Intensivlik darajasi bo‘yicha:
1.Jalb etuvchi raqobat - raqobat subyekti mazkur segmentda oldingi segmentdagiga nisbatan ko‘proq foyda oladi;
2 .Chegaralangan raqobat - mazkur raqobat tovar bozorida raqobat ni ushlab turadi;
3.Shafqatsiz raqobat - raqobat nisbatan intensiv, raqobatchilar bir- birini bozordan siqib chiqarishga, ulushini tortib olishga harakat qiladi.
Ehtiyojlami qondirish shakli bo'yicha:
Funksional raqobat - bu raqobatning shunday turiki, turli xil tovarlar o‘zaro bir-bir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o ‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan: mineral suv ishlab chiqarish o ‘rtasida raqobat gazli suv ishlab chiqarish ,kvass ishlab chiqarish, sharbat ishlab chiqarish va boshqalar. Bu turli xil mahsulotlar bitta va o‘sha-o‘sha ehtiyojni, ya’ni chanqoqni qondiradi.
Tur raqobat - mazmuniga ko‘ra funksional raqobatga yaqin turadi. Tur raqobat bitta maqsadga yo‘naltirilgan lekin bir-biri bilan uncha katta farqga ega bo'lmagan o ‘xshash tovarlar ishlab chiqarish ishlari o‘rtasidagi raqobatdir. Bu farqlar aniq bo‘lishi mumkin va iste’molchilarga tovar tanlovida hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. Masalan: tur raqobatga analogik avtomobillar ishlab chiqarish ishlarini keltirish mumkin. Bunda dvigatel quvvati bo'yicha farqlanadi. Tur raqobat barcha firmalar faoliyatida, amaliyotda ko‘p uchraydi.
160 3. Predmet raqobati - bu raqobatda bir-xil tovar ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi faqat sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Bu
farq umuman bo‘lmasligi mumkin yoki minimal bo‘lishi mumkin. Raqobatning ushbu turi qoidaga ko‘ra raqobatning strategiyasini ishlab chiqarishga e’tiborini qaratadi. Predmet raqobati juda qattiq boiishi mumkin. Chunki ishlab chiqarishlar raqobatchining bozordagi ulushiga kurashadi. Bular turlicha boiishi mumkin. Narxdan tortib reklamagacha shuningdek, shavqatsiz raqobatgacha boiishi mumkin.
Xarajatlar yo‘nalishi bo‘yicha F. Kotler 4 ta turini ko‘rsatib beradi. Mazmunan ehtiyojni qondirish shakliga o‘xshash boiadi.
Savdo markalari raqobati;
Tarmoq raqobati;
Formal raqobat;
Umumiy raqobat.
Savdo markalari raqobati - oldingi klassifikatsiyadagi predmet raqobatchiga o‘xshash b o iib hisoblanadi. Bu ko‘proq bir-xil ishlab chiqarish, o‘xshash tovarlar va bir-xil maqsadga yo'naltirilgan ishlab chiqarishlar o‘rtasida kuzatiladi.
Formal raqobat - turli xil tovar ishlab chiqarishlar o ‘rtasidagi raqobat boiib, bitta va o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgandir. 0 ‘z o'm ida funksional raqobatga to‘g‘ri keladi.
Umumiy raqobat - bu raqobatda tadbirkorlik faoliyati subyektlari barchasi o‘rtasidagi kuzatiladi.
Ta’sir qilish usullari bo‘yicha:
Narxli raqobat;
Narxsiz raqobat.
Narxli raqobat - xaridorlami o‘ziga narx usuli orqali jalb etishda foydalaniladi. Bu raqobatning turi amalga oshirilgan raqobatga mos keladi. Bugungi kunda narxli raqobat juda kam tarqalgan. Chunki iqtisodiyotning hozirgi rivojlangan bosqichida narxning pasayishi yuqori natijalar bermaydi va firmani bozorda shunaqa strategiya qoilab lider qilolmaydi. Narxsiz raqobat - narxni pasaytirish yordamida emas balki boshqa omillar hisobiga kurash olib borishni talab etadi.
Raqobat ijtimoiy nuqtayi nazardan maqbul hodisa, lekin, ayrim
hollarda, xo ‘jalik subyektlariga bozor ishtirokchilari sonini cheklash yoki birgalikda narxlami ko‘tarish bo‘yicha raqiblar bilan kelishishga ham y o i ochish mumkin.
161