Oʻzbekiston respublikasi


- mashg’ulot mavzu: Ifloslanish klassifikatsiyasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə88/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

20- mashg’ulot mavzu: Ifloslanish klassifikatsiyasi
1. Kelib chiqishiga ko‘ra (antropogen ifloslanish – sanoat, qishloq xo‘jaligi, maishiy; tabiiy ifloslanish, vulqon otilishi, dovullar, suv bosishi, sel toshqinlari va boshq; fon ifloslanish)
2. Birlamchiligiga ko‘ra (birlamchi, ikkilamchi, masalan, ichimlk suvini turli xil mikroorganizmlar, sodda hayvonlar va boshqalardan tozalash maqsadida xlorlash jarayonida hosil bo‘ladigan o‘ta xavfli xlororganik birikmalar hosil bo‘lishi va boshqalar).
3. Ifloslanish miqyosiga ko‘ra (mahalliy – masalan, ishlab chiqarish sanoat korxonalari atrofining) ifloslanishi; mintaqaviy – katta maydonlarning ifloslanishi, bu atama odatda bir qator davlatlar hududlarini qamrab oladi.
Umumbashariy yoki global ifloslanish sayyoramiz hamma joyida uchraydi.
4. Ifloslovchi manbalar uzoqligiga ko‘ra (nuqtali masalan zavod quvurlarida; chiziqli) masalan ko‘lning dam olish zonasidan ifloslanishi; qirg‘oq bo‘ylab ifloslanishilar;
5. Tabiiy muhitni ifloslovchi komponentlariga qarab (atmosfera ifloslanishi; suvni ifloslanishi – okeanlar, dengizlar, er osti tabiiy suvlari va boshqa suv manbalari, ya’ni butun gidrosferani; tuproqni; tuproq ostini ifloslanishi).
6. Aniq ob’ektlar bo‘yicha ifloslanish (shahar territoriyasining ifloslanishi; turar joyning ifloslanishi; bog‘larning ifloslanishi va boshq.)
7. Tabiatning ifloslanishi (kimyoviy ifloslanish – pestitsidlar bilan; og‘ir metallar bilan; xlororganikalar bilan; Fizik ifloslanish; radiaktiv, yorug‘lik ifloslanish; issiqlik, tovush, elektromagnik ifloslanish; biologik – biogenlar, moddalar bilan mikroblar bilan ifloslanish).
8. Moddalar holati bo‘yicha ifloslanishi (bir fazali moddalar – suyuqlik, gaz, qattiq jism, masalan qattiq maishiy jism; ko‘p fazali moddalar – aerozollar, erimagan moddalar, yoyilib ketuvchi)
9. Turg‘unlik holati bo‘yicha ifloslanishi (turg‘un, bioemiruvchi (biologik buzuvchi) ifloslanish).
10. Doimiyligi bo‘yicha ifloslanish (tasodifan ifloslanish; domiy – masalan atmosferaga gazlarni doimiy chiqarib turilishi; oqova suvlarni daryo suvlariga doimiy tashlanishi).
Ifloslovchilarning organizmlarga ta’siri yuqorida ko‘rsatilgan klassifikatsiya yoki xususiyatlar (ifloslovchi moddalarning kimyoviy tabiati yoki fizik holati va boshq.) balangina emas, shuningdek muhit xususiyatiga (masalan, meteorologik ko‘rsatkichlarga – shamol yo‘nalishiga va boshq; joy relefiga va boshq.) ham bog‘liq.
Antropogen ifloslanish (grek, antropos, inson + genos tug‘ilish, dunyoga kelish, kelib chiqish) atrof muhitning inson faoliyati ta’sirida ifloslanishi. Antropogen ifloslanishini baholaganda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:

  1. Antropogen ifloslovchilar tabiiy jarayonlarga qo‘shilib birgalikda ta’sir doirasini kuchaytiradi, ayrim hollarda ularning yo‘nalishini va ko‘rinishini o‘zgartiradi.

  2. Tabiatning antropogen ifloslanishi kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi aniqlangan emas yoki munosib baholanishi mumkin emas.

  3. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi an’anaviy fikrlar asosida o‘tmishga (xatoliklarni to‘g‘rilash) qaytish mumkinligi to‘g‘risidagi sukut saqlab kutish yotadi. Ammo bunday fikrlar hozirgi kunda asosga ega emas, chunki global xarakterga ega bo‘lgan jarayonlarning teskari tomonga o‘zgarishi chegaralari belgilangani yo‘q va belgilab bo‘lmaydi, chunki, bir qator salbiy jarayonlarni (cho‘llanish, sho‘rlanish, chuchuk suv muammosi va boshq.) hozirgi kun fan – texnikasi yutuqlari bilan to‘g‘rilash imkoni yo‘q.

  4. Hattoki mahalliy xarakterga ega antropogen ifloslanish (masalan sanoat korxonasining atrof muhitni ifloslantirishi) o‘sha joydagi hamma tabiiy muhitni havo, tuproq, suv, o‘simliklar va hayvonot olamini qamrab oladi, tabiiy aloqalar orqali bir muhitdan boshqasiga o‘tadi. Antropogen ifloslanishining eng yomon ko‘rinishlaridan biri, hozirgi kunda inson ifloslovchi moddalar qolib ketmoqda.

Antropogen (texnogen) ifloslanishni oldini olish katta mablag‘ talab etadi. Amaliy natija bo‘lishligi uchun:

  1. Foydalanishdagi yuqori toksik xarakterdagi materiallarni kam toksik xarakterdagilari bilan almashtirish.

  2. YUqori ekologik talabga javob beradigan texnologiya joriy etish.

  3. Kutilmagan tashlandiqlarni (avariyalar sodir bo‘lishini) oldini olish uchun texnologik intizomga rioya etish.

  4. Kutilmagan tashlanmalarni (avariyalar sodir bo‘lishini oldini olish uchun texnologik intizomga rioya etish).

  5. Zamonaviy tozalovchi uskunalarni qo‘llash.


Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin