Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə98/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Ekologik inqiroz – inson faoliyati yoki tabiiy omillar (masalan, iqlimning o‘zgarishi) ta’siri ostida atrof muhit holatining turg‘un, nisbatan asta-sekin qaytarish mumkin bo‘lgan yoki qaytarish mumkin bo‘lmagan ravishda o‘shishi (strukturasining soddalashishi, energetik yoki ekologik potensiyalining pasayishi).
Ekologik madaniyat – atrof muhitdan tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab etgan hamda inson faoliyati tasirining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga olgan holda foydalanish; E.m. – umuminsoniy madaniyatning moddiy va ma’naviy mehnat mahsuli sifatida aks etgan tarkibiy qismdir. E. m. taraqqiyoti kasbiy ekologik ta’lim va tarbiya hamda haqqoniy ekologok ma’lumotlarni ommaga etkazish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ekologik ta’lim (ma’lumot) – tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ilmiy asosda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sistematik bilimlarni chuqur o‘zlashtirish jarayoni va natijasi.
Ekologik barqaror taraqqiyot – kelgusi avlodlar uchun zarar keltirmagan holda insoniyatning o‘z ehtiyojlarini qondirib taraqqiy etishi. E.b.t. konsepsiyasi insoniyatning uzoq muddatli taraqqiyotining zamini bo‘lib, uning kapital mablag‘lari oshishiga va ekologik sharoitning yaxshilanishiga turtki bo‘ladi.
Ekologik bumerang – insonning ekologik qonuniyatlarni hisobga olmasdan, tabiatga o‘tkazgan ta’sirini qaytib kelib o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatishini va murakkab vaziyatni yuzaga keltirishini aks ettiruvchi ibora.
Ekologik valentlik [lot. “valentia” – kuch] – biologik turning atrof muhitning turli sharoitlarda yashay olish xususiyati.
Ekologik volyuntarizm - [lot. “voluntary” – iroda] tabiatdan ekologik chegaralarni (meyorlarni) hisobga olmasdan foydalanish. E. v. ekologik madaniyati past jamiyatga xosdir.
Ekologik omil – organizmning moslashish reaksiyasini ifoda qiladigan tabiiy muhit omili. Ma’lumki, organizmning moslashishi chegarasidan tashqarida letal omil (o‘lim) yotadi. E. o., odatda, abiotik, biotik va antropgen omillarga bo‘linadi.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin