SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Kimyoviy reaktorlar deganda nimani tushunasiz?
2. Kimyoviy reaktorlarga qanday talablar quyiladi?
3. Kimyoviy reaktorlar qanday sinflarga ajratiladi?
4. Harorat rejimiga ko`ra reaktorlar qanday turlarga bo`linadi?
5. Reagentlarni aralashtiruvchi qanday aralashtirgichlarni bilasiz?
MAVZU: HOMASHYO VA UNI BOYITISH USULLARI
REJA:
1. Homashyo haqida tushuncha.
2. Homashyo turlari.
a) mineral homashyo.
b) organik homashyo.
3. Homashyo zaxiralari, ularni qazib chiqarish.
4. Homashyo tayyorlash usullari:
a) elaklash;
b) gravitatsion boyitishsh;
v) quruq usul;
g) gidrosiklon usul;
d) elektromagnit usuli;
e) flotatsiya usuli;
5) Homashyodan kompleks foydalanish va chiqindisiz texnologiya.
Har qanday kimyoviy ishlab chiqarishning eng zarur tarkibiy qismlari - homashyo, energiya va suvdir. Homashyo va energiya ko`p hollarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini belgilab beradi. O`rtacha hisobda sanoatda homashyo uchun sarf tannarxning 60 – 70 % ini, energiya uchun esa 10 % ni tashkil qiladi. Bundan elektrokimyoviy va elektrotermik ishlab chiqarishlar mustasno, chunki ularda elektroenergiya muhim asos hisoblanadi.
Homashyo - ishlab chiqarish vositalari va iste`mol mollari ishlab chiqarish uchun sanoatda ishlatiladigan dastlabki mahsulotga aytiladi. Bunda homashyo va dastlabki mahsulotni farqlash zarur. Homashyoga sanoat qayta ishlashidan o`tmagan tabiiy materiallar kiradi. Dastlabki mahsulotga esa tabiiy homashyo, yarim fabrikat, oraliq mahsulot, ya`ni asosiy materiallar, qo`shimcha mahsulot va ikkilamchi homashyo kiradi.
Yarim fabrikat - tabiiy homashyoni dastlabki qayta ishlash natijasida hosil bo`lgan mahsulotdir.
Oralik mahsulot - homashyo yoki yarim fabrikatdan olingan individual moddalar bo`lib, ular xuddi shu korxonadagi boshqa mahsulotni ishlab chiqarish uchun dastlabki material bo`lib xizmat qilishi mumkin.
Ko`shimcha mahsulot - qo`shimcha kimyoviy reaksiyalar natijasida asosiy mahsulot bilan bir vaqtda hosil bo`lgan mahsulotdir.
Chiqindilar - ishlab chiqarishning muayyan etapida ishlatilmaydigan mahsulotdir.
Ikkilamchi homashyo - dastlabki foydalanish vaqtini tugatgan, lekin keyingi etapda yana ishlatilishi mumkin bo`lgan mahsulotlardir. Bu ajratishlar shartli ravishda bo`lib, masalan sulfat kislota shu sanoat uchun oxirgi mahsulot bo`lib, boshqa korxonalar, masalan rangli metallar, mineral o`g’itlar, dori darmonlar, bo`yoqlar ishlab chiqarishda asosiy mahsulot sifatida ishlatiladi.
Homashyoni kimyo sanoatida turli belgilariga ko`ra sinflash mumkin, ya`ni:
Dostları ilə paylaş: |