O`zbekiston respublikasi



Yüklə 431,5 Kb.
səhifə15/28
tarix17.03.2023
ölçüsü431,5 Kb.
#88375
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi kimyoviy texn

1) qazilma
2) o`simlik
3) hayvon homashyosiga bo`lish mumkin.


Qazilma homashyo - (torf, turli ko`mirlar, neft, tabiiy va yonuvchi gazlar) ishlab chiqarishda energetik yonilg’i sifatida ishlatiladi.
O`simlik va hayvon homashyosi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi mahsulotlaridir. Ular ishlatilishiga ko`ra oziq - ovqat va texnik homashyoga bo`linadi.
Kimyoviy texnologiyaning muhim yutuqlaridan biri oziq-ovqatlardan olinadigan homashyo materiallari o`rnini sun`iy homashyo bilan ta`minlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ham sun`iy yo`l bilan ishlab chiqarishdir. Masalan: kraxmal, shakar, yog’ va aminokislotalar.
Yer qatlamida kimyoviy elementlar asosan juda tarqoq holda joylashgan. Geologik tadqiqotlar natijasida esa muayyan qismlarda elementlarning kontsentratlarini hosil qilinmoqda. Ko`pgina tog’ jinslari yoki minerallarni ma`lum bir yerda ko`proq to`planishi foydali qazilmalarning tug’ilish joyi deyiladi.
Foydali qazilmalarni homashyo sifatida ishlatilishi uchun quyidagi talablarga javob berish kerak, ya`ni xalq xo`jaligi uchun qiymati, qayta ishlash texnologiyasining rivojlanish darajasi, kontsentratsiyasi, zaxiralari, tarkibiga kiruvchi foydali birikmaning harakteri, qazib olishning sodda yo`llari mavjud bo`lishi kerak. Bu barcha ko`rsatkichlar xalq xo`jaligi, fan va texnikaning rivojlanishi va talabi bilan o`zgarib turadi.
Avval uncha ishlatilmagan, kam tarqalgan materiallar hozirda mikroelektronika, radiotexnika, kosmik texnikada keng ishlatilmoqda. Xalq xo`jaligidagi ahamiyatini bilish uchun foydali qazilmalarning tug’ilish joylaridagi zaxiralarini bilish zarur.
Foydali qazilmalarni yer qatlamidan ajratib olish homashyoni qazib chiqarish deyiladi. Qattiq mineral homashyoni yerning qanday qatlamidan qazib chiqarilishiga qarab ochiq turdagi va yopiq turdagi qazib chiqarishga bo`linadi. Ochiq turdagiga qazib chiqarish usuli bilan oxak, gips, tuproq, qurilish minerallari va boshqalar qazib chiqariladi. Yopiq turdagi qazib chiqarish usuli bilan esa neft, tabiiy gaz va boshqa qazilma minerallar olinadi.
Hamma tabiiy homashyo qazib olingandan keyin o`zida turli qo`shimchalarni tutadi. Masalan, qattiq homashyoda tuproq, oxak, temir, sulfidlar, gazlarda vodorod sulfid, suyuqliklarda suv, tuz eritmalari mavjud bo`ladi.
Homashyoni qayta ishlashga tayyorlashning quyidagi usullari mavjud: elaklash, gravitatsion boyitish, gidrosiklon usul, elektromagnit usuli, quruq usul va flotatsiya usuli.

Yüklə 431,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin