Marketing strategiyasi deganda ma’lum muddatga belgilangan kor xonaning bozordagi xatti-harakatlari tamoyilining modelidan foydala nish tushuniladi.
“Strategiya” atamasi yunoncha so‘z boiib, “generalning san’ati” demakdir. “ Strategik boshqarish” atamasi 1960-1970-yillarda yuqori po- g‘onada amalga oshiriladigan boshqarishni ishlab chiqarish darajasidagi boshqarishdan farqini ifodalamoq uchun kundalik hayotga kirib keldi.
Strategiyani amalga oshirish eng murakkab va uzoq vaqt mobaynida olib boriladigan jarayon boiib, korxonaning istiqboldagi maqsadlarini ro‘yobga chiqarishni ta’minlashga xizmat qiladi. Strategiyani amalga oshirish uni ishlab chiqishga nisbatan ancha og‘ir vazifadir. Shuning uchun strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda uni tanqidiy nuqtayi nazardan baholash zarur bosqich boiib, bunda olib borilayotgan siyosat ko‘zlangan maqsadga muvofiq kelmay qolsa, bu holat chuqur tahlil etilib, strategiyaga tegishli o ‘zgarishlar kiritib boriladi.
Tashqi va ichki muhitda vujudga keladigan yangi shart-sharoitlar korxona strategiyasini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, “Sovplastital” qo‘shma korxonasi o‘z faoliyatining ilk davrida faqat plastmassadan tayyorlanadigan 10 xil turdagi sun’iy gul mahsulotlarini ishlab chiqargan. Yillar davomida olib borilgan doimiy izlanish va bozomi chuqur tahlil etish hamda zamonaviy texnologiyalami o‘matish natijasida qo‘shma korxona plastmassa, rangli shisha, chinnidan tay yorlanadigan mahsulotlar va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik korxonalardan biriga aylandi. Hozirgi kunda korxona 30 dan ortiq mamlakatlarga o ‘z mahsulotlarini eksport
84
qilmoqda. Bunga “ Sovplastital” qo‘shma korxonasi bozorda yuz be- rayotgan o'zgarishlami vaqtida va tezlik bilan tahlil qilib, bozoming yangi talablariga mos keladigan aniq marketing strategiyasini ishlab chi- qib erishdi.
Korxonalar o‘z muvaffaqiyatini marketing strategiyasi orqali ta’- minlashga harakat qiladilar. Korxona tomonidan ishlab chiqiladigan marketing strategiyalarini uch darajada ko‘rib chiqish mumkin:
korporativ;
funksional;
instrumental.
Korporativ strategiyalar asosan korxona resurslaridan bozor eh tiyojlarini qondirish maqsadida yaxshiroq foydalanish imkoniyatlarini belgilaydi. Shu bilan bogiiq holda ular faoliyat hajmining kengayishi, bozor talabini qondirish, korxona ishchilarining tashabbusini va ijodini rag‘batlantirish, yangi faoliyat sohalarini yaratish kabi masalalami hal qilishga qaratilgan. Ya’ni korporativ strategiya korxonani umumiy ri- vojlanishining yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Korporativ strategiyani amalga oshirish maqsadlari:
boiim lar o ‘rtasida resurslami taqsimlashni optimallashtirish
turli boiim lam ing harakatlarining muvofiqligini ta’minlash
Kadrlar siyosati
umumiy strategiyalar, shu jumladan biron bir boiinm aga tegishli boim agan vakolatlardan foydalangan holda individual biznes b o iin - malarining umumiy strategiyada integratsiyasini ta ’minlash.
aksiyadorlar manfaatlarini maksimal darajada hisobga olishni ta’ minlash
diversifikatsiya strategiyasini amalga oshirish (ko‘plab kompa- niyalar o‘sish masalasini ko‘taradilar va vaqti-vaqti bilan diver- sifikatsiyaga o'tadilar; masalan, turizm va tibbiy xizmatlar bilan shu- g ‘ullanadigan kompaniya va boshqalar)
natijalar ustidan nazoratni ta’minlash
inqirozni yengib o'tish (inqirozga qarshi strategiyani amalga oshi rish kompaniyaning asosiy muammolarini hal qilish uchun qisqa vaqt ichida katta mablag ajratishni talab qiladi; bu m ablagiam i to‘plash qi- yin; kompaniyalar majburan bitta sohani sotishga yoki yopishga majbur boiishadi, bunday boiinm ani sotish pul olib keladi).