MAVZU : KIMYO SANOATIDA ENERGIYA
REJA:
1. Energiya turlari va manbaalari.
2. Energiyadan ratsional foydalanish.
Kimyoviy jarayonlar energiyaning ajralishi va yutilishi yoki bir turdan ikkinchi turga aylanishi orqali sodir bo`ladi. Ba`zi kimyoviy jarayonlarda esa energiya qo`shimcha jarayonlarning sodir bo`lishi uchun ham sarflanadi. Turli vimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun energiya sarfi turlicha bo`ladi .Masalan,
alyuminiy - 19000 kvt/ soat
fosfor - 16500 kvt/ soat
sintetik NH3 - 3200 kvt/ soat
ammiak selitrasi - 11 kvt/ soat
Kimyo sanoatida energiyaning bir nechta turlaridan foydalaniladi:
1) elektr
2) issiqlik
3) yadro
4) kimyoviy
5) yorug’lik
Ulardan eng ko`p miqdorda issiqlik va elektr energiyasidan foydalaniladi.
Elektr energiyasi elektrokimyoviy, elektromagnit jarayonlarda ishlatiladi, ya`ni elektroliz orqali turli moddalarni olish uchun foydalaniladi. Masalan: suvdan vodorod, minerallardan metallar olishda ishlatiladi. Bu energiya turli moddalar uchun turlicha bo`ladi.
Mahsulot
|
1 t ishlab chiqarish uchun energiya sarfi (kvt, soat)
|
Al
|
19000
|
Mg
|
17500 - 18000
|
CaC2
|
2700 - 3200
|
R
|
13000 - 20000
|
NH3
|
3000 - 3500
|
Cl2
|
2300 - 3500
|
H2SO4
|
60 - 800
|
Hozirgi kunda elektr energiyaga bo`lgan talabni qondirish maqsadida energiya asosan AES, TES, GES larda ko`p miqdorda ishlab chiqarilmoqda.
Issiqlik energiyasi vino sanoatida kimyoviy reaksiyalarni sodir qiluvchi reagentlarni isitish va qo`shimcha turli texnologik jarayonlarni olib borish uchun ishlatiladi. Ular quyidagilar: ko`ritish, bug’latish, eritish, distirlash, aralashtirish va xokazo. Ko`p kimyoviy korxonalar issiqlik energiyasi sifatida issiv suv va uning bug’laridan foydalanadi.
Turli moddalrni ishlab chiqarish uchun turlicha issiqlik energiyasi sarf bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |