Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi kimyoviy texn
Mahsulot
1 t ishlab chiqarish uchun suv bug’i sarfi (atm.)
Fosfor
7-8
Vinil atsetat
6-7
Natriy ishqori
6
Ammoniy sulfat
7-8
Ammoniy nitrat
0,4-1
Issiqlik energiya turli yoqilg’ilarni yondirish natijasida hosil bo`lgan energiyadir.
Yadro energiyasi ko`pgina radiatsiyali kimyoviy jarayonlarni sodir qilishda foydalaniladi. Masalan, polimerlarni olishda va ularni xossalarini o`zgartirishda ishlatiladi. Bunga politetraftoretilendan ftoroplast hosil qilish reaksiyasi misol bo`ladi. Yadro energiyasidan elektr energiyasi olishda ham foydalaniladi.
Kimyoviy energiya - ko`pgina ekzotermik reaksiyalarda hosil bo`luvchi energiya bo`lib, bu energiya moddalarni dastlabki isitish, issiq suv va suv bug’i hosil qilishda ishlatiladi yoki elektr energiyasiga aylantiriladi. Bu energiyadan foydalanish ko`p tonnali ishlab chiqarish sohalarida iqtisodiy samara bermoqda. 1 t H2SO4 ishlab chiqarishda 5 Mj issiqlik ajralib chiqadi. Bu ishlab chiqarish uchun energiya sarfi esa O,36 Mj ni tashkil etadi. Galvanik element va akkumulyatorlarda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylantiriladi.
Yorug’lik yoki nur energiyasiga ultrabinafsha, infraqizil, lazer va boshqa nur energiyalari kiradi. Ular HCl sintezida, organik birikmalarni galogenlash, izomerlash va boshqa jarayonlarda ishlatiladi. Yoruglik energiyasini elektr energiyaga aylantiruvchi fotoelektr qurilmalari texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilishda, binolarni isitishda, kosmik texnikani energiya bilan ta`minlashda foydalaniladi. Hozirda quyosh energiyasini ham ishlatib, ishlab chiqarishga sarf qilish yo`lga qo’yilmoqda.
Modda yonganda qancha ko`p energiya chiqsa, modda shuncha ahamiyatli hisoblanadi.