Domna pechida kuydirish jarayoni Cho`yanni shaxta tipidagi metallurgiya reaktorlarida eritiladi. Ular domna pechlari yoki domnalar deyiladi. Domna pechida bir biriga tomon qarab 2ta oqim davriy ravishda harakatda bo`ladi:
1) Yuqoridan pastga tomon shaxta materiallari oqimi; 2) pastdan yuqoriga esa yoqilg’ining yonishidan hosil bo`lgan qaytaruvchi gazlar oqimi. Shaxta materiallarining harakati koksning yonishi, materiallarining maydalanishi va erishi, Cho`yan va shlaklarning davriy ravishda chiqarib turilishi bilan izoxlanadi. Domnaning gorn zapasida, ya`ni o’chogida havoning intensiv ravishda yuborib turish hisobiga oksidlovchi muhit tutib turiladi, bunda koks yonadi.
C + O2= CO2 + 401 kJ CO2 cho’g’lantirilgan koksning yuzasida qaytariladi:
2C + O2 = 2CO - 166 kJ Gornda hosil bo`lgan qaytaruvchi gaz pechning yuqori qismiga ko`tarilib Shaxta komponentlarini kizdiradi va qaytaradi.
Domnada eng yuqori harorat gorn qismida 18000C , past harorat esa koloshnikda-250 0C bo`ladi. Gorndagi bosim 0,2 - 0,35 MPa.
Shixtaning tushirish natijasida quyidagi jarayonlar sodir bo`ladi:
Shaxta komponentlarining parchalanishi, Fe oksidlarining qaytarilishi, C ning erishi, shlakning hosil bo`lishi va erishi.
Fe ning qaytarilishi quyidagi sxema bo`yicha boradi:
Fe2O3--> Fe3O4--> FeO --> Fe Fe ning qaytarilishi faqat koks uglerodi ishtirokida bormay, balki ruda sirtida CO ni termik dissotsiatsiyasida hosil bo`lgan C yordamida ham sodir bo`ladi:
2 C CO2 + C Fe dan tashqari domnada Shixta tarkibiga kiruvchi boshqa elementlar ham qaytariladi. Shaxta deganda rudalar, flyus va yoqilg’i aralashmasi tushuniladi, lekin Mn ning ma`lum qismi qaytarilmaydi va shlakka o`tib ketadi. Hosil bo`lgan Fe C bilan Sementit hosil qiladi: