Ko‗p sonli aholiga ta‘sir etuvchi loyihalar muvafaqqiyatli bo‗lishi uchun ularning ko‗pchiligi loyiha maqsadini tushinishlari va uni qo‗llab -quvvatlashlari kerak. SHu tufayli loyhalarny ishlab
chiqish va amalga oshirish jarayonida mahalliy qadriyat-lar tizimini, urf-odatlar, an‘analar, aniqlangan ehtiyojlar va maqsadlarni hisobga olish zarur.
Milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan samarali bo‗lgan loy-ihalar maqsadi mahalliy aholi uchun tushunarsiz yoki ular fikriga ko‗ra, ahamiyatsiz bo‗lishi mumkin. Oqibatda loyihalar mahal-liy aholi tomonidan qo‗llab-quvvatlanmaydi. Ijtimoiy tahlil mahalliy sharoitlarga asoslangan holda loyiha vazifalari va umumiy maqsadlarni mahalliy aholining individual maqsadlari bilan bog‗lash yo‗llarini ko‗rsatib beradi.
Oilani rejalashtirish masalasida ham mahalliy madaniyat-ning o‗ziga xos xususiyatlari loyiha maqsadiga yoki umumiy maq-sadlarga erishishga ta‘sir ko‗rsatadi. Loyiha natijalari odam-larning loyiha va undan keladigan foyda o‗rtasidagi bog‗liqlik-ni qanchalik tushunishiga aloqador bo‗lgan yana bir soha sog‗liqni saqlash sohasidir.
Dostları ilə paylaş: |