Ishing maqsadi: Metallarning kislotalar bilan reaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan gazni normal sharoitdagi hajmini hisoblab, tajriba natijalariga asoslangan holda metalning ekvivalent massasini aniqlash.
Kerakli jixoz va reaktivlar: H2O-distillangan suv, HC1-xlorid kislota (rangsiz eritma), Mg-magniy qirindisi (yaltiroq metall). Osvald probirkasi (landolt idishi), ikkita barobarlovchi byuretka, gaz o‘tkazuvchi naycha, rezinali qopqoq, shtativ, bosim o‘lchovchi barometr, haroratni o‘lchovchi termometr.
Tajriba ma’lum miqdorda olingan metallning suyultirilgan xlorid kislotadan siqib chiqaradigan vodorod hajmini o‘lchashga asoslangan:
Me+ 2HCl H2 + MeCl2.
Bu tajriba 20-rasmda ko‘rsatilgan germetik asbobda bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |