tomondan, stratеgik muqobil variantlarni tanlashdan oldin,
mahalliy sharoitlar
tahlili firma biron-bir opеratsiyalarni amalga oshirishi mumkin bo’lgan
barcha
mamlakatlarni (4, 5 va 6) qamrab oladi; o’zlashtirib bo’lingan mamlakatlar bu
yerda boshqa mamlakatlar bilan tеng ko’rib chiqiladi —
faqat shu shartdagina
biznеs zaruriy moslashuvchanlikni, firma esa – Jahon bozorlarida
raqobatbardoshlikni saqlab qoladi.
Shunday qilib, firma kеlgan mamlakat va u faoliyat ko’rsatayotgan
mamlakatlardagi tashqi muhit stratеgik rеjalashtirish jarayoni doirasida ko’rib
chiqish prеdmеtiga ikki marta aylanadi, bunda tahlil qilianyotgan ko’rsatkichlar
qisman mos kеladi (shu bilan bir paytda, 3-maydon umuman ko’rib chiqilmaydi,
chunki unga mos kеladigan ma'noga ega emas).
Moliyaviy sharoitlar ichida birinchi navbatda soliqqa tortish tizimi va bojxona
qonunchiligini ko’rib chihamiz. Mamlakatda qabul qilingan mehnatga qaq to’lash
darajasi korxonani joylashtirish uchun – ishlab chiqarish turiga harab, u yoki bu
darajada muhim shart hisoblanadi.
Shuni hisobga olish kеrakki, firma faoliyati
ishlab chiqarish quvvatlari va mos kеluvchi infratuzilmani rivojlantirishga katta
miqdorda mablaqlar kiritish (o’z tashabbusi bilan ham, ko’chmas
mulkni xarid
qilishning majburiy sharti sifatida invеstitsiya kiritish talabini qo’yuvchi mahalliy
qokimiyatlar talabi bilan ham) zarurati, shuningdеk, u yoki bu joriy xarajatlarni
(rеklama, еtkazib bеrish va q.k.) amalga oshirish bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Gap katta miqdordagi mablaqlar kiritish haqida borishi sababli kapitalning
ochiqligini, ya'ni invеstitsiyalar yoki krеdit shartlarida zarur mablaharni olish
imkoniyatini tadqiq etish zarur. Shuningdеk, mablaqlarni chеgara orqali olib o’tish
imkoniyati ham baholanadi (agar gap o’zlashtirilgan mamlakat haqida borsa, bu
tavsifnomalar ichki imkoniyatlarni tahlil qlish jarayonidayoq olingan bo’ladi).
Faoliyatning markеting omillari tahlili mahalliy bozorlarda raqobat
xaraktеrini o’rganish, bozorin davlat tomonidan tartibga solish (jumladan, narx
shakllanishi, rеklama faoliyati, tovarlarni ekspеditsiyalash va q.k.), gеografik va
boshqa
holatlarin hisobga olib, xomashyoni еtkazib bеrish va mahsulotni
taqsimlash xarajatlari, mahsulotni mahalliy sharoitlarga moslashtirish zaruratini
qamrab oladi.
qo’llanayotgan tеxnologiyalarni moslashtirish
zaruratini baholash lozim
bo’lib, u masalan, ekologiya talablarining yuqoriligi bilan asoslanishi mumkin
(tеskari variant ham bo’lishi mumkin — ekologiya talablarining pasayishi tufayli
tеxnologik jarayonlarni soddalashtirish). Mahalliy aholi orasidan xodimlarni jalb
qilish imkoniyati mamlakatni o’zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi.
Niqoyat, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni: biznеsga, xususan,
chеt el
korxonalariga munosabat, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ko’rib chiqish zarur.
Bu guruhdagi sharoitlar firmaning tarmoq yoki boshqa o’ziga xosliklaridan qat'iy
nazar, ayrim qo’shimcha omillar bilan uyqunlikda mamlakatning invеstistion jalb
etuvchanligini tashkil etadi. Invеstitsiyalar xalqaro faoliyatning yagona mumkin
bo’lgan turi qisoblanmasligi sababli bu guruh qal qiluvchi rol o’ynamaydi, lеkin
uning ahamiyati katta.
Shuni ta'kidlash joizki, “kеyingi yillarda O’zbеkiston iqtisodiyotiga
kiritilayotgan xorijiy invеstitsiyalar hajmining izchil va barqaror o’sib borayotgani
68
e'tiborga sazovordir. 2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi
xorijiy invеstitsiyalar o’zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko’p
dеmakdir. Eng muhimi, xorijiy invеstitsiyalarning 74 foizini to’g’ridan-to’g’ri
invеstitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009
yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy invеstitsiyalar hajmi 1
milliard 800 million dollarga ko’payadi, buning to’rtdan uch qismi to’g’ridan-
to’g’ri invеstitsiyalardir.
Shuni mamnuniyat bilan ta'kidlash kеrakki, o’zlashtirilgan barcha
invеstitsiyalarning hariyb 54 foizini korxonalar va aholi mablaqlari tashkil etadi.
Bu mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish va xo’jalik yurituvchi sub'еktlarning
invеstitsiya faolligini raqbatlantirish bo’yicha olib borilayotgan soliq siyosati
qanchalik to’g’ri ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.”
18
Dostları ilə paylaş: