O'zbekiston respublikasi


-chizma. Talab va taklif modeli



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə112/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

10.1-chizma. Talab va taklif modeli.


Bu yerda:


P-narx
S-taklif egri chizigi D-talab egri chizigi Q-miqdor
E-muvozanat miqdor va narx.
210
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, talab va taklif miqdori o‘zaro teng- lashganda muvozanat narx yuzaga keladi. Agar ishlab chiqaruvchi tovar narxini muvozanat narxdan yuqoriroqda belgilasa unda bu tovarga nisbatan bozordagi mijozlarining bir qismini yo‘qotadi va aksincha narx miqdori pasaysa tovarga nisbatan mijozlar talabi miqdori oshadi. Bu yerda narxdan boshqa omillami o'zgarmas deb olish maqsadga muvofiq. Narx korxona daromadining asosiy manbai ekanligi quyidagi for­
mula orqali ham ifodalanadi:
П=(Р*и)-с
Bu yerda:
П -korxona foydasi
P-tovarga nisbatan belgilangan narx U-sotilgan tovarlar hajmi
C-jami xarajatlar miqdori
Foydadan tashqari narx tovaming sotilish hajmiga, moliyaviy ko‘r- satkichlarga, bozor ulushiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko'rsatib turadi, tovar narxi pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yoliqqan bo‘ladi, tovar naf- siz boiib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmu- nini uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishi- dan qat’iy nazar (tovar, xizmat), beshta asosiy funksiyani bajaradi:

  • bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi;

  • hisob-kitob, oichov funksiyasi;

  • iqtisodiy regulyator funksiyasi;

  • raqobat vositasi funksiyasi;

  • ijtimoiy himoya funksiyasi.

Bozor narxining asosiy xususiyatlari ulaming doimo o ‘zgarib turish qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o ‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘matiladi. Narx darajasiga tovaming raqobatbardoshligi va bozordagi o ‘mi bog‘liqdir. Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng ko‘p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo'yicha narx darajasini aniq hisoblash ta ’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovaming yashash davriga, talab va taklifning potensial miqdoriga bog‘liq bo'ladi.
211
Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, taqsimlashning, almashuv va iste’molchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuriti- ladi. Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o ‘zgarishlardan ham darak beradi. Narxlaming boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilami rag‘batlantirishdir. Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi.
Marketingda narx bir qancha vazifalami amalga oshiradi:
Rag'batlantirish narxni o ‘zgartirish orqali siz talab va taklifga ta ’sir qilishingiz mumkin. Davlat ilg‘or tovarlarni ishlab chiqarishni rag‘bat- lantirish uchun ushbu sohadagi barcha narx cheklovlarini bekor qilishi mumkin, bu esa ishlab chiqaruvchiga daromad stavkasini oshirishga im­ kon beradi va uni yanada intensiv ishlashga undaydi. Sotishni rag‘bat- lantirishning turli xil usullari mavjud (masalan: qismlarga b o iib sotish, chegirmalar).
Muvozanat narxlar bozor mexanizmlarining faoliyatida, talab va taklif darajasini muvozanatlashuvida muhim rol o‘ynaydi.
Buxgalteriya hisobi narxlari xarajatlami, tayyor mahsulot hajmi va ulami sotish qiymatini hisobga olishga imkon beradi. Bundan tashqari, tovarlar narxi YAIM va boshqa makro va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar- ni hisobga olish vositasi b o iib xizmat qiladi.
Qayta taqsimlash - narxlar orqali mamlakatning milliy daromadlari (ijtimoiy mahsulot) aholining turli qatlamlari, hududlar va sanoat tar- moqlari o'rtasida taqsimlanadi. Masalan, hukumat alkogol mahsulotlari, tamaki mahsulotlari va avtomobillar uchun yuqori narxlami belgilaydi, shunda daromadlar zarur tovarlar narxlarini nisbatan past darajada ushlab turish uchun foydalaniladi.
Qiyosiy narx ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tomonidan mahsulotlami bir-biri bilan taqqoslash uchun ishlatiladi. Ayniqsa, agar ular sifati jihatidan farq qilmaydigan bir xil maqsadga m oijallangan tovarlar b oisa. Bunday holda, narx ulami taqqoslash uchun deyarli yagona mezon boiishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘plab xaridorlaming fikricha, narx darajasi mahsulot sifati darajasini aks ettiradi: "sifatli mahsulot hech qachon arzon bo‘lmaydi!" Ya’ni, narx

212
mahsulotni bozorda ("nufuzli narx" deb nomlangan) joylashtirish uchun vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


Signal narxda m a’lum ma’lumotlar, m aium bir bozor signallari mavjud. Mahsulot narxi orqali sotuvchi bozorni ushbu mahsulotning qaysi iste’mol segmentiga yo‘naltirilganligini xabardor qiladi. Masalan, "Arzon narxlardagi hudud" shiori kompaniyaning mahsulotlari past va o‘rta daromadli keng iste’molchiga qaratilganligini anglatadi.
Raqobat narx raqobatning asosiy vositalaridan biridir. Talab qonuni- ga tayanib, firma o‘z mahsulotlarining narxini pasaytirishi mumkin va agar ulaming sifati raqobatchilaming mahsulotlari bilan bir xil darajada boisa, sotishning o ‘sishi (shuningdek, bozor ulushi) deyarli kafolatlanadi.
Iste’moichi uchun narx faqat narx yorligidagi raqamdan uzoqdir, chunki, mahsulot uchun toiangan summa iste’moichi yo‘qotishlarining eng ko‘zga ko‘rinadigan va osonlik bilan aniqlanadigan qismidir. Ushbu qism, shuningdek sotib olingan tovarlar miqdori, olingan qoniqish dara­ jasini tavsiflashga asos bermaydi. Iste’moichi uchun narx ko‘p kompo- nentli: bu iste’moichi sotib olgan mahsulot (imtiyozlar, manbalar, imko- niyatlar) uchun berishga tayyor b o ig an imtiyozlar, manbalar, imkoni- yatlar (shu jumladan yo‘qolgan imtiyozlar) ning umumiy to‘plamidir. Iste’moichi uchun narx va narx yorligidagi raqam o ‘rtasidagi farq, ayniqsa iste’moichi boshqa mahsulotga va boshqa ta’minot manbaiga o ‘tganda aniq boiadi. Kompaniyaning narx siyosatining asosiy maqsad­ lari ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini sotishning m aium darajasini ta’minlash, bozorning ma’lum bir ulushini egallab olish va ushlab turish va daromadni maksimal darajada oshirishdir. Narx siyosatini ishlab chiqish jarayonida kompaniya quyidagi jarayonlami tahlil qilish zarur:

  • bozorga kirish uchun raqobatdagi m ablagiar orasidagi narxning o‘mi;

  • bozor segmentini saqlab qolish uchun kompaniya mahsulotining

narxini aniqlashning samarali usuli;

  • narxlar bo‘yicha yetakchilik yoki m aium bir bozor yoki segmentda bozor yetakchisiga ergashish;

  • yangi tovarlar narxlarini belgilash va boshqarish;

  • barcha mijozlar uchun bazaviy narx yoki har xil asosiy narxlar;

213

  • aqobatdosh kompaniyaga nisbatan xarajatlar nisbati va ishlab chiqaruvchining foyda darajasi tahlilini o‘tkaza oladigan tashkilotlarning mavjudligi;

  • mahsulot narxining maksimal chegarasi, foyda va narx o‘zgarishi erkinligi darajasida cheklovlar mavjudligi.

Narxlami belgilashda korxona rahbariyati quyidagi munosabatlarga alohida e’tibor berishi kerak:

  • "narx - tovarlar" - narx iste’molchilar uchun tovarlaming foydali xususiyatlarini aks ettiradi;

  • "narx - taqsimlash" - sotishni tashkil qilish sotilgan mahsulot nar­ xining qiymatiga ta’sir qiladi;

  • "narxlar - reklama" - xaridorlaming narxlar to‘g‘risida xabardor- ligi ulaming ushbu narxlar darajasiga nisbatan sezgirligini oshiradi.

Tovarlarga narx belgilash sohasida marketing qarorlarini qabul qilish korxona uchun juda qiyin vazifadir, chunki bu foyda olish vositasi sifatida narxning alohida roli, shuningdek uning marketing miksdagi o ‘ziga xos funksiyalari bilan bog‘liq. Narx-navo siyosati mahsulot, tar- qatish va korxonaning aloqa siyosati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, marketing miksning rivojlanishidagi yakuniy bosqichdir.
Marketing instrumentlari ishlab chiqaruvchi uchun yuqori va iste’molchi uchun past boigan mahsulot narxini belgilashi mumkinligini har bir korxona rahbari yodda tutishi kerak.



    1. Yüklə 1,74 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin