modul.Investitsiya loyihalarini moliyaviy-ihtisodiy baholashning asosiy usullari
R E J A
Investitsiya loyihalarini moliyaviy-ihtisodiy baholashning mohiyati va usullari.
Investitsiya loyihalarini moliyaviy-ihtisodiy baholashning pul tushumlarini diskontlashga asoslangan uslublari
Investitsiya loyihalarini baholashning sodda uslublari
Investitsiya loyihalarini moliyaviy-ihtisodiy baholashning mohiyati va usullari.
Har qanday investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholash mazmunini juda sodda savolga, ya‘ni kelgusidagi pul tushumlari hozirgi qilingan xarajatlarni qoplaydimi yoki yo‗qmi, degan savolga javob topish tashkil etadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda investitsiyalarni baholashning turli loyihalarga qo‗yilgan mablag‗larning foydaliligini taqqoslashga asoslangan usul-lari ko‗p qo‗llaniladi. Bunda u yoki bu loyihaga investitsiya qilishning muqobil varianti boshqa ob‘ektlarga mablag‗ sarf-lash, shuningdek, mablag‗larni ma‘lum foiz bilan bankka qo‗yish yoki ularni qimmatli qog‗ozlarga aylantirish imkoniyatlari hisoblanadi.
SHu nuqtai nazardan qaraganda, investitsiya loyihalari samaradorligini baholash uslublari deganda xarajatlarning foydaliligi va qoplanishi nuqtai nazaridan turli ob‘ektlar-ga (loyihalarga, tadbirlarga) investitsiya qilishning maqsad-ga muvofiqligini aniqlash usullari tushuniladi. Investitsi-yalar samaradorligini aniqlashda, ularning ayrim jihatlari-nigina xarakterlaydigan alohida ko‗rsatkichlardan foydala-nish etarli bo‗lmaydi. SHu sababli investitsiya loyihalari sa- maradorligini baholash uchun bir necha uslublar va ko‗rsatkich-lar tizimidan foydalaniladi.
Investitsiya loyihalarini baholashda besh asosiy uslub-dan keng foydalaniladi. O‗z navbatida bu uslublarni ikki gu-ruhga aratish mumkin:
Diskontlash konsepsiyasini qo‗llashga asoslangan us-lublar:
Diskontlash konsepsiyasini qo‗llashni ko‗zda tutmaganuslublar:
investitsiya loyihalariga sarflangan mablag‗larni qop-lash davrini aniqlash uslubi;
investitsiyalarning buxgalteriya rentabelliligini aniq-lash uslubi.
Ushbu uslublarni ko‗rib chiqishdan oldin shuni ta‘kid-lash zarurki, har beshala uslub investitsiyalarning mutlaq sa-maradorligini aniqlash usuli sifatida ko‗rib chiqiladi. YA‘ni har bir investitsiya loyihasini amalga oshirish firmaning boshqa loyihalarga investitsiya sarflash imkoniyatlariga ta‘-sir etmaydi, degan shartga amal qilinadi.
Bunday shartning kiritilishiga sabab shuki, amalda ko‗p-chilik investiya loyihalarining amalga oshirilishi boshqa loy-ihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini pasaytiradi yoki mutlaqo yo‗qqa chiqaradi. Bunday investitsiya loyihalari o‗zaro konfliktli loyihalar deyiladi. Uzaro konfliktli loyiha-lar jumlasiga shuningdek, firmaning ma‘lum bir pirovard maqsadiga erishishning turli yo‗llarini ko‗zda tutuvchi loyiha-lar kiradi. Turli loyihalarning konfliktli bo‗lishiga sabab korxona mablag‗larining cheklanganligidir. Firmalalar loy-ihalarni nafaqat mutlaq samaradorligi mezoniga ko‗ra, balki mablag‗ etmay qolganligi sabab boshqa loyihalarni amalga oshira olmasligi tufayli o‗zi ko‗rishi mumkin bo‗lgan yo‗krtishlar nuqtai nazaridan kelib chiqib ham tanlaydi. Boshqacha aytgan-da, firma investitsiya loyihalarini nisbiy samaradorlik me-zoniga ko‗ra tanlaydi.
Investitsiyalar samaradorligini aniqlash usullarini o‗rganishga kirishishdan oldin e‘tiborga olishimiz zarur bo‗l-gan yana bir shart shundan iboratki, bu jarayonda loyiha bilan borliq bo‗lgan barcha xarajatlar va tushumlar pul ko‗rinishiga ega deb karaladi.
Dostları ilə paylaş: |