Daryolarning oqimi va suv sarfi. Daryoning boshlanish eridan quyar joyiga tomon to‘xtopsiz harakati uning oqimi deyiladi. Daryo o‘zani nishab bo‘lganidai oqadi. Daryo o‘zani qanchalnk nishab bo‘lsa, shunchalik tez oqadi. SHu sababli, tog‘li erlarda daryo tez oqadn. Bundan tashqari, daryoning o‘rta kismida ikki chetiga nisbatan, ustki qismi esa ostki qismiga qaraganda tez oqadi.
Daryoning oqim tezligini aniqlashning eng oddiy usuli bu qalqitmalar (yog‘och parchasi yoki og‘zi probka bilan berkitilgan shisha) yordamida o‘lchashdir. Buning uchun qalqitma ikki nuqta orasidan kancha vaqt davomida oqib o‘tishi aniqlanadi. Pekin bu suvning ustki qismidagi oqim tezligini bildiradi. Suvning chukurroq qismining yoki o‘rtacha tezligini o‘lchash uchun bir-biriga bog‘langan ikkita shisha ishlatiladi (bir shisha to‘ldirilib, ikkinchisiga yarim qilib suv quykladi). Bunda yuqoridagi shisha xar ikkala shisha orasidagi o‘rtacha tezlikni ko‘rsatadi. Suvning betida o‘rtacha oqim tezligini bilib olganimizdan so‘ng, kerakli chuqurlikdagi tezlikni quyidagi formuladan topib olishimiz mumkin:
Daryolarning ishi. Oqar suvlar o‘zanning nishab tomoniga qarab oqqanda ancha katta energiyaga ega bo‘ladi va natijada tog‘ jinslarini emiradi, ularni oqizib boshqa joylarga olib borib etkazadi, ya’ni daryo ish bajaradi.
Daryolar er yuzasida eroziya protsessini bajaradi, ya’ni tog‘ jinslarini yuvadi, o‘zan tagini chuqurlashtiradn, tekislaydi, qirg‘oqlarini emiradi, emirilgai jinslarni oqizib, tekis erlarda o‘zan tagiga va chetiga cho‘ktirib qoldiradi, ya’ni akkumulyasiya qiladi.
Daryolarda eroziya protsessi uning yuqori oqimida o‘zan nishabligi tufayli kuchli bo‘ladi. Aksincha, o‘rta va quyi oqimlarida eroziya sustlashib, emirilgan jinslar asta-sekin daryo tagiga yoki qirg‘og‘iga yotqizila boradi. Bunday hodisa, ayniqsa, daryoning quyi oqimi uchun xarakterlidir. Daryolar yotqizib qoldirgan jinslar allyuviy deb aytiladi. Allyuvial yotqiziqlar daryolarning quyi oqimida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. CHunki daryo quyilishi qismida juda sekin oqadi, jiislarni asta-sekin cho‘ktirib qoldiradi va pasttekisliklar hosil qiladi. Daryo quyar erida tarmoqlarga bo‘linib delta hosil qiladi. Delta ko‘pincha uchburchak shaklida bo‘lib, grekcha (delta) harfiga o‘xshaydi. Daryo deltalari asta-sekin dengiz tomonga qarab o‘sib boradi. Masalan, Lena daryosiningdengizga quyilar erida maydoni 31 ming km2 keladigan delta vujudga keltirilgan. Daryo deltasi yil sayin dengiz tomon o‘sib bormoqda.
SHunday qilib, daryolar o‘zanining nishabi tik bo‘lgan yuqori qismida ostki (chuqurlatish) eroziyasi kuchli bo‘lsa, quyi qismida esa asta-sekin oqqanligi sababli yon eroziyasi kuchli bo‘ladi. Natijada daryo o‘z yo‘lida har xil tusiqlarga duch kelib, o‘zining to‘g‘ri yo‘lini o‘zgartiradi va ilon izi bo‘lib oqadi. Daryolarning bunday egri-bugri bo‘lib oqishi meandr deyiladi. Daryolar o‘zani bo‘ylab oqayotganda o‘z yo‘lida turlicha qattiqlikdagi jinslarga duch keladi. Daryo o‘zanida marmar, granit, slanets kabi qattiq jinslar bilan bo‘sh jinslar aralash uchrasa, zinapoya kabi o‘zan vujudga keladi. Bu zinapoyalar kichik va qiya bo‘lsa, ostonalar, aksincha, katta va tik bo‘lsa, sharsharalar deb ataladi. Er sharidagi eng katta sharsharalardan biri Afrikaning Zambezi daryosidagi Viktoriya sharsharasidir (122 m). SHimoliy Amerikaning Niagara daryosidagi Niagara sharsharasi esa 48 m balandlikdan otilib tushadi. O‘rta Osiyodagi Arslonbob soyidagi katta sharsharaning balandligi 150 m, CHotqol daryosining o‘ng irmog‘i Paltov soyidagi sharsharaning balandligi esa 40 m.