Tabiat yodgorliklari – noyob yoki mazkur o‘lkagagina xos ilmiy, madaniy-ma’rifiy yoki estetik jihatdan ahamiyatli bo‘lgan tabiat ob’ekti. Odatda kelib chiqishi tabiiy yoki sun’iy maydoni uncha katta bo‘lmagan tabiiy majmualardan yoki alohida ob’ektlardan iborat bo‘ladi: juda keksa daraxt, manzarali (noyob) o‘simliklar guruhi, ajoyib buloq, sharshara va hokazo.
Tabiatdagi o‘zini-o‘zi tartibga solish [yun. “autos” – o‘zi va lot. “regulare” – tartiblanish] – tabiatda to‘g‘ri va aks aloqalarga asoslangan, dinamik barqarorlik yoki landshaftlarning o‘zini-o‘zi muvofiqlashtirish va o‘zini-o‘zi rivojlantirishga olib keladigan o‘zaro munosabatlar tizimi.
Tabiatni muhofaza qilish Jahon strategiyasi – YUNEP ko‘magida Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI) tomonidan 1980-yilda ishlab chiqilgan xalqaro hujjat bo‘lib, u insoniyatning BIOSfera, ekotizmlar va turlardan hozirgi avlodga barqaror foyda keltirishi bilan birga, o‘z salohiyatini asrab qolish, kelasi avlodlarning ehtiyoj va intilishlariga muvofiq ravishda foydalanishni boshqarishga yo‘naltirilgan.
Tabiiy landshaft – inson faoliyati ta’siridan xoli bo‘lgan va faqatgina tabiiy omillar ta’sirida shakillangan yoki shakllanayotgan landshaft.
Tabiiy resurs (suv, havo, tuproq va hokazo) sifati – uning tavsiflarining inson ehtiyojlari yoki texnologik talablarga (resursning tozaligi, unda foydali komponentlarning mavjudligi) mos kelish darajasi.
Tanazzul – tizim murakkabligi energetik potensiali va sig‘imining asta-sekin, real vaqt masshtabida deyarli orqaga qaytarib bo‘lmaydigan darajada kamayishi.
Tashlama – qisqa muddatli (bir marta) yoki ma’lum vaqt (soat, sutka) davomida har qanday ifloslantiruvchi moddalar yoki uchib chiqayotgan gazlar bilan ortiqcha issiqlikning atrof muhitga tashlanishishi. Alohida manbadan chiqayotgan T., va shahar, viloyat, davlat yoki umuman er kurrasi yuzasiga tushayotgan umumiy tashlamalarga ajratiladi.
Tirik modda – oddiy kimyoviy tarkib, vazn, quvvat miqdorli o‘lchamlarida o‘z aksini topgan, ayni paytdagi mavjud barcha tirik organizmlar to‘plami.