Xaridorlaro‘rtasidagiraqobat raqobatning boshqa turlariga nisbatan rivojlangan bozor xo ‘jaligida kamroq ahamiyatga ega. Albatta, har bir sotuvchi uchun xaridorlarning tovar uchun ko‘proq haq toiaydigani afzaldir. Lekin, ishlab chiqarish taklifi talab bilan muvoza- natga kelgan vaziyatda xaridorlar o ‘rtasidagi raqobat ikkinchi o ‘ringa o ‘tadi. Raqobatning keskinlashuvi biron bir tovami taklif etishni ko‘paytirish uchun to'siq paydo bo‘lgan paytdagina yuzaga kelib, agar tovar yetishmasligi paydo bo‘lsa, xaridorlar uni sotib olishda bir- birlaridan o'zishga intilib, sotuvchilarga balandroq narx taklif qiladilar. Sotuvchilar esa taqchil tovami talab narxi bo‘yicha, ya’ni xaridori chiqsa, iloji boricha, yuqori narx bo‘yicha sota boshlaydilar.
Xaridorlarning sotib olish imkoniyatlari bir xil boiganligi sababli, ko‘p haq to ‘lay oladigan kishi ushbu vaziyatda afzal ko‘riladi. Bunday raqobat natijasida barcha xaridorlar, har holda tovami sotib oladigan, tovar yetarli miqdorda boigandagiga qaraganda ko'proq haq toiaydigan xaridorlar va hech narsa sotib ololmaydigan xaridorlar ozmi-ko‘pmi yutqazadilar, chunki ulaming ehtiyojlari qondirilmaydi.
Sotuvchibilanxaridoro‘rtasidagiraqobat -muvozanat narxlar shakllanishi jarayonida sodir bo‘ladi. Dastlabki shakllangan narx bo‘yi- cha talab taklifdan yuqori bo‘lsa, narx oshib boradi. Bunday vaziyatda sotuvchilar bilan birgalikda harakat qilish xos bo‘lib, xaridorlar parokan- da bo‘ladilar va ulaming har biri taqchil molni sotib olishda boshqasidan o ‘zishga intiladi. Bordi-yu, dastlabki narx vaziyatida taklif talabdan ortiq bo‘lsa, xaridorlar sotuvchilami bir-birlari bilan o ‘zaro raqobat qilishga, qolaversa, narxni pasaytirishga majbur etadilar. Bundan xaridorlar yuta- dilar, chunki ulardan har biri tovami arzonroq narxda sotib olishga muvaffaq boiadi.
Adam Smit shunday deydi: “Bir xil kasb egalari kam uchrashadilar, hatto ular quvonchli kunlarida yoki shunchaki dam olish uchun uch- rashganlarida ham, biror bir uchrashuvlari yo‘qki, bu uchrashuvlar jami- yatga qarshi til biriktirish yoki narx-navoni qanday ko‘tarish yuzasidan biror bir kelishuv bilan yakunlanmasin.”
Raqobat klassifikatsiyasi quyidagi chizmada aks ettirilgan:.
159