Monopoliya yunon tilidan olingan bo‘lib, mono - “tanho” va poleo
- “sotaman” degan m a’noni bildirib, yakka hokimlik yoki hukmronlikni anglatadi, ya’ni monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat) ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopoliyaning mavjud bo‘lishi tarmoqqa kirish uchun to'siqlar- ning mavjud bo‘lishiga sabab bo'ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to‘siqlar yangi raqobatchilaming tarmoqqa kirishiga yo‘l qo‘y- maydi. Tarmoqqa kirish uchun to‘siqlar har xil ko‘rinishlami oladi. Bulaming asosiylari quyidagilar:
ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to‘siqlar, shu jumladan, moliyaviy to‘siqlar ko‘p holatlarda shunchalik katta bo‘ladiki,
bu tarmoqqa kirishni taqiqlash bilan barobar. Masalan, yirik ishlab chiqaruvchi hisoblangan avtomobil sanoatiga kirish, yangi texnologiya-
154 I
ga asoslangan zarur uskunalami sotib olishga juda katta pul-kapitali talab qiladi.
b) tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to‘siqlar. Buning mazmuni shundan iboratki, bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud bo‘lmaydi, uni amalga oshirish mumkin emas. Ijtimoiy foydalanishdagi bunday tarmoq korxonalari tabiiy monopoliyalar deyiladi. Tabiiy mono- poliyalarga elektr, gaz, suv ta’minoti va aloqa korxonalari misol b o ia oladi. Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda o‘z huquqini saqlab qoladi. Agar tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan boisa, bunday ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar tartibga solinadigan yoki davlat tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi;
patent va litsenziyalar kabi qonuniy to‘siqlar. Davlat patent va litsenziyalar berib tarmoqqa kirish uchun qonuniy to'siqlar ham yaratadi. Patentlar tadqiqotchiga mahsulotini to iiq nazorat qilish huquqini beradi. Tarmoqqa kirish yoki faoliyat turi bilan shug‘ullanish davlat tomonidan litsenziya berish y o ii bilan cheklanishi mumkin. Masalan, davlat miqyosida radio va televizion eshittirishlarga tegishli vazirlik litsenziya beradi.
xomashyoning muhim turlariga, xususiy mulkchilik monopoliya lar tomonidan potensial raqobatchilar uchun samarali to‘siq yaratish vositasi sifatida foydalanishi mumkin;
girrom raqobat. Firmalar o ‘z raqiblarining tarmoqqa kirib keli- shini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilami material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislami og‘dirib olish, bahoni keskin tushi- rish girrom raqobatning oddiy usullaridir.
Monopolistik raqobat erkin raqobat va oligopoliya oitasida joyla- shishi sababli, ulaming belgilarini ifoda etadi. Monopolistik faoliyat deganda, xo ‘jaIik yurituvchi subyektlarning, davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash haqidagi qonun hujjatlariga xilof boigan, raqobatchi yo‘1 qo‘ymaslikka, uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakat- sizligidir.43