O`zbekiston Respublikasi


Kationlar va anionlar klassifikatsiyasi



Yüklə 175,33 Kb.
səhifə5/51
tarix02.01.2022
ölçüsü175,33 Kb.
#42431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Analitik kimyo fanining maqsad va vazifalari, tibbiyotdagi ahami (1)

3. Kationlar va anionlar klassifikatsiyasi,

Sifat analizida kation va anionlar aniqlanadi. Kation–musbat zaryadli ion, anion–manfiy zaryadli ion. Kation va anionlarni aniqlash uchun asosan analitik reaksiyalardan foydalaniladi. Analitik reaksiya deb element, ion yoki molekulani ajratib olish, aniqlash va miqdorini aniqlash uchun ishlatiladigan reaksiyaga aytiladi. Analitik reaksiyalar o`z navbatida xususiy reaksiyalar (sezgir reaksiyalar) deb ham nomlanadi. Analitik reaksiyalarni amalga oshirishning quyidagi shartlari mavjud: cho`kma tushishi, gaz ajralib chiqishi, muhit rangi o`zgarishi va h. z. Analitik reaksiyalarni amalga oshirishga yordam beruvchi moddalar reagentlar yoki reaktivlar deb ataladi.

Kimyoviy o`zaro ta`sir xususiyatiga qarab reaksiyalar 4 guruhga bo`linadi: kislota–asosli (protolitik) reaksiyalar, cho`ktirish reaksiyalari, kompleks hosil qilish reaksiyalari, oksidlanish–qaytarilish reaksiyalari. Qo`llanilish sohalariga qarab analitik reaksiyalar 3 guruhga bo`linadi: ajratib olish reaksiyalari, aniqlash reaksiyalari, miqdoriy aniqlash reaksiyalari.

Sifat analizi ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: quruq va ho`l usullar. Quruq usulda aniqlanayotgan modda alangada yoqib ko`riladi, alanga rangi bo`yicha solishtirib aniqlanadi. Ho`l asosda modda eritiladi, hosil bo`lgan eritma analitik reaksiya yo`li bilan aniqlanadi.


4.Analiz tartibini,analizda ishlatiladigan sifat reaksiyalarini va ularning bajarilishini.

Kationlarning sifat analizida guruh reagenti sifatida kislotalar, kuchli asoslar, ammiak, karbonatlar, fosfatlar, ishqoriy metallar sulfidlari, oksidlovchilar va qaytaruvchilar ishlatiladi. Kationlar vodorod–sulfidli usul bo`yicha 5 guruhga, kislota–asos usuli bo`yicha 6 guruhga, ammiak–fosfatli usul bo`yicha 5 guruhga ajratiladi.



Yüklə 175,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin