5) mumkin qadar mexanizatsiya qilish va jarayonni avtomatik boshqarish; Kimyoviy reaktorlar yuqoridagi talablarga javob bergan taqdirdagina ishlab chiqarishning yuqori unumdorligiga va mahsulot sifatining yaxshilanishiga erishiladi.
Kimyoviy reaktorlar asosan kimyoviy texnologik jarayonlarning turlariga ko`ra sinflanadi. Lekin odatda, reaktorlarni temperatura rejimiga ko`ra va aralashtirish darajasiga ko`ra sinflarga ajratiladi. Bundan tashqari haroratiga ko`ra eng yuqori haroratda, yuqori haroratda, past haroratda ishlovchi, ishlatiluvchi bosimiga ko`ra yuqori bosimda, normal bosimda va past bosimda ishlovchi reaktorlarga bo`linadi.
Reagentlarning faza holatlariga ko`ra geterogen va gomogen fazada ishlovchi apparatlarga, jarayonning davriyligiga ko`ra davriy, uzluksiz ishlovchi apparatlarga bo`linadi.
Temperatura rejimiga ko`ra apparatlar quyidagi turlarga bo`linadi;
1. adiabatik; 2. izotermik; 3. politermik; Adiabatik reaktorlarda reagentlar aralashmagan holatda, ya`ni tinch holatda atrof-muxit bilan issiqlik almashinmaydi, chunki u issiqlik bilan yaxshi ta`minlangan. Reaksiyaning barcha issiqligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar oqimi orqali yig’iladi.
Reaktorning barcha qismlari uchun harorat rejimi quyidagicha ifodalanadi :
to + tb ±Q`p *X
G *Y
Bu erda to - oxirgi harorat
tb - boshlangich harorat
Q`p - reaksiyaning issiqlik effekti
G - reaksion aralashmaning massasi
U - to- tb haroratlar oraligidagi aralashmaning o’rtacha issiqlik sig’imi
X - hosil bo`lish darajasi.
Tenglamadagi Q`p o’rniga X ni qo’yib, ya`ni Q`p = S bo`lsa, u holda G-Y G -Y
to = tb ± X - X bo`ladi.
Bu erda “+ ” ekzo, "-" endo termik protsessni ifodalaydi.
Izotermik reaktorlarda reaksion hajmning barcha nuqtada doimiy haroratga ega bo`ladi. Izotermik rejim ishlab chiqarish uchun samaraliroqdir, chunki unda jarayonning optimal haroratiga yaqinlashtiriladi, bu esa reaktorning ishini avtomatlashtirishga imkon beradi. Aralashtirgichli apparatlarda reagentlarni intensiv aralashishi natijasida izotermik rejim hosil qilinadi. Ekzotermik reaktorlarda harorat ko`tariladi, endotermitk reaktorlarda esa reaksion fazoga boshlangich moddalarni tushishi bilan eng oxirgi haroratgacha pasayadi.
Boshlangich moddalarning kontsentratsiyalari kam bo`lgan reaktorlarda izotermik rejim ko`zatiladi.
Politermik reaktorlar deganda issiqlik effektli jarayonlarda reaksiya issikligining ma`lum qismi issiqlikni reaktordan chiqarish yoki kiritish orqali kompensatsiya qilinadi, ya`ni zarari qoplanadi.
Politermik reaktorlarga reaksiyaga kirishuvchi moddalar va issiqlik almashinuvchilarni aralashish darajasi kam bo`lgan reaktorlar kiradi. Masalan, trubasimon kontakt apparatlar (30-rasm)
Reaksiyaga kirishuvchi mahsulotlar harakatining gidrodinamik rejimiga, ya`ni reagentlarning aralashish darajasiga ko`ra reaktorlar 2 turga bo`linadi: