O'zbekiston respublikasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə115/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Sbartnoma narx - sotuvchi va xaridoming roziligi bilan belgi- lanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o'zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham xalqaro bozorlarda qo'l- laniladi. U xalqaro bozorda qo'llanilganda tovar (xizmat)laming jahon narxlariga yaqin turadi.
Chakana narx - tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx. Chakana narxga tovaming ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ulaming oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni bog‘lovchi rolini o ‘ynaydi hamda ulaming nisbatiga qarab yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.
Davlatning narxlami tartibga solish faoliyati chegaralangan (liniitlangan) va dotatsiyalangan narxlami vujudga keltiradi. Chegaralangan narx - davlat tomonidan yuqori va quyi chegaralari bel- gilanib, shu doirada o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx. Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx darajasini nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx - davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashti- rilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, ishsiz va nogi- ronlami hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi.
Demping narx (HHr.dumping-Tauinam) bozorda o ‘z mavqeyini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. U «bozorga kirib olish narxi» deb ham ataladi. Demping narxda chizmaiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi. Dempingdan uzoq vaqt foydalanish mamlakatlar o'rtasidagi tanglikni kuchaytiradi. Demping narxida tovarlarni eksport
217
qiluvchi mamlakatlarda eksport qiluvchilaming foydasi oshadi, narxlar oshadi va aholi turmush darajasi pasayadi. Demping obyekti bo‘lgan mamlakatlarda mahalliy sanoat arzon import tovarlar bilan raqobatga bardosh bera olmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlik kuchayadi. Shu sababli, 1967-yilda Xalqaro dempingga qarshi kodeks qabul qilingan, unda dempingdan foydalanishda maxsus sanksiyalar qoilaniladi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin