a) tarkibiga ko`ra;
b) agregat holatiga ko`ra.
Tarkibiga ko`ra homashyo
1) mineral
2) organik homashyoga bo`linadi.
Agregat holatiga ko`ra esa
1) qattiq (rudalar, tog’ jinslari, qattiq yoqilg’i)
2) suyuq (neft, tuz eritmalari)
3) gazsimon (tabiiy, yo`lovchi gazlar va xokazo)
Mineral homashyoga yer qatlamining 16 km. chuqurlikkacha qismida joylashgan turli tog’ jinslari kiradi. Hozirgi kungacha mineralogiyada ularning 2500 turi ro`yhatga kiritilgan. Mineral homashyoni shartli ravishda :
1) rudali
2) rudasiz mineral homashyoga bo`linadi.
Rudali homashyoga tarkibida Fe birikmalarini tutgan tog’ jinslari kiradi. Ular texnik jihatdan sanoatda ishlatilishi mumkin bo`lgan minerallardir. Rudalar o`z tarkibida bir yoki bir nechta metallarni tutgan bo`lishi mumkin. Masalan:
magnitli temirtosh Fe2O3
qizil temirtosh Fe3O4
qo`ng’ir temirtosh Fe(OH)3 lar tarkibida faqat Fe tutadi.
Ko`pgina rangli rudalar tarkibiga bir nechta metallar kirib, ularni mis - ruxli, qo`rg’oshin - rux - kumushli, kumush - qo`rg’oshinli minerallar deyiladi. Ularni yana polimetallar ham deyilishi mumkin.
Rudasiz minerallar deb, metall bo`lmagan mahsulotlarni olish uchun homashyo bo`lib xizmat qiladigan minerallarga aytiladi. Masalan: P, S, Cl, mineral o`g’itlar, soda, kislota, ishqorlar, sement, shisha.
Rudasiz minerallar ham o`z navbatida quyidagi 4 ta guruhga bo`linadi:
1) qurilish materiallari (tuproq, qum, tosh, g’isht)
2) kimyoviy mineral homashyo (S, fosforit uni, osh tuzi)
3) industrial homashyo (asbest, grafit)
4) qimmatbaho homashyo (zumrad, oltin, malaxit, marmar)
Organik homashyoni ham o`z navbatida
Dostları ilə paylaş: |