Oʻzbekiston respublikasi


Ekosistemada suvning aylanishi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə84/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Ekosistemada suvning aylanishi. Ma’lumki, suv hamma kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Ekosistemadan o‘tadigan suvning bir qismi fotosintez jarayonida bug‘lanib, transpiratsiyaga uchraydi, yana bir qismi esa yog‘in formasida tushadi. Er yuzida bor suvning 90 foizi tog‘ jinslarida bo‘lib o‘tadigan gidrologik siklga juda kam qatnashadi. Er ustiga tushadigan namlik shu joydagi orga- nizmlarning hayot faoliyati va bug‘lanishga ketadi. Er usti o‘simliklari yiliga 55-1018 g suvni transpiratsiya qiladilar. Bir gramm suvning bug‘lanishi uchun 0,536 kkal energiya sarf qilinadi. Er yuzida yillik bug‘lanish 378-1018 gbo‘lsa, unga 2-1020 kkal energiya sarf qilinadi. Bu erga tushayotgan quyosh energiyasinyng 1/5 qismiga to‘g‘ri keladi
Atmosferaning suv bug‘larini ushlab turish imkoniyati juda pasg bo‘lganligi tufayli, ular to‘planib erga namlik sifatida tushadi. Er yuziga tushadigan o‘rtacha yillik namlik 65 sm ni tashkil etadi. Bu atmosferadagi namlikdan 25 barobar ko‘p.
Oltingugurtning aylanishi. Oltingugurtning asosiy fondi tuproqda, cho‘kmalarda va ozroq qismi atmosferadadir. Oltingugurt fondi almashinib turishida asosiy rolni maxsus mikroorganizmlar bajaradi. Ularning har bir turi oksidlanish yoki tiklanish jarayonini o‘tadilar. Oltingugurt fondining doimiyligida geoximik va Metrologik jarayonlar hamjihatlikda o‘tadi. Undan tashqari havo, suv va tuproqning birlikdagi harakati oltingugurtni katta masshtabda aylanishiga yordam beradi.
Biogen elementlarning aylanishi. Ekosistemalarda tirik organizmlar va noorganik tabiat o‘rtasida biogen elementlarning aylanib turishi doimiy va bir-biriga tengdir. Ekosistemada SO, va O, aylanishi fotosintez va nafas olish jarayonlarini ta’minlasa, azot, fosfor va oltingugurt ekosistemada murakkab yo‘lni o‘taydi.
O‘simliklar yaratadigan birlamchi mahsulot hosil bo‘lishidagi asosiy komponentlar uglerod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt va suvning aylanib turishidir, lekin hayvonlar faoliyati uchun natriy, kaliy, kalsiy kabi elementlar zarur bo‘lib, ularni hayvonlar tanasidagi suv orqali oladilar. Tirik organizm biomassasidagi uglerod, azot, fosfor kabilar o‘lik qoldiqlar bilan chirindi fonda mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, minerallashib, noorganik moddalarga aylanadi.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin