O`zbekiston respublikasi


) ideal siqib chiqarish reaktori



Yüklə 431,5 Kb.
səhifə12/28
tarix17.03.2023
ölçüsü431,5 Kb.
#88375
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi kimyoviy texn

1) ideal siqib chiqarish reaktori;
2) To’la aralashtirish reaktori;
Ideal siqib chiqarish reaktori shu bilan harakterlanadiki, reagentlar aralashmagan tinch holatda apparatning barcha nuqtalarida laminar oqim bilan o`tib boradi. Laminar harakat deganda gazlar yoki suyuqliklarning barcha zarrachalarini parallel traektoriyalar bo’yicha joylashishi tushuniladi. Shaxta tipidagi ideal siqib chiqarish reaktorining ishlash prinsipi quyidagi sxemada ko`rsatilgan (31- rasm).



Bu apparat shaxtadan iborat bo`lib, katakchalarda qattiq bo`laksimon material joylashgan. Qattiq materialning balandligi apparat diametridan kattadir. Material qavatlaridan qattiq modda bilan reaksiyaga kirishuvchi gaz o`tadi. Masalan, gazogeneratorlar, domnalar va boshqa reaktorlar shu prinsip asosida ishlaydi.
To’la aralashtirish reaktori shu bilan harakterlanadiki, apparatga tushuvchi gaz yoki suyuqlikning har qanday elementar zarrachasi zudlik bilan reaktordagi barcha reagentlar bilan aralashtirila boshlaydi. Bu erda zarrachalarning turbulent oqimi tufayli ular harakatining tezligi apparat uzunligi yoki balandligidan yuqori bo`ladi.
Turbulent harakat deganda gaz yoki suyuqlikning barcha zarrachalari bir xil yo`nalishda joylashadi, lekin ayrim zarrachalar xaotik, ya`ni tartibsiz harakatda bo`ladi. Bunda apparatdagi barcha moddalarning kontsentratsiyalari bir xil bo`ladi.
Quyidagi sxemada katalitik reaktorning aralashtirgichli qaynayotgan qavati ko`rsatilgan (32-rasm).



Bu apparatda gazsimon va donali qattiq katalizator lopastli aralashtirgich yordamida kuchli aralashtiriladi. Bunday apparatlar suyuq fazalarda, shuningdek qattiq moddalarning suyuqliklardagi suspenziyalarida qo`llaniladi. Sanoatning kimyoviy, neftkimyoviy, oziq-ovqat, rangli metallar ishlab chiqaruvchi sohalarida shu reaktorlardan foydalaniladi. Reaktorlarda reangentlarning kontsentratsiyalari past va mahsulotning hosil bo`lish darajalari past bo`ladi. Shuning uchun bitta katta reaktor o`rniga bir nechta ketma-ket joylashuvchi reaktorlardan foydalanish qulayroqdir.


Yüklə 431,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin