Oʻzbekiston respublikasi


Dunyodagi eng muhim daryolar



Yüklə 7,97 Mb.
səhifə79/114
tarix11.07.2023
ölçüsü7,97 Mb.
#136387
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114
Ekosistemalar OMON (2)

Dunyodagi eng muhim daryolar. Er sharidagi daryolarning yillik oqimi (stok) 37 000 kub km bo‘lib, shundan 12 900 kub km Osiyo, 12 200 kub km Amerika, 5400 kub km Afrika, 2900 kub km Evropa, 1600 kub km Avstraliya, 2000 kub km Grenlandiya, Antraktida va boshqa erlardagi daryolarga to‘g‘ri keladi.
Er sharidagi eng sersuv va suv yig‘iladigan havzasi eng katta daryo Janubiy Amerikadagi Amazonka daryosidir, uning o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 120 000 m3. Havzasining maydoni esa 7180 ming km2. Er sharidagn eng uzun dare Afrikadagi Nil daryosidir — 6661 km. Undan keyin Missuri Missisipi (6420 km), Ama­zonka (6400 km), YAnszi (5800 km) turadi. Amazoikadan keyin sersuvligi jihatidan dunyoda ikkinchi o‘rinda Afrikadagi Kongo, uchinchi o‘rinda Osiyodagi YAnszi turadi.
Rossiya davlati daryolarining ko‘pligi va ularniig umumiy uzunligi jixatidan dunyoda birinchi o‘rindadir. Vatanimizda uzunligi 10 km dan kam bo‘lmagan daryo va daryochalarning umumiy miqdori 777 miig, umumiy uzunligi 5,1 mln. km.
Rossiya davlatida uzunligi 50 km dan ortiq bo‘lgan 221 daryo bor. SSSR daryolari sersuv bo‘lib, yillik umumiy oqimi (stok) 3938 km3. SSSRda eng katta, uzun va sersuv daryolar Ob, Eni­sey, Lena, Amur, Volga va boshqalardir.
Rossiya davlati daryolari ichida eng uzuni Lena (4400 km) bo‘lib, dunyoda Missisipi, Nil, Amazonka, YAnszi va La-Platadan so‘ng 6-o‘rinda turadi.
Ob havzasining kattaligi jixatidan SSSRda birinchi o‘rinni egallaydi (2 mln. 975 ming. kv. km) va dunyoda Ama­zonka, Kongo, Missisipi, Paranadan sung 5- o‘rinda turadi.
Enisey daryosi Rossiya davlatidagi eng sersuv daryo bo‘lib, yillik oqimi (stok) 585 km3 va sersuvligi jihatidan esa dunyoda Amazonka, Kongo, Gang, YAnszi, Braxmaputra, Missisipi, Paranadan keyin 8-o‘rinda turadi. SSSRda yana Amur, Irtish, Volga, Angara, Kolima, Amudaryo, Sirdaryo kabi katta daryolar mavjud. Rossiya davlati territoriyasidagi eng muhim daryolarning harakteristikasi jadvalda berilgan.
Daryolarning xo‘jalikdagi ahamiyati. Daryolar muhim tabiiy resurslardir. SHu bilan birgalikda, daryolardan erlarni sug‘orishda, energiya olishda, transportda, aholini va sanoatni suv bilan ta’minlashda, baliq ovlashda va boshqalarda foydalaniladi.
Daryo suvi, eng avvalo, kishilarning va sanoatning chuchuk suvga bo‘lgan talabini qondirishda katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bir kishining ichishi va ovqat tayyorlashi uchun sutkasiga 2,5—3 litr suv sarflanmoqda.
Agar kishilarning maishiy iste’moli uchun sutkasiga 200 l, oziq-ovqat va savdoda 100 l, ko‘chalarga sepish va daraxtlarni sug‘orish uchun 100 l sarf bo‘layotganini hisobga olsak, Er shari bo‘yicha bir kishi sutkasiga 400 l suv sarflaydi. Ko‘plab suv iste’mol qiladigan ikkinchi soha sanoat korxonalaridir. Hozir butun dunyodagi sanoat korxonalari yiliga 400 km3 suv olib, shundan 40 km3 daryoga qaytib ko‘shilmaydi. SSSRda kommunal xo‘jalik va sanoat uchun yiliga 54—55 km3 atrofida chuchuk suv sarflanib, shuning 18—19 km3 qismi butunlay iste’mol qilinadi va daryolarga qayta qo‘yilmaydi
Sovet hokimiyati yillarida sovet kishilarining moddin va madaniy farovonligining o‘sishi, yangi-yangi sanoat ob’ektlarining vujudga kelishi suvga bo‘lgan talabni oshirib boradi.
Agar 1912 yili Rossiyada markazlashgan vodoprovod sistemasi bilan 215 shahar, kanalizatsiya bilan 18 shahar ta’minlangan bo‘lsa, xozir deyarli hamma shaharlar va ishchi posyolkalari vodoprovod bilan ta’minlangan. Natijada har yili SSSRda kishi boshiga markazlashgan vodoprovoddan sutkasiga 150— 200 litr suv sarflanadi.
Rossiya davlati da daryo suvining bir qismi sanoat ob’ektlari uchun sarflanadi. Ayniqsa, metallurgiya, ximiya sanoati va issiqlik elektr stansiyalari ko‘plab chuchuk suvni iste’mol qiladi.
Perspektiv planda Rossiya davlatining qishloq raionlaridagi har bir kishi sutkasiga 300—400 l, shaharlarda esa 500—600 l gacha suv sarf qilishi ko‘zda tutiladi. SHundan qilib, kelajak 20 yil ichida SSSRda kommunal xo‘jalik va sanoat hisobiga yiliga bir necha o‘n kub km suv butunlay sarflanishi mumkin. Bularning hammasi, o‘z navbatida, chuchuk daryo suvini toza saqlashga va undan ratsional foydalanishga alohida ahamiyat berishni talab qiladi. * ' ’
Hozirning o‘zidayoq, SSSRda daryo suvidan ratsional foydalanish maqsadpda suvi ko‘p, lekin aholi siyrak, sanoat ob’ekt­lari kam bo‘lgan erlardagi daryolar suvining bir qismi kanallar va vodoprovodlar orqali sanoatlashgan rayonlarga olib kelingan. Masalan, Ural daryosidan vodoprovod orqali Ural-Emba neft rayoniga, Kalta Kavkaz tog‘laridagi daryolardan vodoprovod orqali Bokuga, CHusovaya daryosidan Sverd­lovsk shahriga suv keltirilgan yoki Amudaryodan Qizilqumdagi Zarafshon shahriga vodoprovod orqali suv keltirilgan.
Qozog‘istonning markaziy qismidagi sanoat ob’ektlari va aholining suvga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida uzunligi 500 km keladigan Irtish-Qarag‘anda kanali qurildi. Bu kanal sekundiga 75 m3 suv o‘tkazadi. nya
Daryolarning erlarni sug‘orishdagi ahamiyati g‘oyat kattadir. Hozir Er sharida 200 mln. gektarga yaqin er sug‘orilmoqda. Buning uchun har yili 2300 km3 suv sarflanmoqda. SHundan 1/4 qismi yana er ostiga shimiladi va daryolarga qaytib qo‘shiladi, 3/4 qismi esa butunlay sarflanib ketadi.
Rossiya davlatida iste’mol qilinadigan daryo suvining yarmidan ko‘­pi qishloq xo‘jaligiga ketadi. Agar SSSRda xalq xo‘jaligiga sarflanadigan suvni 100% desak, shuning 70% i sug‘orishga, qolgan 30% sanoatning, aholining suvga bo‘lgan talabini qondirishga ketadi. Sug‘orishga ishlatiladigan suvning 91% i esa iqlimi quruq bulgan O‘rta Osiyo, Qozog‘iston va Zakav- kazedagi erlarni sug‘orishga sarflanadi.
Rossiya davlatidagi asosiy sug‘oriladigan erlar O‘rta Osiyoda joylashgan. Lekin bu o‘lkada suv resursi ko‘p emas. Janubiy Qozog‘iston bilan birga O‘rta Osiyoda daryolarning yillik suv resursi 140 kub km atrofida.
Rossiya davlati da sug‘orib dehqonchilik qilinadigan ikkinchi rayon Zakavkazedir. Zakavkaze ittifoqdosh respublikalarida yiliga 15-16 kub km suv sarflanadigan bo‘lsa, shuning 86,3% i yoki 13,2 km3 qismi faqat sug‘orishga ketadi.
Rossiya davlati Evropa qismining qismining janubi va SHimoliy Kavkaz Vatanimizning uchiichn obikor rayoni hisoblanadi. Bu territoriya (Ukraina, Moldaviya, Markaziy qora tuproq, Volgabo‘yi va SHimoliy Kavkaz)da xo‘jalik uchun yiliga 18,5 km3 suv Sarflanadi. Daryolarning energetik ahamiyati ham muhimdir. Er sharidagi daryolarning umumiy potensial energiya resursi 3750 mln. kVt bo‘lib, shuning 35,7% Osiyo, 18,7% Afrika, 18,7% SHimoliy va Markaziy Amerika, 16,0% Janubiy Amerika, 6,4% Evropa va 4,5% Avstraliya daryolariga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi vaqtda daryo gidroenergiya resurslaridan faqat 9% igina foydalanilmoqda.
Rossiya davlati daryolari juda katta gidroenergiya resurslariga ega bo‘lib, potensial zapasi jihatidan dunyoda birinchi o‘rindadir.Dunyodagi daryolarning gidroenergiya resurslarining 12,0 % i SSSR daryolariga to‘g‘ri keladi.
Rossiya davlati daryolarining umumiy potensial gidroenergiya resursi 450 mln.kVt bo‘lib, shundan 79 mln. kVt Rossiya davlati Evropa qismiga, 371 mln. kVt Rossiya davlati Osiyo qismiga to‘g‘ri keladi. Rossiya davlati ning gidroenergetik resursi AQSH nikidan 4 marta, Kanadanikidan 9 marta, YAponiyanikidan esa 20 marta ortiq.
SSSR daryo epergoresurslari territoriya bo‘yicha notekis joylashgan. Umumiy gidroenergiya resursining 83% ga yaqini SSSR Osiyo qismida bo‘lib, Lena, Enisey, Angara, Amur, Ob, Norin, Vaxsh kabi daryolar juda katta energiya resursiga ega. (rasm).
Rossiya davlatida gidroenergiyaga boyligi jihatidan birinchi o‘rinni Sibir daryolari (Ob, Enisey, Angara, Lena, Xatanga, Kolima, Pyasina, Indigirka va boshqalar) egallaydi va Ittifoqimizdagi umumiy potensial gidroenergiya resursining 40% idan ortig‘inii tashkil etadi.
Daryo energoresursining ko‘pligi jihatidan ikkinchi o‘rinda O‘rta Osiyo turadi. Bu o‘lkada daryolarning umumiy gidroenergoresursi 60,2 mln. kVt bo‘lib, Rossiya davlatidagi gidroenergoresurslarniig 14% ga yaqinini tashkil qiladi. Bu energoresurslar Dyaryolar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan. Butun O‘rta Osiyo daryo gpdroeiergoresursinipg 17% i Panj daryosiga, 14% i Vaxsh daryosiga, 11% i Norin daryosiga to‘g‘ri keladi.
Rossiya davlati tabiiy-geografik rayonlari ichida gidroenergiya resursining ko‘pligi jihatidan uchinchi o‘rinni Uzoq SHarq daryolarn egallaydi va Ittifoqimizdagi umumiy gidroenergoresursning 10% ga yaqinini tashkil qiladi. Bu erda Amur, Anadir, Kamchatka kabi katta daryolar bor.
Kavkaz daryolari gidroenergiya resursining zapasi jihatidan Ittifoqimizda to‘rtinchi o‘rinni egallab, umumittifoq



Yüklə 7,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin