emas.

Singan shisha qoldiqlarini cho‘tka yoki supurgi bilan tozalab yig‘ish lozim.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin