O‘zbekiston respublikasi


Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan asboblar va ular bilan ishlash qoidalari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə7/47
tarix02.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#40048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Kimyo Laboratoriya

Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan asboblar va ular bilan ishlash qoidalari

Kimyoviy laboratoriyalarda odatda shisha idishlar ko‘p ishlatiladi. Probirkalar, stakanlar, yumaloq va yassi tubli kolbalar, sovutgichlar, aralashtirgichlar va x.k. Shishadan yasalgan idishlar kimyoviy reagentlar va issiqlik ta’siriga chidamli bo‘lib, tiniq, oson yuviladi va ularni termik qayta ishlash mumkin. Laboratoriya qurilmalari ularda boradigan reaksiya muxitiga, reaksiya muxitiga, reaksiya uchun olinadigan va reaksiya natijasida xosil bo‘ladigan moddalarning xossalariga mos qilib tuziladi. Xamma xolatlarda ham asboblar shtativ qisqichlariga maxkam o‘rnatiladi. Asbobning qismlari bir-biri bilan rezina tiqin yoki elastik naylar, shuningdek standart (normal) shliflar orqali ulanadi. Asboblarni yig‘ishda ulanayotgan joy qiyshiq yoki ortiqcha tarang (qattiq) bo‘lmasligiga e’tibor berish kerak.

R
eaksion kolbani uning hajmining 2/3 qismidan ortiqcha to‘ldirish kerak emas. Asbobning barcha qismlari zich ulanishi va sig‘imi tashqi atmosfera bilan birlashgan bo‘lishi kerak. Aks holda asbob qizdirilganda sig‘im kengayib atmosfera bilan aloqa bo‘lmasligidan portlash yuz berishi mumkin. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarni nam xavodan saqlash uchun asbobning atmosfera bilan birlashgan joyiga maxsus kalsiy xloridli nay ulash mumkin.
Tiqinlar. Shisha asboblarning qismlarini birbiriga birlashtirish va idishlarni zich qilib berkitish uchun rezina tiqinlardan foydalaniladi. Tiqinlar asbobning tegishli o‘lchamiga va asbobda qanday modda saqlanishiga qarab tanlanadi. Tiqin aylanma harakat yordamida idishning tegishli teshigiga kiritiladi. Kerak bo‘lganda tiqinlar maxsus metall parmalar bilan teshiladi. Buning uchun parmaning diametri teshikka o‘rnatilishi lozim bo‘lgan nay diametridan biroz kichik bo‘lishi zarur. Rezina tiqinni teshishdan avval parmaning uchiga glitserin surtilsa, parmalash osonlashadi. Tiqinlar ma’lum standart o‘lchamlarga ega. Keyingi vaqtda standart konussimon shliftlar (shlif- muftv, shlif kern, tutashtiruvchi mufta) chiqarilayotganligi sababli qisqa vaqt ichida ancha murakkab laboratoriya qurilmalarini tezda yig‘ish mumkin bo‘lmoqda.

Kolbalar. Tajriba qilish uchun suyuqliklarni saqlash, xaydalayotgan moddalarni yig‘ish va eritmalar tayyorlash uchun tubi yassi , o‘zi esa konussimon yoki yumaloq kolbalar ishlatiladi. Ular ya’ni yuqori temperaturagacha qizdirish ishlarida ishlatilmaydi. Bu xil maqsadlarda yumaloq tubli kolbalar ishlatiladi.

Yumaloq tubli kolbalar xar xil keng va tor bo‘g‘inli, uzun va kalta bo‘yinli ,bir, ikki va to‘rt og‘izli b’oladi. Yon naychali (Vyurs kolbasi), deflegmatorli ( Favoriskiy kolbasi), nasadkali



(Klayzen kolbasi) va shunga o‘xshash yumaloq tubli kolbalar suyuqliklarni haydashning turli hollarida ishlatiladi. (2-rasm) Bunzen kolbasi vakuum yordamida suyuqliklarni surib, kristall moddalarni tozalash uchun ishlatiladi. Suyukliklarni reaktsion aralashmaga oz-ozdan quyish yoki tomizish uchun turli tomizgich voronkalar ishlatiladi. Ulardan, shuningdek o‘zaro aralashmaydigan suyuqliklarni bir-biridan ajratish, moddalarni ekstraktsiya qilish kabi jarayonlarda ham foydalaniladi (3-rasm).










Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin