O'zbekiston respublikasi


Iqtisodiyotnitubdano’zgartirishvaislohetishda“o’zbekmodeli”ning o’rni va ahamiyati



Yüklə 378,5 Kb.
səhifə3/14
tarix02.06.2023
ölçüsü378,5 Kb.
#123987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Convert dokumen tips kurs ishi 2020 6 14 asosiy qism 1 oazbekistonda

Iqtisodiyotnitubdano’zgartirishvaislohetishda“o’zbekmodeli”ning o’rni va ahamiyati


Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, ―o’zbekmodeli‖ deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishkonsepsiyasiga asosan, O’zbekiston mustaqillikkaerishganidan keyin ijtimoiyyo’naltirilganbozormunosabatlarigao’tish,mamlakatimizdaislohetish




15ИсломКаримов,Асарлар,19-жилд-Т.:"Ўзбекистон",2011,324-бет.
16Ўзбекистан Республикаси иқдисодий-ижтимоий тараққиѐтининг мустақиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосийтенденция ва кўрсаткичлари ҳамда2011-2015 йилларга мўлжалланганпрогнозлари(Кейинги ўринларда Статистик тўплам), Т., "Ўзбекистан", 2011, 63-бет.
17Н.ТўхлиевТараққиѐтнингўзбекмодели.Т.:2012.-22бет.
vamodernizasiyaqilishborasidasalmoqliishlaramalgaoshirildi.
Yaqin o’tmishga qarab shuni ta’kidlash mumkinki, haqiqatan ham, mustaqillikqo’lgakiritilgandavro’tamurakkabbo’lib,upaytdasobiqittifoqparokandalikka yuz tutgan, mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat tobora keskin tus ola boshlagan edi. Shunday qaltis vaziyatda o’zligimizni anglash vatoptalganmilliyg’ururimiznitiklashgaqaratilganintilishyanadakuchaydi.O’sha tahlikali va og’ir vaziyatda respublika rahbari Islom Karimov bosiqlik bilan oqilonaishtutib,qat’iysiyosiyirodaninamoyonetib,mamlakatimiznichuqur tanazzuldanolibchiqishgaqaratilgan,barqarorijtimoiyyo’naltirilganbozor iqtisodiyotini barpo etishning har tomonlama puxta o’ylangan islohotlar strategiyasini ishlab chiqdi va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. Yurtboshimiz rahbarligida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiydemokratikdavlatbarpoetishvafuqarolikjamiyatinishakllantirish maqsadidag’oyatmashaqatli,shubilanbirga,sharaflitaraqqiyotyo’libosibo’tildi.
Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, Prezidentimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishishbilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hyech qachon osonlikcha kechmasligini uqtirib o’tgan edi18.
I.A.Karimov ―O’zbekiston– bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li‖ risolasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdi. Ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur nafaqat o’sha davrdagi avlod taqdiri,balki kelajak avlodlarimiz taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, eski tuzumdan meros bo’lgan illatlarni tezroq bartaraf etish, mamlakatimizning rivojlangan, madaniyatli davlatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Prezidentimiz nomi bilan bevosita bog’liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi19.
Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin dunyoda yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi besh tamoyilga asoslanadi:
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. Shuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarningustuvor yo’nalishlarinibelgilabberishi,o’zgarishlar siyosatiniishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
uchinchidan,qonunustuvorligigaerishish,qonunlargaqat’iyrioyaetish


18Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги ―Мамлакатимиздадемократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси‖ мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 16-бет.
19КаримовИ.А.Ўзбекистон–бозормуносабатларигаўтишнингўзигахосйўли–Т.:Ўзбекистон,1993.14-бет
lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitusiya va qonunlarni barcha hyech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim;
to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak. Aholining salkam 50 foizini 16 yoshga yetmagan bolalar tashkil etadigan O’zbekistonda buning alohida ahamiyati bor;
beshinchidan,bozor iqtisodiyotiga o’tishiqtisodiyotningobyektivqonunlarini e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi ―inqilobiysakrashlar‖siz, ya’ni evolyusion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida chuqur tanazzuldan xalos bo’lib, barqaror taraqqiyot va aholi turmush farovonligiga erishishga qaratilgan tub o’zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari I.A.Karimov tomonidan quyidagicha izohlab berildi:

  • ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

  • ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo’lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirishnegizibo’lganxususiymulkningdavlattomonidanhimoyaqilinishini ta’minlash;

  • korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo’jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish;

  • iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samaralifoydalanishni ta’minlaydigan chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish;

  • kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish1.

Mustaqillikning ilk yillarida, ya’ni ijtimoiy yo’naltirilgan bozoriqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida quyidagi ikki vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo’yildi:

  • totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

  • respublikaning o’ziga xos sharoiti va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;

Mazkur vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:

  • o’tish jarayonininghuquqiyasoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy- huquqiy negizini mustahkamlash;



1Каримов И.А. Ўзбекистониқтисодийислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида.–Т., ―Ўзбекистон‖,1995, 18-бет.

  • mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;

  • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.

Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyot va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart- sharoit yaratdi. Shu bilan birga, isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va isloh etishni yanada chuqurlashtirish, investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo’yildi. Shu maqsaddan kelib chiqib, mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar quyidagi tartibda belgilandi:

  • davlatmulkinixususiylashtirishsohasidaboshlanganishnioxirigayetkazish;

  • ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;

  • milliyvalyuta–so’mniyanadamustahkamlash;

  • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish.

O’tishdavrining ikkinchibosqichidaaholiningkamta’minlanganqatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko’rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi.
PrezidentimizI.A.Karimovta’kidlabo’tganidek,mazkurbosqichda
―erkinlashtirishva islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir‖20. Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutdi:

  • iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o’tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

  • xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish;

  • mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo’naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat vaiqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o’rin egallashiga erishish;

  • mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integrasiyalashuvini ta’minlash;



20КаримовИ.А.ОзодваободВатан,эркинвафаровонҳаѐт–пировардмақсадимиз.-Т.:―Ўзбекистон‖,2000, 15-бет.

  • iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish.

Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchunbirlamchiahamiyatkasbetgan,ya’niijtimoiybozoriqtisodiyotiniyaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi.
Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda21.

  1. Yüklə 378,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin