Kompleks o`g’itlar ishlab chiqarish Kompleks o`g’itlarni fosfatlarni nitrat kislota bilan qayta ishlashdan va fosfat kislotani ammiak bilan neytrallanishidan hosil qilinadi. Fosfatlarni nitrat kislota bilan ajratilganda suyuq fazada N, P va Ca mavjud bo`ladi.
Ca5F (PO4) 3 + 10HNO3 = 3H3 PO3+ 5Ca (NO3) 2+ HF
Kompleks o`g’itlarga aralash o`g’itlar ham kirib, ularni oddiy o`g’itlarni Mexanik aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Aralash o`g’itlar tarkibiga ko`pincha o`simlik uchun kamroq kerak bo`ladigan mikroo`g’itlar ham kiradi.
Azotli o`g’itlar ishlab chiqarish Azotli o`g’itlar tarkibida azot NH+ kationi, NO3- anioni, NH2 - amid holida uchrashi mumkin. Shunga ko`ra azotli o`g’itlarni ammiakli (NH3, NH3 li suv va (NH4)3SO4), nitratli (Ca va NaNO3), ammiak- nitratli (NH4NO3) va amidli (karbamid (NH4)2CO) turlarga ajratish mumkin.
Barcha azotli o`g’itlar suvda eruvchi hisoblanadi, o`simliklar tomonidan oson o`zlashtiriladi, lekin yog’in suvlari natijasida oson yuvilib ketishi mumkin.
Ko`pincha N li o`g’itlar asoslarni kislotalar bilan neytrallash orqali olinadi, bundan tashqari N li o`g’itlar sintez qilish uchun kimyo sanoatining mahsulotlari va yarim mahsulotlari hisoblangan HNO3, H2SO4, NH3, CO2, Ca(OH)2 va kimyo sanoatining Chiqindilaridan foydalaniladi.
Keng qo`llanilayotgan N li o`g’itlardan suyuq azotli o`g’itlar, masalan: suyuq NH3, NH3 li suv va ammiakatlar qattiq N li o`g’itlarning NH3 dagi eritmalari (NH4NO3, Ca(NO3)2, karbomid) dir.Ulardan tashqari (NH4)3(PO4), karbomid va KCl ning suvdagi eritmalari ham ishlatiladi.
Suyuq o`g’itlar arzon bo`lishi bilan birga ular tuproqda yaxshi shimiladi. Ular oziq elementlarning Yuqori kontsentratsiyasini tutadi. Lekin kamchiligi bunday o`g’itlarni tashish va saqlashdadir.
Qattiq N li o`g’itlardan eng keng tarqalgani bu - NH4NO3 - ammiakli selitradir. U portlovchi moddalar tarkibiga ham kiradi.
NH4NO3 tarkibida azot ham ammiakli, ham nitratli formalarda bo`lib, 35 % miqdorda bo`ladi. Shuning uchun uni turli tuproqlar uchun va har qanday o`simliklar uchun foydalanilsa bo`ladi. Lekin NH4 NO3 bir qancha kamchiliklarga ega, uning kristallari suvda yaxshi eriydi va juda gigroskopikdir. Shuning uchun u havoda tez erib ketadi va yirik agregatlarini hosil qiladi. Bundan tashqari ularni saqlash vaqtida harorat va havo namligining o`zgarishi natijasida poliamorf o`zgarishlarga uchraydi, ya`ni bir kristall formadan boshqasiga o`tib ketishi mumkin. Bu esa kristallarning parchalanishiga olib keladi va yaxlit massani hosil qiladi.
NH4NO3 ishlab chiqarishning asosiy bosqichlariga suyultirilgan HNO3 va NH3 ni neytrallash, hosil bo`lgan eritmani bug’latish va kotishmani granulalash kiradi. Bunda sintez quyidagi reaksiya tenglamasi orqali sodir bo`ladi: