Gerbitsidlar [lot. “herbo” – o‘simlik, “ceadre” –o‘ldirish] – qar. Pestitsidlar. Global ifloslanish – ifloslanish manbaidan juda uzoq masofada, sayyoraning deyarli barcha nuqtalarida ayon bo‘luvchi atrof tabiiy muhitning ifloslanishi. Havo muhitiga xos.
Gomeostaz [yun. “homios” – o‘xshash, bir xil, “stasis” – holat, turg‘unlik] – tabiiy tizimning (organizmning) uning asosiy strukturalarining, modda-energetik tarkibining muttasil tiklanib turishi va komponentlarning doimiy funksional o‘z-o‘zini tartiblash bilan bir me’yorda tutib turiluvchi ichki dinamik muvozanat holati.
Drenaj [ing. “drain”- quritish] – ortiqcha namlangan erlarda suvni maxsus zovur va er osti quvurlari – drenajlar yordamida boshqa joyga oqizish yo‘li bilan quritish usuli.
Zaharli chiqindilar– o‘z tarkibida tirik organizmlarni zaharlovchi moddalarga ega chiqindilar.
Introduksiya [lot. “introduction” – kirish] – hayvon va o‘simliklarning tabiiy arealdan tashqarida tarqalishi. Qar. Iqlimga moslashish.
Ifloslantirish manbasi – 1) ifloslantiruvchi moddani atmosferaga tashlash nuqtasi; 2) ifloslantiruvchi moddani ishlab chiqarayotgan xo‘jalik yoki tabiiy ob’ektlar (qar. ifloslantiruvchi); 3) kirib kelayotgan ifloslantiruvchi moddani tarqatayotgan hudud.
Yo‘qolib borayotgan tur– yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan va agar bu tahdidga sabab bo‘layotgan omillar bartaraf qilinmasa, saqlab qolish imkoniyati bo‘lmaydigan tur yoki boshqa toksonomik birlik.
Kanserogenlar [lot. “cancer” – rakva, fran. “genes” – tug‘ilish] – hayvonnlar, o‘simliklar va odamlar yomon sifatli o‘simtalarning (shishlarning) paydo bo‘lishiga olib keladigan kimyoviy brikmalar yoki fizik agentlar.
Kimyoviy ifloslanish– ekotizimga unga yot bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalarni fon konsentratsiyalaridan ziyod miqdorda kiritilishi.
Kislota yog‘inlari – odatda, boshlang‘ich manbadan uzoqda atmosferadagi kimyoviy jarayonlar tufayli o‘zgargan oltingugurt, azot brikmalari va boshqa moddalarning erga suyuq yoki quruq holda tushganida ro‘y beradigan kompleks kimyoviy va atmosfera holati. Suyuq shakli, odatda, “kislota yomg‘iri” deb nomlanadi va erga yomg‘ir, ko‘rinarli to‘siqlar yoki tuman ko‘rinishida tushadi. Quruq shakllari – kislota gazlari, makrogazlardir.
Kuzatuv – keyinchalik faoliyat yuritish uchun asos bo‘lgan, odatda, tadqiqot ishlari davomida ma’lumot olish, shu jumladan monitoring kuzatuv muayyan zarar ko‘rgan atrof muhitdan namuna olishni o‘z ichiga oladi va alohida korxonalar, uyushmalar, mahalliy milliy hukumat organlari tomonidan olib borilishi mumkin.
Landshaft – o‘zaro ta’sir etuvchi tabiat yoki tabiiy va antropogen komponentlardan hamda pastroq taksonomik tabaqali majmualardan tashkil topgan tabiiy hududiy majmua.