O`zbekiston respublikasi



Yüklə 431,5 Kb.
səhifə16/28
tarix17.03.2023
ölçüsü431,5 Kb.
#88375
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi kimyoviy texn

Elaklash mexanik boyitish usuliga kirib, uning uchun tog’ jinslari oldin maydalanadi. So`ngra har xil o`lchamdagi elaklardan o`tkaziladi.
Gravitatsion boyitish tog’ jinslarini eritib cho`ktirishga asoslangan.
Gidrosiklon usul bilan esa siklon apparatlaridan foydalanilgan holda tog’ jinslarini ajratib olinadi.
Tarkibidagi foydali tarkibiy qismlarini orttirishga yo`naltirilgan jarayon boyitish deyiladi. Quruq usul bilan minerallarni boyitilganda havoli separatorlar degan apparatlardan foydalaniladi. Elektromagnit usulida quruq usuldan farq qilgan holda elektromagnit seperatorlaridan foydalaniladi. Flotatsiya usuli rudalarning xo`llanilishiga asoslangan bo`lib, bunda mahsus flotoreagentlardan foydalaniladi. Bu usul o`z navbatida ikki turga bo`linadi; termik va kimyoviy flotatsiya.
Chiqindisiz texnologiyali ishlab chiqarishning asosini homashyoni qayta ishlash tashkil etadi, chunki ishlab chiqarish chiqindilari - bu ma`lum sabablarga ko`ra ishlatilmagan yoki ishlatilib ulgurilmagan homashyoning bir qismidir.
Chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etishda bir xil homashyodan kompleks foydalanishga asoslangan bir nechta ishlab chiqarishni kombinatsiyalash katta ahamiyatga ega.
Masalan, rangli metallurgiya va kimyo zavodlarini birlashmasi, ya`ni rangli metallurgiya va H2SO4 zavodi chiqindilaridan H2SO4 olinadi.
Chiqindisiz ishlab chiqarishning yuqori ko`rsatkichlariga esa qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari bilan qurilgan birlashmalarda erishish mumkin.
Bundan tashqari teritorial sanoat komplekslari ham katta ahamiyatga ega. ( TEK)


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Homashyo nima?
2. Homashyo qanday turlarga bo`linadi?
3. Homashyo zaxirasi nima?
4. Homashyo qanday tayyorlanadi?
5. Homashyodan kompleks foydalanish deganda nimani tushunasiz?


MAVZU: KIMYO SANOATIDA SUV


REJA:
1. Kimyo sanoatida suvning roli.
2. Tabiiy suvlarning harakteristikasi va iste`mol suvlarning sifati.
3. Ichimlik suvini tayyorlash.
4. Sanoat suvlarini tayyorlash.
5. Sanoatda suvga bo`lgan sarfni kamaytirish yo`llari.

Suv xalq xo`jaligida, turmushda va kimyo sanoatida katta ahamiyatga ega. Bu uning ishlatish uchun qulayligi, o`ziga xos xususiyatlari va boshqa xossalari bilan bog’liqdir. Kimyo sanoatida suv o`zining ishlatilishi funksiyalariga ko`ra turlicha qo`llaniladi. Ko`pgina ishlab chiqarish sohalarida asosiy kimyoviy reaksiyalarda qatnashib, Homashyo va reagent bo`lib xizmat qiladi. Masalan, H, H2SO4, HNO3, H3PO4, ishqorlar va asoslar ishlab chiqarishda, gidroliz va gidratatsiya reaksiyalarida reagent sifatida katnashadi. Ba`zi reaksiyalarda esa universal erituvchi bo`lsa, ba`zilarida keng ko’lamda qo`llaniluvchi katalizator sifatida ishlatiladi. Bu bilan esa kimyoviy reaksiyalarning tezligini birmuncha oshiradi. Ko`pgina kimyoviy, metallurgiya, oziq - ovqat va engil sanoatda suv qattiq, suyuq va gazsimon moddalarni erituvchisi sifatida ishlatiladi. Suvning qayta kristallanish xossasidan foydalanib gazsimon, suyuq va qattiq mahsulotlarni qo`shimchalardan tozalanadi. Suvdan homashyoni boyitishning turli usullarida, ya`ni flotatsiya, gravitatsion boyitishda foydalaniladi. Ba`zi ishlab chiqarishlarda suv asosiy kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo`ladi. Masalan, yog’och, torf, slanets, ko`mir va boshqa yoqilg’i turlarini kokslash, vodorod tutuvchi yoqilgilarni yondirish, vislorod tutuvchi organik moddalarni parchalash, ammiak va boshqa organik birikmalarning oksidlanishi atijasida suv hosil bo`ladi. Yuqorida keltirilgan barcha texnologik jarayonlarda suv texnologik funktsiyani bajaradi.


Katta miqdordagi suv issiqlik tashuvchi sifatida ishlatiladi. Bu esa suvning yuqori issiqlik sig’imiga ega ekanligidan dalolat beradi. ekzotermik reaksiyalar natijasida isib ketgan reagentlarni suv yordamida sovitiladi. endotermik jarayonlarda esa reaksiyani tezlashtirish uchun suv bug’i yoki qaynayotgan suvdan foydalaniladi.
Moddalar orasidagi almashinuv va suv bilan issiqlik almashinuvi ularning bevosita tuqnashishi natijasida sodir bo`ladi. Ko`p hollarda issiqlik almashinuvchi apparatlar, sovitgichlar, isitgichlarning metall devorlari orqali suv o`tkaziladi. Katta miqdordagi suvdan esa AES larda issiqlik tashuvchi sifatida qo`llaniladi.
Kimyo sanoati - suvning eng katta iste`molchisi hisoblanadi. Zamonaviy kimyo kombinatlari millionlab kubometr suvni bir sutkada ishlatadi. Shuning uchun kimyo korxonalari va neft kimyo zavodlari suv manbalari yaqiniga ko`riladi. Suv chiqimining ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbati suv bo`yicha chiqim koeffitsienti deyiladi.
Masalan: Ni uchun 400 m3 / t, Viskoza uchun 2500 m3 / t, Ammiak uchun 1500 m3 / t, Nitrat kislota uchun 100 m3 / t, Sulfat kislota uchun 50 m3 / t, Fosfor uchun 15 m3 / t/
Kapron tolasi ishlab chiqaruvchi zavod 120 ming aholisi bo`lgan shahar qancha suv iste`mol qilsa, shuncha suv sarflaydi. Xlor organik moddalar ishlab chiqaruvchi elektrovimyoviy kombinat 800 ming aholili shahar bilan teng miqdorda suv sarflaydi. Katta shaharlarda o’rtacha sutkali suv ta`minoti bir kishi uchun 500 - 600 litrga to`g’ri keladi. Yer sharining 70 % ni tashkil qiluvchi suv hozirgi kunda defitsit, ya`ni takchil materiallardan biri bo`lib qolmoqda. Chunki barcha iste`molchilar asosan chuchuk suvdan foydalanadilar, u esa umumiy suv xajmining faqatgina 2 % ini tashkil qiladi. Suvga bo`lgan talab har 10 - 12 yilda ikki barobarga usmokda, lekin suvlarning ifloslanishi, chiqindilarning ko`pligi uchun sanoati rivojlangan mamlakat va shaharlarda chuchuk suv yetishmovchiligi kelib chiqmoqda.
Tabiiy suv yaxshi erituvchi bo`lganligi uchun o`zida turli qo`shimchalarni tutadi. Kelib chiqishiga ko`ra tabiiy suvni 3 turga bo`lish mumkin. Ular tarkibidagi qo`shimchalar va ularning harakteriga ko`ra farq qiladilar.
Atmosfera suvi - atmosferaning yog’in suvlari bo`lib, tarkibida uncha ko`p bo`lmagan qo`shimchalarni, ya`ni erigan holdagi quyidagi gazlarni - kislorod, uglerod oksidi, azot oksidi, vodorod sulfid, oltingugurtning kislorodli birikmalari, organik moddalar va changni tutadi. Uning tarkibida erigan tuzlar kam miqdorda bo`ladi.
Yuza suvlar - daryo, ko`l va dengiz suvlari bo`lib, ular tarkibida atmosfera suvlari tutgan qo`shimchalarni tutadi. Bundan tashqari kalsiy gidrokarbonat, magniy, natriy va kaliy sulfatlari hamda xloridlari ham bo`lishi mumkin. Dengiz suvlarida esa Mendeleev davriy sistemasidagi elementlarning ko`pchiligi mavjud bo`ladi. Yuza suvlarining barchasida organik moddalar, ya`ni tirik mikroorganizmlar va kasallik qo`zg’atuvchi bakteriyalar bo`ladi.
Yer osti suvlariga - quduqlar, artezian suvlari, qaynar buloq suvlari kiradi. Ular tarkibida turli mineral tuzlarni tutadi. Bu tuzlarni esa filtrlash usullari orqali tozalanib, suv tiniqlashtiriladi. yer osti suvlaridan mineral suvlar sifatida va kimyo sanoatida homashyo sifatida foydalaniladi. Masalan, NaCl tuzi ko`p bo`lgan suvlardan soda, NaOH, Cl olishda foydalaniladi. Bundan tashqari I, Br lar ham turli tuzlardan olinadi.
Ishlatiladigan suvlar vazifasiga ko`ra oziq bo`luvchi va aylanma suvlarga bo`linadi.
Oziq bo`luvchi suvlarga turli texnologik maqsadlarda ishlatiluvchi suvlar kiradi. Aylanma suvlarga ishlab chiqarishda ishlatilgandan sung yana ishlab chiqarish sikliga qaytarilgan suvlar kiradi.
Suvning sifati uning turli fizik va kimyoviy xususiyatlari orqali belgilanadi. Bu xususiyatlarga suvning tiniqligi, rangi, xidi, qattiqligi, oksidlanishi, suv reaksiyasi va umumiy tuz tutishi kiradi.
Suvning tiniqligi - suvdan ma`lum harflar tasvirini o`tkaza olish xususiyatidir. Bu esa suv tarkibidagi dispers va kolloid zarrachalarga bog’liq.
Suvning qattiqligi - uning tarkibidagi turli qo`shimchalarga bog’liq. Tabiiy suv doim o`zining tarkibida turli qo`shimchalarni tutadi. Masalan, tuzlar va gazlar, aralashmagan holdagi mexanik qo`shimchalar, ba`zi organik moddalar va xokazo. Suvning tarkibidagi tuzlar uning qattiqligini keltirib chiqaradi. Kalsiy va magniy bikarbonatlari, karbonatlari mavjudligi hisobiga kelib chikkan qattiqlik karbonatli qattiqlik deyiladi. Suv qaynatilganda erigan bikarbonatlar parchalanib ketadi, bunda esa karbonat qattiqlik qisman yo`qolishi mumkin. Qattiqlikni butunlay yo’otib bo`lmaydi, chunki magniy karbonatlari suvda uncha erimaydi.
Vaqtinchali qattiqlik - suvning qaynatilganda yo`qoladigan qattiqligidir.
Doimiy qattiqlik - qaynatilganda yo`qolmaydigan qattiqlikdir. Kalsiy va magniyning xlorid va sulfatlari suvda karbonatsiz qattiqlikni keltirib chiqaradi. Karbonatli va karbonatsiz qattiqlikning yig’indisi umumiy qattiqlik deb ataladi. Suvning umumiy qattiqligini 1 l suvdagi Ca va Mg ionlarining mg /ekv. lari yig’indisi shaklida ifodalanadi. 1 mg/ekv qattiqlik deganda 20,04 mg/l Ca+2 va 12,16 mg/l Mg+2 ionlari tushuniladi.
Suvning umumiy tuz tutishi - uning tarkibidagi mineral va organik qo`shimchalar bilan belgilanadi.
Suvning oksidlanishi - suvning tarkibidagi organik qo`shimchalarga bog’liq.
Suv reaksiyasi - uning muxiti bo`lib, PH bilan belgilanadi.


pH = 6,5 - 7,5 bo`lsa, neytral
pH < 6,5 bo`lsa, kislotali
pH > 7,5 bo`lsa, ishqoriy bo`ladi.

Tabiiy suvni o`z holicha ishlatib bo`lmaydi. Uni ishlab chiqarish maqsadlarida sifatini yaxshilash suvni tayyorlash deb ataladi. Suvni tayyorlash turli bosqichlarni o`z ichiga oladi. Bu esa suvning tarkibida qo`shimchalarning turiga qarab belgilanadi, ya`ni tindirish, koagulyatsiya, fil’trlash, zararsizlantirish.






Yüklə 431,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin