O`zbekiston respublikasi



Yüklə 431,5 Kb.
səhifə6/28
tarix17.03.2023
ölçüsü431,5 Kb.
#88375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi kimyoviy texn

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1. Ishlab chiqarish ko`rsatkichlariga qaysi ko`rsatkichlar kiradi?


2. Mahsulot tannarxi nima?
3. Chiqim koeffitsienti nimadan iborat?
4. Material balans nima va u qanday tuziladi?
5. Apparatlar va ishlab chiqarish unumdorligi nima va u qanday ifodalanadi?
6. Apparatning intensivligi deganda nimani tushunasiz?
7. Mexanizatsiyaning ahamiyati qanday?
8. Avtomatlashtirish unumdorlikka qanday ta`sir ko`rsatadi?
MAVZU: KIMYOVIY TEXNOLOGIK SISTEMALAR
VA ULARNING TIPLARI


REJA:
1. Kimyoviy texnologik sistema haqida umumiy tushuncha.
2. Kimyoviy texnologik sistemaning sinflanishi:
a) ochiq zanjirli kimyoviy texnologik sistema.
b) yopiq zanjirli kimyoviy texnologik sistema.
v) kombinirlangan texnologik sistema.
3. Texnologik sistemalarning afzalliklari va kamchiliklari

Kimyoviy texnologik sistema deganda homashyodan qayta ishlash natijasida tayyor mahsulot olish uchun fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni sodir qiluvchi apparatlar va qurilmalar majmuasi tushuniladi. Kimyoviy texnologik sistema tarkibiga kiruvchi apparatlardagi jarayonlarning ketma - ket tasviri texnologik sxema deyiladi.


Kimyoviy texnologik sistema va sxemani 3 tipga bo`linadi:
1) ochiq zanjirli kimyoviy texnologik sistema;
2) Yopiq zanjirli kimyoviy texnologik sistema;
3) kombinirlangan kimyoviy texnologik sistema;
Ochiq zanjirli kimyoviy texnologik sistema shunday ishlab chiqarish jarayonida qo`llaniladiki, bunda muvozanat shartiga ko`ra reaksion aralashmadan mahsulot chiqmagan holda hosil bo`lishining yuqori darajasiga erishish mumkin.
Yopiq zanjirli kimyoviy texnologik sistema muvozanat shartiga ko`ra mahsulotning chiqishi uncha katta bo`lmagan jarayonlarda sodir etiladi. Bunda mahsulot reaksion zonadan har bir o`tishda chiqib turadi va jarayonning tezligi yuqori bo`ladi.
Ochiq zanjirli sistemalar reaksiyaga kirishuvchi komponentlar faqat bir marotaba o`tuvchi apparatlardan tuzilgan. Agar bir reaktorda hosil qilish darajasi uncha yuqori bo`lmasa, u holda sistemaga shu tipdagi bir xil apparatlardan bir nechtasi kiritiladi.
Yopiq zanjirli sistema siklik sistema deb ham yuritilib, unda esa eng yuqori darajaga erishguncha reaksion aralashmani reaksiya sodir bo`ladigan apparatga bir emas, bir necha marta qaytarib kiritish ko`zda to`tiladi.
Masalan: NH3 ni har ikkala sistemada sintez qilish mumkin.


Yüklə 431,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin