O'zbekiston respublikasi


Marketingda narx siyosatining mohiyati, maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə117/170
tarix11.04.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#96119
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   170
Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Marketingda narx siyosatining mohiyati, maqsadi va vazifalari


Tovarga narx belgilash marketolog oldidagi qiyin vazifalardan biri hisoblanadi. Iste’molchilaming mahsulot iste’mol qiymati haqidagi fikri narxning eng yuqori darajasini belgilaydi. Baholash siyosatining bir necha asosiy turli xil maqsadlari mavjud, ulaming amalga oshirilishi qisqa, o ‘rta yoki uzoq muddatda amalga oshirilishi mumkin. Kundalik amaliyotda narx siyosati yordamida iloji boricha ko‘proq maqsadlaming optimal nisbatlarini topish va amalga oshirish juda muhimdir. Agar iste’moichi mahsulot narxini uning nafliligidan yuqoriroq deb baholasa ushbu tovami sotib olmaydi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar esa narxning quyi chegarasini tashkil qiladi. Agar mahsulot narxi unga sarflangan xarajatlardan past darajada belgilansa bu holat korxonaga zarar keltiradi.
Narx siyosatining eng tipik asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: l)Sotuvni ta’minlash, korxonaning omon qolishi. Ushbu maqsad
yuqori raqobat sharoitida ishlaydigan har qanday firma uchun, ya’ni. bozorda shunga o ‘xshash mahsulotlarga ega bo‘lgan ko‘plab ishlab chiqaruvchilar mavjud boiganda, u asosiy hisoblanadi. Ishlab chiqa- rishni davom ettirish va bankrotlikning oldini olish uchun firmalar

219
sotishni ko‘paytirish va mijozlar tomonidan ijobiy javob olish umidida tovarlarga past narxlami belgilashga majbur (bozorga kirish va ko‘proq bozor ulushini egallash uchun). Bunday holda, foyda o‘zining muhim ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Agar narx kamida o ‘zgaruvchan xarajatlami va belgilangan xarajatlaming bir qismini qamrab oladigan b o isa, u holda ishlab chiqarish bundan keyin ham davom etishi mum­ kin, ammo tadbirkorlik faoliyatining bunday narx siyosati faqat qisqa muddatda qabul qilinadi;


2) Ko‘paytirish, rentabellik darajasini oshirish. Bu maqsadga talabni oshirish, shuningdek ishlab chiqarish va taqsimot harajatlarini turli narx darajalarida baholaydigan va kelajakda maksimal foyda olish, daromadlilikni oshirish va xarajatlami kamaytirish bilan erishiladi. Buning natijasida rentabellik oshadi va ko‘payadi, shu jumladan inves- titsiyalami jalb qilish kompaniyaning imkoniyatlarini kengayatiradi.





Mahsulot xarajatlari


Narxning quyi chegarasi


Bundan past narxda foyda mavjud emas
Raqobat va boshqa tashqi om illar
!
Raqobatchilam ing strategiyasi narxi

; M arketing strategiyasi


elementlari bozor va talabning mavjud holati
Iste’m olchilam ing , tovar qiymati haqidagi fikri


Narxning yuqori chegarasi


Bundan yuqori narxda talab mavjud emas




Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin