Oligopoliya - tarmoqda u qadar ko‘p boim agan korxonalaming mavjud boiishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng m u him belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli
45 Узбекистан янги конунлари туплами № 15-сон. - Тошкент: Адолат, 3-модда.
155
ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: p o iat, mis, alyumi- niy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar- fizik m a’noda bir turdagi mahsu lotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’mol- chilik tovarlari: avtomobillar, yuvuvchi vositalar, sigaretalar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilami ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqa lashgan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o ‘rtasidagi raqobat o ‘zaro bog‘liq boiadi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o'zining baho siyosa tini mustaqil o ‘zgartirishga botina olmaydi.
Oligopolistlar narxsiz raqobatga asosiy o ‘rin beradi, chunki birinchidan, raqobatchilarga reklama va mahsulotni o'zgartirish ancha murakkab, ikkinchidan, oligopolistlar kamdan-kam holda narxsiz raqobatni moliyalashtirish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega boiadi.
Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o‘matish, cheksiz ko‘p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko‘rsa- tadi.
Shu sababli erkin raqobatli bozoming xarakterli belgilari bilan, erkin monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliyaning xususiyatlari o ‘rtasidagi farqlami ko‘rsatib berish foydali. Bunday taqqoslashni yengillashtirish uchun bozoming keyingi uchta modelini bildirish uchun «takomillashmagan» yoki «nomukammal» raqobat degan umumiy nomdan foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish bizga nisbatan ancha oldin boshlangan mamlakatlarda raqobat munosabatlarini rivojlantirish ancha murakkab va uzoq davmi oladigan jarayon ekanligini ko‘rsatadi.
Bozor tizimida raqobatni mukammal (sof raqobat) va nomukammal turlarga ajratish mumkin.
Mukammal (yoki sof) raqobat shunday raqobatki, bunda bozordagi sotuvchilar va xaridorlaming soni juda ko‘p miqdorda boiib, ular bozordagi narxga ta’sir eta olmaydi va monopol mavqeidan foydalanib, bozordagi ishtirokchilami o‘z izmiga yurita olmaydi. Shuningdek, bu
156
sharoitda kurash doirasi juda keng bo‘lib, mavjud tarmoqqa kirish va undan chiqish hamda ushbu tarmoq to‘g‘risida axborot olish erkinligi kafolatlangan bo‘ladi.
Bunda barcha ishtirokchilar bir xil turdagi tovar va mahsulotlar ish lab chiqaradilar hamda bozordagi narx talab va taklif asosida shakllana di. Ammo real hayotda raqobatning bu ko‘rinishini uchratish qiyin.
Mukammal raqobatning o‘ziga xos tomonlari quyidagilar:
bozordagi raqobatchilar soni o ‘ta ko‘p va ulami birlashtirish imkoni yo‘q, barcha ishtirokchilar o ‘z imkoniyatlari va tavakkalchi- liklari evaziga bozorda ishtirok etadilar;
mahsulot bir yo‘sinli - standart, sifat bo'yicha tafovutlar yo‘q;
kichik korxonalar juda oz miqdorda ishlab chiqaradilar va ular o ‘zgalaming ishlab chiqarish quvvatlariga va korxonalarga ta’sir eta olmaydilar;
tarmoqqa kirib borish uchun hech qanday huquqiy, tashkiliy, moliyaviy va texnologik cheklashlar yo‘q;
standart mahsulot bo‘lgani uchun narx vositasisiz raqobatni o ‘zlashtirish uchun imkon yo‘q, chunki mahsulot sifati, uni namoyish etish uchun farqlanish belgilari yo‘q.
Nomukammal raqobat esa bunga teskari holat bo‘lib, tabiatan
monopol yoki raqobat bir muncha cheklangan bo‘ladi. Xususan, bunda katta ulushga ega bo‘lgan korxonalar va firmalar raqobatlashadilar.
Nomukammal raqobat monopoliya, oligopoliya, sof monopoliya va monopsoniya ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Raqobat olib borish usuliga qarab insofsiz(g‘irrom)vahalolraqobat bo‘lishi mumkin.
Insofsiz raqobat bozorda firmalar, korxonalar o‘z raqobatdoshi bo‘lgan subyektlarga nisbatan zarar keltiradigan, uning tadbirkorlik obro'siga putur yetkazadigan yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan m a’lumotlami tarqatishi, ulaming intellektual boyliklaridan noqonuniy foydalanishlari, tovami tayyorlash usuli, xususiyati va joyi, iste’mol xossalari, sifati xususida iste’molchilami chalg‘itishlari, josuslik, qo‘po- mvchilik va o‘g irlik kabi usullardan foydalanishlari tushuniladi.
Halol raqobat esa buning aksi bo‘lib, asosan, ikki usulda, ya’ni narx va sifat orqali olib borilishi mumkin. Narx orqali raqobatlashuv usuli tanlanganda narxni tushirish va ko‘tarish orqali raqobatlashiladi. Bunda raqobatlashadigan firmaning narxni ko'tarish yoki pasaytirish chegarasi
157 asos qilib olinadi. Ammo shuni unutmaslik zarurki, narx bilan raqobat- lashish haraisha ham q o i kelavermaydi. Shuning uchun iqtisodiyotda tovaming sifati orqali raqobatlashish alohida o ‘rin tutadi. Jumladan, agar ikki firma tomonidan taqdim etilayotgan mahsulot yoki tovaming narxi bir xil bo‘lsa, xaridor o‘z-o‘zidan uning sifatiga, afzalligiga e ’tibomi qaratadi va sifati yuqori bo‘lgan tovarni sotib olishga intiladi.