Loyihani joylashtirish o‗rni
Loyihaning joylashish o‗rnini belgilovchi omillar tur-li-tuman bo‗lib, bu omillarni ham tahlil qilish mumkin. Loy-iha uchun SKQni maksimallashtiradigan joy eng yaxshi hisob-lanadi. Ko‗p hollarda joylashish o‗rnini tanlash ham loyiha ko‗lamini belgilashdagi kabi bir qator jihatlarni hisobga olishni talab etadi. Masalan, sanoat korxonasi xom ashyo ba-zasi yaqiniga yoki boshlang‗ich energiya manbai yaqiniga yoxud mah-sulot bozori yoniga yo bo‗lmasa tegishli infratuzilmaga yaqin joyda qurilishi mumkin. Har bir variant o‗z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Maksimal SKQni ta‘minlaydigan joylashish o‗rni tanlanishi uchun bu afzalliklar va kamchilik-lar baholanishi hamda taqqoslanishi mumkin.
Loyihaga kapital qo‗yilmalar muddatlari masalasi ham loyihani tayyorlash boskichida alohida ko‗rib chiqilishi lozim. Kapital qo‗yilmalar muddatlari bilan oog‗liq muammolarning ahamiyati loyiha ko‗lami, joylashish o‗rni bilan bog‗liq mu-ammolarga nisbatan kam bo‗lib ko‗rinishi mumkin. Loyihalar ba‘zida investitsiyalash muddatlarining maqbul (optimal) ekan-ligi to‗liq asoslanmasdan qabul qilinadi. Loyiha iqtisodiy va moliyaviy jixatdan samarali bo‗lishini ta‘minlash uchun,uning mahsulotiga bo‗lgan talab, tsxnologiyalar holati, qo‗shim-cha kapital kiritish imkoniyatlari etarlicha rivojlanmagan-ligi tutfayli vaqtidan erta bo‗lishi mumkin.
Boshka tomondan loyihaning iqtisodiyotga hissasi va un-dan kelgan manfaat ancha yukrri bo‗lishi, muddatidan kechiki-shi ham Mumkin. Ekspluatatsiyaning birinchi yilidagi daromad darajasi, loyihaning alohida komponentlaridan olinadigan cheklangan daromad singari, loyihalarni amalga oshirishning makbul muddatlarini baholash mezoni hisoblanadi. Agar shu yilgi daromad stavkasi diskont stavkasidan past bo‗lsa, u hol-da loyiha muddatini kechiktirish sof keltirilgan qiymatning (SKQ) ko‗payishiga olib keladi. Optimal (maksimal SKQni ta‘minlovchi) muddatda ekspluatatsiyaning birinchi yili uchun daromad stavkasi diskont stavkasiga teng bo‗ladi.
Ekspluatatsiyaning birinchi yilida olingan daromad mezoni
Ekspluatatsiyaning birinchi yilida olingan daromad me-zoni birinchi yilda olingan manfaat etarli daromadlilik darajasini ta‘minlay olish-olmasligini aniqlash orqali loy-iha muddatlari to‗g‗ri tanlanganligini tekshirish imkonini beradi. Bunda ekspluatatsiyaning birinchi yilida olingan sof daromad loyihaga qilingan (kurilish davrida io‗qotilgan % daromadini qo‗shgan xrlda) kapital xarajatlar bilan solish-tiriladi.
Agar daromadlarning xarajatlarga nisbati kapital qo‗y-ilmalarning muqobil kiymatidan yukrri bo‗lsa, loyiha mudda-tidan kechikkan hisoblanadi. Bu mezonni qo‗llash SKQni mak-simallashtirish loyiha rejasi bilan ta‘minlanganligini aniqlash uchun keng ko‗lamli tekshiruv boshlashda birinchi qadam hisoblanadi. Sof daromad (manfaat) birinchi bor kapital qo‗yilmalar rentabelliligi ta‘minlangan yil SKQ ko‗rsatish birinchi bor musbat bo‗lgan yilga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |