O„zbekiston respublikasi


PV = 600000/0.60 = 1000000 sum



Yüklə 286,9 Kb.
səhifə15/61
tarix15.04.2022
ölçüsü286,9 Kb.
#55491
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
O„zbekiston respublikasi

PV = 600000/0.60 = 1000000 sum

Ko‗rilgan misol asosida quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: agar bank depozitiga qo‗yilgan 1 million so‗m yiliga 600 ming so‗m daromad keltirsa, keyingi yilning boshida 600 ming so‗mga teng (yoki undan kam) daromad keltiradigan inves-titsiya loyihasiga 1 million so‗mdan ko‗p mablag‗ ajratish maq-sadga muvofiq emas.

Perpetuitetning yana bir ko‗rinishi investitsiya davri-ning cheklanmaganligi va doimo o‗sib boruvchi yillik daromad bilan xarakterlanadi. Agar bu o‗sish (g‗ ga teng sur‘atda ro‗y bersa va RMT birinchi yilning oxirida kutilayotgan pul tu-shumlari summasini aks ettirsa, davri

cheklanmagan investitsi-yalarning joriy qiymati quyidagi formula yordamida aniqla-nadi (12- formula);


PV =PMT1/k-q


Bu tenglama, odatda, Gorden modeli deb aytaladi. Bu formula sodda ko‗rinishga ega bo‗lishiga qaramasdan, undan ehtiyot bo‗lib foydalanish kerak. Gorden modeli yordamida olingan natijalar to‗gri bo‗lishi uchun bir necha shartlarga amal qilish zarur.

Birinchidan, formula sur‘atidagi RMT 0 indeksi bilan emas, balki 1 indeksi bilan turibdi. Bundan xulosa shuki, for-mula bo‗yicha hisob-kitoblar investitsiyalangan mablaglar bo‗y-icha ular ishlatilgan birinchi davr oxiridagi to‗lovdan boshlab bajariladi. Agar to‗lov investorga darhol kelib aushsa, bu to‗-lov summasini Gorden modeli yordamida topilgan joriy qiymat summasiga qo‗shish kerak.

Ikkinchidan, bu modelni pul tushumlari oqimi uzluksiz va bir xil sur‘atda o‗sgan holdagina ishlatish mumkin. Uchin-chidan, bu modelda (d) o‗sish sur‘ati () diskontlash koeffi- sientidan kam bo‗lgan holdagina model yordamida olingan na-tija haqiqatga yaqin bo‗ladi. Bu talab pul bozori xususiyatla-ridan kelib chiqadi va bajarilishi noreal emas.-CHunki, agar bir tarmoqda daromadlarning o‗sish sur‘ati diskontlash koef-fitsienti (daromadlilikning o‗rtacha darajasi)dan yuqori bo‗lsa, tezda bu tarmoqqa investitsiya mablaglari okib kela boshlaydi va daromadlilik darajasi pasayib ketadi.

Mavzuga yakun yasay turib, har qanday investitsiya loyihalarini baholashda amal kilinishi shart bo‗lgan bir necha ta-moyillarni ta‘kidlab keltiramiz:



  1. Hisob-kitoblar bir xil qiymatdagi pullarda olib borilishi shart. Bu uchun barcha xarajatlar va olingan nati-jalar kelgusidagi yoki hozirgi davrdagi ma‘lum bir sanaga keltirib olinadi.

  2. Investitsiyalarni baholash bu mablag‗lar investor uchunular sarflanishi mumkin bo‗lgan boshqa loyihalarga nisbatan kam bo‗lmagan daromad keltirishi mumkinligi nuqtai nazari-dan turib amalga oshirilishi kerak.

  3. Umumiy holatlarda pul tushumlari u bilan bir xilqiymatga keltirilgan pul xarajatlaridan ko‗p bo‗lgan investitsiyalarni tanlash joiz.

Nazorat va muhokama uchun savollar




    1. Loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy baholashning maxsususullarini yaratish zarurati paydo bo‗lishiga sabab nima?

    2. Diskontlash va diskont stavkasi atamalari nimani anglatadi?

    3. Annuitetning kelgusi va joriy qiymatlari deganda nimani tushunasiz?

    4. Perpetuitet nima va perpetuitet ko‗rinishidagi investitsiyalarning samaradorligi qanday aniqlanadi?

    5. Gorden formulasi qanday vaziyatlarda qo‗llaniladi?

    6. Sof joriy qiymat «uzoq muddatli xarajatlar va uzokmuddatli pul tushumlari» holatida kanday aniqlanadi?

    7. Investitsiyalarning reytabelliligi ko‗rsatkichi bo‗yicha loyihalarning maqbulligi qanday mezonlarga ko‗ra aniqlanadi?

    8. Ichki foyda me‘yori ko‗rsatkichining mohiyati nimada?

    9. Diskontlashga asoslangan uslublar bo‗yicha investitsiyalar samaradorligini aniqlash mezonlarini sanab o‗ting.

    10. Buxgalteriya rentabelliligi ko‗rsatkichi investitsiyalar rentabelliligi ko‗rsatkichidan nima bilan farq qiladi?

    11. Investitsiyalarni baholashning statik uslublari kamchiligi va afzalliklari nimada?


    1. Yüklə 286,9 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin