O`zbekiston respublikasi



Yüklə 431,5 Kb.
səhifə21/28
tarix17.03.2023
ölçüsü431,5 Kb.
#88375
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi kimyoviy texn

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Kimyo sanoatida energiya qanday ro’l o’ynaydi?


2. Energiyaning qanday turlari mavjud?
3. Elektr energiya qanday sohalarda ishlatiladi?
4. Issiqlik energiyasining ishlatilish tarmog’ini ta`riflang.
5. Yadro energiyasidan qaysi ishlab chiqarish sohalarida foydalaniladi?
6. Kimyoviy va yorug’lik energiyasi qaysi maqsadda ishlatiladi?
7. F. I. K.haqida tushuncha bering .
8. Regenerator nima?
MAVZU: METALLURGIYA. CHO`YAN VA
PO`LAT ISHLAB CHIQARISH
REJA:
1. Metallarga umumiy harakteristika.
2. Metallarning sinflanishi.
3. Cho`yan ishlab chiqarish.
4. Cho`yanni po`latga aylantirish.

Sanoatning ruda va boshqa homashyodan metall ishlab chiqarish tarmog’i metallurgiya deyiladi. Tabiiy elementlarning ko`p qismini metallar tashkil etadi. Tabiiy metallar hisoblangan Cu, Ag, Au va boshqalar qadimdan foydalanib kelingan. Birinchi bo`lib oson qaytariluvchi oksidlaridan qo`rg’oshin va qalay olingan.


Hozirgi paytda metall ishlatilmaydigan soha yo’qki, ular mashinasozlik, transport, aloka, qurilish, elektroradio va elektrotexnika va boshqa sohalarda keng qo`llaniladi.
Metallar quyidagicha sinflanadi: 1) qora metallar; 2) rangli metallar.
Qora metallarga Fe, Mn, Cr va ular asosidagi qotishmalar kiradi.
Rangli metallar 4 tipga bo`linadi:
1) og’ir metallar: Cu, Pb, Sn va Ni
2) yengil me’allar: Al, Mg Ca, ishqoriy va ishqoriy - yer metallar
3) qimmatbaho, asl metallar: Pt, iridiy, osmiy, Pd, ruteniy, rodiy, oltin va kumush.
4) siyrak metallar (qolgan barcha metallar)
a) Yuqori haroratda eriydigan metallar: volfram, molibden, vanadiy, titan, kobalt, sirkoniy, niobiy
b) tarqoq metallar: germaniy, galliy, talliy, indiy, reniy.
v) siyrak yer metallar: lantanoidlar.
g) radioaktiv metallar: toriy, radiy, aktiniy, protaktiniy va uran.
d) sun`iy metallar: poloniy, astat, neptuniy, plutoniy.
Siyrak metallardan quyidagi metallarni ham alohida guruppa sifatida ajratiladi: surma, simob, vismut
Homashyo rudalar qazib chiqarishiga ko`ra: Fe, Lu, Mn, Pb Ni li, uranli va boshqalarga bo`linadi.
Tarkibiga ko`ra: sulfidli, oksidlangan va tug’ma homashyoga bo`linadi.
Sulfidli rudalar deganda, olinayotgan metall sulfid holida uchraydigan jismlarga aytiladi.
Masalan: Cu li, xalkopirit CuFeS.
Zn li, sefalerid ZnS
Pb li, galenit PbS
Agar topilgan metall oksid holida yoki boshqa O tutuvchi mineral holida uchrasa, (ya`ni silikatlar va karbonatlar), bu rudalar oksidlangan turga kiradi. Fe, Mn, Al - oksidlangan holda bo`ladi.
Agar metall metallarning tabiiy qotishmalari holida uchrasa tug’ma rudalar deyiladi.
Rudadan metall olish uchun metallni kimyoviy bog’langan elementdan ajratish kerak. Bu jarayon metallurgiya jarayoni deyiladi.
Agar metallurgiya jarayoni yuqori harorat ishtirokida borsa, pirometallurgiya, suvdagi eritmalari ishtirokida borsa gidrometallurgiya deyiladi.
Bu ishlab chiqarishning 1 - bosqichi homashyoni boyitishdir.
2 - bosqichi kontsentratni kuydirish orqali ajratishdir.
3 - bosqichi S yordamida qaytarib sof holdagi metall yoki qotishmasini olish, bu jarayon termik ajratish sementatsiya, eritma va suyuqlanmalarni elektroliz qilish orqali ham olib borilishi mumkin.
Foydalanilayotgan metallarning 90 % dan ortig’ini sof holdagi temir va uning qotishmalari tashkil qiladi. Sof temir deganda tarkibida faqat 0,2 % S tutgan Fe tushuniladi. Undan ortiq S ga ega bo`lgan temir esa uning qotishmasi deyilib, tarkibidagi S ning miqdoriga qarab, Cho`yan va po`lat deb nomlanadi. Agar 0,2 - 2 % gacha S tutsa po`lat deyiladi. 2 % dan Yuqori odatda 3,5 - 4,5 gacha S tutsa Cho`yan deyiladi.



Yüklə 431,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin