Oʻzbekiston respublikasi


-mashg’ulot mavzu: Ekosistemalar dinamikasi



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə80/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

15-mashg’ulot mavzu: Ekosistemalar dinamikasi.
Ekosistemaga kelayotgan energiya o‘zining miqdori va sifati bo‘yicha farqlanadi. Uning turli shakllari turlicha potensial kuchga ega bo‘ladi. YUqori konsentratsiyadagi shakllari (masalan, neft, quyosh energiyalari) katta ishchi potensialiga ega bo‘lsa, o‘t-cho‘p, hazonning energiyasi qisqa va past potensialli bo‘ladi.
Tabiiy ozuqa zanjiridagi energiya miqdori har bir halqadan o‘tishda kamayib boradi. Bu holat quyidagicha bo‘ladi: 1000000 10000 -> 1000 -> 100 -> 1.
Quyoshdan kelayotgan energiya (10b kkal/m2) ozuqa zanjirlaridan o‘tishi tufayli yirtqichdai o‘tib, 100 gacha kamayadi, ammo quyoshdan kelayotgan tarqoq iurlarning energiya miqdori 1 dan 10000 ga o‘sadi, ya’ni yirtqich tanasida 1 kkal biomassa hosil qilish uchun quyosh yorug‘ligidan 10000 kkal energiya kerak bo‘ladi. Buning ma’nosi yirtqichdan hosil bo‘lgan ozgina biomassaning energiyasi, o‘txo‘r hayvonlarning shu miqdordagi biomassasidan 100 barobar ortiq. Ekosistemalar ichida uchraydigan organizmlarning ozuqa zanjirlarini organizm qabul qiladigan va o‘zlashtiradigan tirik ozuqalar tashkil qiladi, ya’ni tirik o‘simlikni o‘txo‘r eydi, uni o‘z navbatida ikkilamchi konsument ozuqa qiladi. Ma’lumki, qushlar turli hasharotlar va sichqonlar bilan oziqlanib, ularning sonini kamaytiradi va shu yo‘l bilan qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi.
Ekosistemalar ozuqa zanjirlarida energiyaning o‘tishi va turli katta-kichik organizmlarda modda almashinuvi (metobalizm) kabi jarayonlar, o‘z navbatida ma’lum trofik tuzilishni keltirib chiqaradi. Trofik tuzilish turli ekosistemalarni (dengiz, daryo, o‘rmon, o‘tloqzor, hovuz) xarakterlaydi. Trofik tuzilishni ma’lum maydondan olingan hosil yoki ma’lum vaqtda aniq joyda to‘plangan, yoxud hosil bo‘lgan energiya miqdori bilan ifodalanadi.
Trofik tuzilish va trofik funksiyani grafik chiziq bilan ekologik piramida ko‘rinishida aks ettirish mumkin. Ekologik piramidalarni quyidagi miqdor (son)da ko‘rish mumkin. Elton fikricha, bu son piramidasi turli ekosistemalardagi produtsentlardan konsumentlarga energiyaning o‘tish miqdoriga teng.
Ekologik piramidalar ekosistemalar ichidagi turli munosabatlarni aks ettiradi: yirtqich -> o‘lja yoki xo‘jayin -> parazit. Mabodo ekosistema stress holatida bo‘lsa, undagi biotik komponentlarning muhitga moslashishiga qarab trofik tuzilish ham o‘zgarishi mumkin.
Har bir trofik darajada doimiy va turlicha faoliyat ko‘rsatadigan halqalar bor. O‘simlik > umurtqasiz yoki umurt-- qali fitofag trofik darajalarni o‘tib, oxiri o‘lik organik moddaga aylanib, redutsentlarga energiya beradi. Energiya konsumentlar va redutsentlar tizimida harakat qiladi, oldin tirik organizmga o‘tadi, oxiri o‘lik organik modda holida tuproq va suvga, undan produtsentlarga o‘tib, ularni energiya bilan ta’minlaydi.

Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin