19-mashg’ulot mavzu: Atmosfera global ifloslanishining ekologik oqibatlari Atmosfera havosi global ifloslanishining eng muhit ekologik oqibatlari quyidagilardan iborat:
1. Iqlim isishining kuzatilishi (“issiqxona effekti”);
2. Ozon qatlamining buzilishi;
3. Kislotali yomg‘irlar yog‘ishi.
Dunyodagi ko‘plab olimlar ularni bizning davrimizning eng katta ekologik muammolari deb bilishadi. Iqlim isishi ehtimoli (“issiqxona samarasi”) Hozirgi vaqtda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi, o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘rtacha yillik haroratning asta – sekin ko‘tarilishida namoyon bo‘lmoqda, ko‘pincha olimlar bunday iqlim o‘zgarishini atmosferada “issiqxona gazlari” deb ataladigan uglerod ikki oksidi (SO2), metan (SN4), xlorftor uglerodlar (freonlar), ozon (O3), azot oksidlari va boshq.
Dunyo okeani ifloslanishining ekologik oqibatlari Sababchi ekanligini ko‘rsatmoqdalar. Issiqxona effektini dastlab 1824 yilda Jozef Fure aniqlangan, keyinchalik 1896 yilda Svante Arreniue issiqxona effektini miqdoriy aniqlagan.
Hozirgi kunda Erdagi issiqxona gazlarining tarkibi nisbati quyidagicha: suv bug‘lari (isssiqxona effektining 36-70% tashkil etadi, bulutlar bundan mustasno), karbonat angidrit (SO2)(9-26%), metan (SN4) (4-9%) va ozon (3-7%).
Issiqxona gazlari, birinchi o‘rinda SO2 er yuzasidan qaytayotgan uzun to‘lqinli issiqlik nurlarining o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. G.Xefling (1990) ning so‘zlariga ko‘ra issiqxona gazlari bilan to‘yingan atmosfera issiqxona tomi vazifasini bajaradi. U bir tomondan kelayotgan nurlarning er yuzasiga o‘tkazib yuboradi, ikkinchi tomondan erdan qaytayotgan uzun to‘lqinli issiqlik nurlarini o‘tkazib yubormaydi.
Insonlar tomonidan qazilma yoqilg‘ilardan (neft, gaz, ko‘mir va boshq) foydalanishi (yoqishi) oshib borishi (yiliga 9 milliard tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i) natijasida atmosferada SO2 gazining miqdori doimiy ravishda oshib bormoqda. Sanoat ishlab chiqarish jarayonida va kundalik hayotda atmosferaga ko‘plab miqdorda atmosferaga ko‘plab miqdorda chirindilar chiqarilishi natijasida uning tarkibida (Xlorftor uglerodlar) miqdori ortib bormoqda. Atmosferada metanning miqdori yiliga 1,5 % da oshmoqda (er osti qazilma boyliklarini qazib olish jarayonidagi chiqarilayotgan chiqindi gazlar, o‘simliklar biomassasini yoqilishi, katta qoramollar boqiladigan komplekslaridan ajraliyotgan gazlar va boshq.) Kamroq bo‘lsada atmosferada azot oksidi miqdori ham oshib bormoqda (yiliga 0,3%).
YUqori ko‘rsatilgan gazlar miqdorining atmosferada ortishi “issiqxona effektti” yuzaga keltiradi va er yuzasi global hararotining oshishiga olib keladi. Oxirgi yuz yil davomida er yuzasidagi global harorat 0,850S oshganligi kuzatildi, shimoliy yarim sharda keyingi yuz yilda 1983-2012 yillar eng issiq yillar hisoblandi. Antropogen omillar ta’sirida er yuzasi harorati oshishi 1850 yillardan boshlab kuzatila boshlangan va bu oraliqda harorat 0,8 – 1,2 0S ga oshgan. Hozirgi kunda sanoati rivojlangan mamlakatlar ilmiy akademiyalarining iqlimi modellashtirish asoslariga ko‘ra XXI asrda “issiqxona gazlari” ning emissiyasi minimal miqdorda bo‘lsa er yuzasi global harorati 0,3 – 1,7 0S ga, maksimal miqdorda bo‘lsa 2,6 – 4,8 0S ga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Er yuzasining global isishi oqibatida quyidagilarda: okean sathining ko‘tarilishi, mintaqaviy yog‘inlarning o‘zgarishi, tez – tez ekstremal iqlim o‘zgarishlarining yuzaga kelishi haroratning keskin ko‘tarilib turishi, cho‘llanish ko‘lamining ortib borishi, qurg‘oqchilik, yog‘inlar, okeanlarning nordonlashuvi, harorat rejimining o‘zgarishi ta’sirida biologik turlarning yo‘qolib borishi va boshq. Insoniyat uchun eng xavotirli oqibatlari iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ta’siri oqibatida oziq – ovqat xavfsizligining yuzaga kelishi (ayniqsa Osiyo va Afrikada) hamda okean suv sathining ko‘tarilishi natijasida odamlarning yashash joyini yo‘qotishi kabi muammolar 1988 yilda BMT da hukumatlararo iqlim o‘zgarishi o‘rganuvchi ekspertlar guruhi tashkil etildi (HIO‘EG). Bu guruh faoliyati natijasida iqlimning global isishini baholashning ilmiy konsensusi ishlab chiqildi. HIUEG ning to‘rtinchi va beshinchi hisobotida ta’kidlanishicha iqlim haroratining ko‘tarilishiga bosh sababchi (90%) inson faoliyati natijasida issiqxona gazlari konsentratsiyasi oshishiga taaluqli ekanligi ko‘rsatilgan. Global isishini Erdagi muzlik davridan keyingi iqlim haroratining ko‘tarilishi bilan tenglash mumkin, demak XXI asrda iqlimning global isishining ekologik oqibati halokatli bo‘lishligi kutilmoqda, bu birinchi novbatda dunyo okeani sathining qutub muzliklari erishi natijasida ko‘tarilishi, tog‘lardagi muzlik qoplamining qisqarib ketishi va boshq. Olimlarning dunyo okeani sathining 0,5 – 2,0 m ko‘tarilishining ekologik oqibatlarini modellashtirish xulosalarida ko‘rsatilishicha bunday holat iqlim muvozanatining buzilishiga 30 dan ziyod, qirg‘oq bo‘yi mamlakatlari tekisliklarining suv ostida qolishiga, katta maydonlarning botqoqlashuviga, unumdor erlarning degradatsiyasiga uchrashiga, ko‘p yillik muzlatilgan jinslarning emirilishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Biroq bir qator olimlar iqlimning global isishini ijobiy ekologik oqibatlarini ko‘rsatmoqda (Vronskiy, 1993; Issiqxona effekti..., 1989). Atmosferada SO2 konsentratsiyasining ko‘payishi va u bilan bog‘liq fotosintezning ko‘payishi, shuningdek iqlim namligining oshishi, ularning fikriga ko‘ra tabiiy fitotsenozlarning (o‘rmon, adir, savannalar va boshq.) shuningdek agrotsenozlarning (madaniy o‘simliklar, bog‘lar, uzumzorlar va boshq.) hosildorligi oshishiga olib keladi.
Iqlimning global isishda issiqxona effektini ta’siri to‘g‘risidagi fikrlar qarashlar ham turlichadir. Masalan BMT ning hukumatlararo iqlim o‘zgarishi ekspertlar guruhining hisobotida (1992), XX asrda 03 – 0,80S gacha bo‘lgan iqlim isishi asosan bir qator iqlim omillarining tabiiy o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq bo‘lishini qayd etdi. Ushbu ma’lumotlar bilan bog‘liq holda akademik K.YA.Kondratev (1993) issiqxona isishi stereotipini bir tomonlama ravishda asos qilib olish uchun hech qanday asos yo‘q deb hisoblaydi va global iqlim o‘zgarishida issiqxona gazlarni markaziy muammo qilib quyish kerak emasligini takidlaydi.
Uning fikricha global iqlimga ta’sir etuvchi eng muhim antropogen omil biosfera degradatsiyasidir (tanazzuli) shuning uchun birinchi navbatda biosferani global ekosistema xavfsizligining asosiy omili sifatida biosferani hozirgi holatida saqlab qolishga e’tibor qaratish kerak. Inson 10 TVt kuchlanishdan foydalanishi ta’sirida quruqlik tabiiy jamoalaridagi organizmlarning 60% ni normal yashashi va faoliyat ko‘rsatishi buzilishiga sababchi bo‘ldi (Danilov, Danilyan, Garikov va boshq.., 1995). Natijada biotaning iqlimni muvofiqlashtirishga sarflaydigan moddalar massasining salmoqli qismi moddalar biogen aylanmasidan chiqib ketdi. Atmosferaga issiqxona gazlari, ayniqsa karbonat angidrid (SO2) gazini chiqarishni kamaytirish muammosi dunyo hamjamiyati olidida turgan eng muhim muammoga aylandi.
1985 yilda Toronta (Kanada) shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada dunyo energetikasi oldiga atmosferaga chiqarilayotgan uglerod tashlanmalarini (emissiyasini) 20% ga kamaytirish vazifasi yuklatildi. 1997 yilda BMT ning Kiota (YAponiya) shahrida o‘tkazilgan konferensiyasida 84 mamlakat hukumatlari Kiota protokolini imzoladilar, unga muvofiq davlatlar atmosferaga chiqarilayotgan antropogen karbonat angidrid gazi miqdorini 1990 yil darajasida chiqarish vazifasini qo‘ydi. Ammo aniq ekologik natijaga erishish uchun ko‘rilayotgan chora – tadbirlar organizmlar jamoasini, tabiiy ekosistemalar va Erning butun biosferasini saqlab qolishga qaratilgan. Global ekologik siyosat bilan birgalikda olib borilganligini erishish mumkin.
Ozon qatlamining emirilishi