Antropogen stress – inson faoliyati tufayli energiya yoki moddaning ko‘payib ketib, ekotizim funksiyalarining susayishiga sabab bo‘ladigan vaziyat; o‘tkir yoki surunkali bo‘lishi mumkin (Y.Odum bo‘yicha).
Areal [lot. “area” – maydon, makon] – o‘rganilayotgan ob’ektlar yoki hodisalar tarqalgan hudud yoki akvatorya (turning A., landshaft tipi A., antropogen ta’sirning A.).
Atmosfera [yun. “atmos” – bug‘ va “sphare” – shar] – er va boshqa fazoviy jismlarning gazsimon qobig‘i. Er yuzasida u, asosan, azot (78,08%), kislorod (20,95%), argon (0,93%), suv bug‘i (0,2-2,6%), karbonat angidrid gazidan (0,03%) tashkil topgan.
Atrof (insonni qamragan) muhit – odamlarga va ularning xo‘jaligiga birgalikda va bevosita ta’sir etuvchi abiotik, biotik, ijtimoiy muhitlar majmuasi. A.m. tushunchasi “atrof tabiiy muhit” tushunchasidan bir muncha kengroqdir, chunki u o‘z ichiga ijtimoiy hamda texnogen muhitlarni (uylar, korxonalar, yo‘llar.) ham qamrab olgan tushunchalardir.
Atrof muhitning ifloslanishi – tavsifi, joylashgan eri yoki miqdoriga ko‘ra atrof muhit holatiga salbiy ta’sir qilayotgan moddaning atrof muhitda mavjudligi.
Bakteriologik ifloslanish – ekotizimga unga yot bo‘lgan organizmlarning chetdan olib kelinishi va ko‘payishi. Mikroorganizmlar bilan ifloslanish bakteriologik yoki mikrobiologik ifloslanish ham deyiladi.
Bardoshlilik – tirik organizmlarning yashayotgan muhitidagi no‘maqbul ta’sirlarga bardosh bera olish xususiyati. YUksak B. turlar omon qolishi garovidir, muhit doimo o‘zgarib borayotgan sharoitda (sh.j.antropogen ta’sir ostida) past B. turlarning kamayishi va qirilib ketishiga olib keladi.
Biogen modda – organizmlar hayotiy faoliyati natijasida vujudga kelgan kimyoviy birikma (lekin aynan shu vaqtnig o‘zida ularning jismi tarkibida ham bo‘lmasligi mumkin).
Biogenotsenoz – biogenotsenologiyaning asosiy izlanish ob’ekti. B. – vitasferaning elementar bioxorologik tarkibiy birligidir va shu ma’noda fatsiya, elementlar landshaft tushunchalarining sinonimidir, garchi oxirgilaridan farqli o‘laroq, tirik modda tushunchasini ham o‘z ichiga qamrab oladi. B. tushunchasi ekotizim tushunchasiga yaqin, ammo keyingisi aniq bioxorologik asosga ega emas.