Ichki benchmarketing: tashkilotlarda shaxslar yoki tashkilot ichida guruhlar o‘rtasida amaliyot va ish faoliyatini taqqoslash.
Tashqi benchmarketing: tashkilotning ish faoliyatini sanoatdagi yoki tarmoqdagi boshqa raqobatchilar bilan taqqoslash.
Benchmarketing tahlili jarayoni o ‘z navbatida 6 ta komponentdan tashkil topgan:
Muammoli joylami aniqlash
0 ‘xshash jarayonlarga ega tarmoqlami aniqlash
Tegishli sohalarda lider kompaniyalami aniqlash
Choralar va eng yaxshi amaliyotlami aniqlash uchun tadqiqotlami o ‘tkazish
Eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyaga tashrif buyurish
Rivojlanish uchun strategik rejalami tavsiya qilish.
76
Benchmarketing tahlili orqali biznes egalari o ‘z raqobatchilarining eng yaxshi amaliyotlarini qoilash orqali o ‘z kompaniyalarining ish faoliyatini oshirishi mumkin.
Amerikalik olim Peter Druker marketing va innovatsiya o ‘rtasidagi
bog‘liqlikni quyidagicha izohlaydi:
"Biznesning faqat ikkita vazifasi mavjud: marketing va innovat siya". Peter Druker marketing va innovatsiyalami kompaniyaning muvaffaqiyatlari uchun muhim asos deb qaragan31. Buning sababini tushuntirish uchun marketingning maqsadi va rolini innovatsion nuqtayi nazardan chuqurroq o ‘matish yetarli. Marketing o ‘z oldiga sotish hajmini oshirish vazifasini qo‘yadi. Undagi asosiy e ’tibor mijozlarga va bozorga yo‘naltirilgan; barcha mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlar iste’molchilar va foydalanuvchilaming ehtiyojlariga mos kelishi kerak.
Innovatsion marketing haqida fikr yuritishimizdan oldin biz avvalo innovatsiya haqida tushunchaga ega bo‘lishimiz lozim. Innovatsiya za monaviy m a’noda yangi g ‘oya, ijodiy fikrlaming qurilma yoki usul shaklida ifodalanishidir.
Innovatsion marketing yangi mahsulot va xizmatlami bozorda mu- vaffaqiyatga erishishga yordam beradigan barcha innovatsion boshqaruv tadbirlarini qamrab oladi. Innovatsion marketingning haqiqiy vazifasi va missiyasi bozor muvaffaqiyatiga erishishdir, shu sababli innovatsion marketing innovatsiya jarayonida juda muhim rol o ‘ynashini isbotlashni hojati yo‘q. Innovatsion marketing ko‘pgina vazifalami, xususan, mijozlar va bozorga yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq bo‘lgan va yangi mahsulot yoki xizmatni muvaffaqiyatli sotish imkonini beradigan barcha faoliyatni o ‘z ichiga oladi. Innovatsion jarayonning dastlabki bosqichida innovatsion marketing kelajakdagi va yangi bozor imkoniyatlarini iden- tifikatsiyalashga va mijozlar ehtiyojlariga qaratilgan tadqiqotlarga yor dam beradi:
Muayyan bozor segmentlarida yoki mahsulot toifalarida mijozlar talablariga javob berish. Bu muayyan innovatsion loyihada mavjud bo‘lgan ehtiyojlar bilan bir qatorda, kelgusidagi ehtiyojlami kutish va buning natijasida yangi innovatsion potensiallami yaratishdan iborat.
Bozoming jozibadorligi, bozordagi hajmi, yangi mahsulotlar uchun potensial va boshqalar kabi bozor salohiyatini o ‘matish.
31https://www.peterdruckerofficial.com
77 Innovatsion marketingda asosiy vazifa - mahsulot yoki xizmatni doimiy ravishda sotish va mahsulotning yashash siklini boshqarish bilan shug'ullanish. Bu ichki va tashqi marketingni ham o‘z ichiga oladi: