REJA: 1. Texnologik jarayonlar haqida umumiy tushuncha.
2. Texnologik jarayonlarning tarkibiy kismlari.
3. Texnologik jarayonlarning sinflanishi.
Texnologik sistemada sodir bo`luvchi jarayonlar texnologik jarayonlar deyiladi.
kimyoviy texnologik jarayonlar bir biri bilan o`zviy bog’langan quyidagi bosqichlardan iborat:
- reaksion zonaga reaksiyaga kirishuvchi komponentlarni kiritish,
- kimyoviy reaksiya,
- olingan mahsulotlarni reaksion zonadan chiqarish.
Reaksion zonaga reaksiyaga kirishuvchi komponentlarni kiritish molekulyar diffuziya yoki konveksiya orqali olib boriladi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarni kuchli aralashtirish natijasida hosil bo`lgan konveksiya turbulent diffuziya deyiladi. Ikki yoki ko`p fazali sistemalarda reaksiyaga kirishuvchi moddalarni kiritish gaz adsorpsiyasi va desorbsiyasi, bug’lar kondensatsiyasi, qattiq moddalarning erishi yoki suyuqlanishi, suyuqliklarning bug’lanishi yoki qattiq moddalrining qaynashi orqali bajariladi. Fazalararo o`tish bu murakkab diffuziyali jarayondir.
Kimyoviy reaksiya - bu kimyoviy texnologik jarayonlarning ikkinchi bosqichi bo`lib, reaksion sistemada odatda, bir nechta ketma-ket (ba`zida parallel holda) sodir bo`luvchi kimyoviy reaksiyalar olib boriladi. Buning natijasida mahsulotdan tashqari, qo`shimcha mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilari hosil bo`ladi.
Reaksion zonadan mahsulotni chiqarish ham reaksion zonaga reaksiyaga kirishuvchi komponentlarni kiritish kabi diffuziya, konveksiya va bir fazadan ikkinchi fazaga o`tkazish orqali olib boriladi.
Texnologik jarayonning umumiy tezligini jarayonni tashkil qiluvchi elementar bosqichlarning tezligi belgilab beradi. Shu sababli texnologik jarayonning umumiy tezligini oshirish uchun, elementar bosqichlarning tezligini oshiruvchi faktorlarni ta`sir ettirish kerak.
Kimyoviy texnologik jarayonlarning klassifikatsiyasi turlicha bo`lib, fizik va kimyoviy bo`lishi mumkin.
Kimyoviy reaksiyaning turlariga qarab oddiy va murakkab bo`lishi mumkin. Murakkab jarayonlar o`z tarkibiga ketma-ket va paralel boruvchi kimyoviy jarayonlarini o`z ichiga oladi.
D
A AVD
B
A, V, D-moddalarining simvollari.
Reaksiyalarning turlariga qarab:
oksidlanish-qaytarilish-gomometik, kislota-asosli geterometik jarayonlarga bo`linadi.
Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning faza holatlariga qarab:
gomogen va geterogen jarayonlarga bo`linadi.